Mustamlakachilik sharoitida Turkiston o‘lkasida madaniy hayot Reja



Yüklə 99,5 Kb.
səhifə3/7
tarix27.12.2022
ölçüsü99,5 Kb.
#77987
1   2   3   4   5   6   7
6 mavzu Mustamlakachilik sharoitida Turkiston o‘lkasida madaniy

Kitob san’ati. Turkistonda bosmaxonalar tashkil topishi va ularda gazetalar, jurnallar va kitoblarning chiqishi tasviriy san’at rivojiga ta’sir qildi, mahalliy tillarda kitob, gazeta, ilmiy to‘plam va taqvimlar nashr etila boshladi. Bu nashrlarda tasviriy san’atning ilk namunalari yuzaga kela boshladi. Nashr qilinayotgan kitoblarni bezashga mahalliy rassomlar ham jalb etila boshlandi. 1908 yili Toshkentda nashr qilingan «Shohnoma», «Farhod va Shirin»kabi kitoblar suratlar bilan bezatildi. XIX asr oxiri – XX asr boshlaridabadiiy hayot birmuncha rivoj topib san’at uslublari Yevropa san’ati uslublari bilan uyg‘unlasha boshladi. Kitob san’atida XX asr Yevropa san’atida keng tarqala boshlagan «modern» uslubio‘z aksini topa bordi. «O‘rta Osiyo almanaxi» shunday nashrlardan bo‘lib, unda geometrik shakl va chiziqlar, ularning murakkab birlashma va hosilalari yaratilgan. XIX asr oxirida xattotlik, qo‘lyozmalar tayyorlash, bosmaxonalar yordamida kitob yaratish jarayoni juda kengayib ketdi. Bu, so‘zsiz, xattotlik san’atiga bo‘lgan talabni ham kamaytirib yubordi. Plakatning turli ko‘rinishlari, afisha, reklama, amaliy grafik asarlar bu davrdagi Turkiston badiiy muhitida yetakchi o‘rinni egallab, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etdi.
Tasviriy san’at. XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Turkiston o‘lkasi adabiy hayotida qalamtasvir va ayniqsa rangtasvir san’ati yetakchimavqeni egallab, bu san’at turlarida rus ijodkorlari peshqadam bo‘ldilar. Bulardan V.Vereshchagin, N.Karazin, V.Veleje, O.Fedchenko va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. V.Vereshchagin «Turkiston» asarlari turkumini yaratdi, unda rus quroli, rus shuhrati ko‘klarga ko‘tarildi, jang manzaralari, mahalliy xalq vakillarini jazolash mavzui yetakchilik qildi. S.Yudin manzara janrida san’at muxlislari orasida shuhrat qozongan edi. U 1889–1923 yillarda Turkiston o‘lkasi badiiy maktabida ustozlik qildi.
An’anaviy tasviriy san’at Samarqand, Buxoro, Qo‘qon naqqosh –musavvirlari (Abdulhaq Maxdum, A.Donish, S.Siddiqiy va b.) ijodida ko‘rinadi. Uy-joylardagi (maskovchi boylarning) devoriy rasmlari orasiga daryolarda suzib yurgan paroxod, temir yo‘l, hayvonlar tasviri kabi yangi tasviriy ko‘rinishlar kiritila boshlandi. Bu esa, azaliy an’analarning o‘zgarishiga olib keladi.
Fan. XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoni Rossiya bosib olgandan so‘ng o‘lkani ilmiy jihatdan har tomonlama o‘rganishga kirishildi. 1867 yil Turkiston harbiy topografiya bo‘limi tashkil qilindi. Bu bo‘lim o‘lkaning topografik haritasini tuzish bilan shug‘ullandi. 1867 yili Toshkentda metereologiya stansiyasi ochildi. Birin-ketin tabiat, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston bo‘limi (1870), O‘rta Osiyo ilmiy jamiyati (1870) va boshqalar tashkil qilindi.
O‘lkada ishlayotgan arxeologlar 1895 yilda Turkiston arxeologiya xavaskorlari to‘garagiga birlashdilar. XIX asr oxiri -XX asr boshlarida Geografiya jamiyatining Turkiston bo‘limi (1895) a’zolari tomonidan Orol dengizi, muzliklar, o‘lkaning o‘simliklar va hayvonot dunyosi, seysmik jarayonlari tadqiq etildi, foydali qazilma konlari ochildi. Rus olimlarining maxsus ekspeditsiyalari tuproqshunoslik va gidrologiya tadqiqotlari o‘tkazdi. 1870 yilda Turkiston ommaviy kutubxonasi, 1876 yilda Toshkent ommaviy muzeyi rus sharqshunoslarining sa’y-harakati bilan tashkil topdi. Bu muassasalar aslida Turkiston ma’naviy boyliklarini chorizm manfaatlari yo‘lida o‘zlashtirish yo‘lida xizmat qilishi kerak edi. Muzeylardagi eng noyob boyliklar markazga - Sankt Peterburg va Moskvaga olib ketildi.
Samarqand viloyatining Xo‘jand tumanida yashagan Xoji Yusuf Mirfayozovning ilmiy-madaniy faoliyati ham diqqatga sazovor. Uning uyi Xo‘jand madaniy markaziga aylangan. Falakiyotshunos, matematika, geografiya, tabobat, tarix bo‘yicha bilimdon Xoji Yusuf rahbarligida yaratilgan Yer shari globusi XIX asr ikkinchi yarmidagi ilmiy kashfiyotlardan biri edi. Globusda 1000 dan ortiq geografik nomlar joylashtirilgan. Umuman olganda, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Sattorxon Abdug‘afforov, Saidrasul Saidazizov, Jo‘rabek Qalandar Qorio‘g‘li, Shohimardon Mirg‘iyos o‘g‘li va boshqa ma’rifatparvarlar guruhi faoliyat ko‘rsatganlar.

Yüklə 99,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin