Mustamlakachilik sharoitida Turkiston o‘lkasida madaniy hayot Reja



Yüklə 99,5 Kb.
səhifə1/7
tarix27.12.2022
ölçüsü99,5 Kb.
#77987
  1   2   3   4   5   6   7
6 mavzu Mustamlakachilik sharoitida Turkiston o‘lkasida madaniy


M6. Mustamlakachilik sharoitida Turkiston o‘lkasida madaniy hayot
Reja
1. Rossiya imperiyasining Turkistonda madaniy siyosati.
2. Mustamlaka davrida Turkistonda tta’lim tizimi
3. Mustamlaka davrida Turkistonda fan va madaniyat
O‘rta Osiyo xonliklarining siyosiy-iqtisodiy, harbiy jihatdan qoloqligi, tarqoqligi, o‘zaro adovatidan unumli foydalangan podsho Rossiyasi Turkistonni bosib olishga kirishgan. 1868 y. Buxoro xonligi, 1873 y. Xiva xonligi Rossiya vassaliga aylanib, siyosiy mustaqillikdan mahrum bo‘lgan. 1876 y. Qo‘qon xonligi tugatilib, 1867 yil tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi Farg‘ona oblastiga aylantirilgan. Shu tariqa o‘lkada chorizmning mustamlakachilik rejimi o‘rnatilgan.
Turkistono‘lkasi xalqlari og‘ir mustamlaka sharoitida yashashlariga qaramay, ularning ijodkorlik faoliyati to‘xtab qolmagan. Buni Xiva xonligi misolida ham ko‘rishimiz mumkin, xususan Muhammad Rahimxon II (Feruz) (xonlik davri 1864-1910) davrida Xivada mashhur kutubxona tashkil etiladi. Kutubxona dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan nodir qo‘lyozmalar bilan muttasil boyitib borilgan. O‘rta Osiyoda birinchi marta Xivada litografiya tashkil qilinib, noshirlik ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu hol ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda, o‘lka milliy-madaniy merosini boyitishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu o‘rinda, Muhammad Rahimxonning o‘zi ham shoir va bastakor bo‘lib, she’rlarida “Feruz” tahallusini qo‘llagani, shular qatorida zamondosh adibu olimlar asarlarini ham chop qildirganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Uning Xorazm shoirlari haqidagi “Majmuat ush-shuaro” tazkirasi juda mashhur edi.
Xivaga kelgan sharqshunos olim A.N.Samoylovich xon kutubxonasini ko‘rishga muyassar bo‘lgan. Rus olimida kutubxonaning boyligi va undagi kitoblarning muayyan tartib va tabaqalar bilan saqlanishi juda katta taassurot qoldiradi. U o‘zining “Xiva saroy kutubxonasi va kitob chop etish” nomli maqolasida bu kutubxonaga katta baho beradi1.
Bu kutubxonalarda nafaqat O‘rta Osiyoda yozilgan, balki xorijiy mamlakatlarda nashr etilgan ko‘plab kitoblar ham saqlanar edi. Bu yerda arab va fors tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlar ham mo‘l bo‘lgan, xonning o‘zi saroyga shoir va olimlarni to‘plagan. Kutubxona qoshida xattotlar va musavvirlardan iborat katta guruh faoliyat ko‘rsatgan.
Kitob, qo‘lyozmalarni yig‘ib borish, ularni ma’naviy-milliy boylik sifatida e’zozlash va saqlash, kelajak avlodga berish xalqimiz orasida uzoq yillar davomida an’ana va odatga aylangan edi.
Qo‘qon qadimdan hunarmandchilik markazi bo‘lgan. Qo‘qonda misgarlik, zargarlik, o‘ymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qog‘ozgarlik, badiiy to‘qimachilik, do‘ppichilik, kashtachilik, temirchilik, ko‘priksozlik kabilar rivoj topgan. Qo‘qon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur bo‘lgan. Ayniqsa, Qo‘qon qog‘ozi hunarmandchilikning alohida tarmog‘i sifatida nom qozongan va O‘rta Osiyoda eng sifatli qog‘oz hisoblangan.
XX asr boshiga kelib Qo‘qonda 52 madrasa, 120 ta eski maktab, o‘ndan ortiq jadid maktabi, 3 ta rus-tuzem maktabi, savdo-tijorat maktablari bor edi. Sadoi Farg‘ona”, “Yangi Farg‘ona”, “Qo‘qon sadosi”gazetalari chop etila boshlagan.

Yüklə 99,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin