Mustamlakachilik sharoitida Turkiston o‘lkasida madaniy hayot Reja


Madaniyatimizning dunyoga sochilgan durdonalari



Yüklə 99,5 Kb.
səhifə7/7
tarix27.12.2022
ölçüsü99,5 Kb.
#77987
1   2   3   4   5   6   7
6 mavzu Mustamlakachilik sharoitida Turkiston o‘lkasida madaniy

Madaniyatimizning dunyoga sochilgan durdonalari. Tarixdan ma’lumki, Turkiston hududi qadimdan turli mamlakatlar uchun o‘lja manbai bo‘lib kelgan. O‘rta Osiyoga turli maqsadlarni ko‘zlab kelib-ketgan ilmiy, harbiy ekspeditsiyalar, sayyohlar, tijorat vakillarini eng avvalo O‘rta Osiyoning qimmatbaho, betakror boyliklari qiziqtirgan.
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga bosqini nafaqat uning hududini egallash, aholisini talash bilan cheklangan, balki o‘zbek xalqining madaniy merosini talon-taroj qilib, tashib ketish va madaniyat yodgorliklarini harob qilish bilan birga sodir etilgan.
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Samarqand, Buxoro, Xiva va Qo‘qon kabi ko‘hna shaharlar xazinasida to‘plangan boyliklar maxfiy rejalar asosida ba’zan ochiqchasiga talon-taroj etildi.
Xiva yurishi vaqtida harbiy maslahatchi bo‘lgan sharqshunos A.L.Kun turli yo‘llar bilan to‘plangan 300 kitobdan iborat sharq qo‘lyozmalarini 1873 yil Imperator xalq kutubxonasiga topshirgan. A.L.Kun va uning guruhi Xivadan tanga zarb qilishga mo‘ljallangan 200 nusxa qolip, muhrlar bog‘lami, xon taxti, 172 nusxa Jo‘jixon tangalari, Qo‘ng‘irot sulolasidan bo‘lgan Xiva xonlarining 3 nusxa tanga va bir qator etnografik ashyolarini, xususan, ayollar va bolalar kiyim-boshlari, ko‘plab tilla va kumush bezaklarini2 olib ketgan.
Qo‘qon bosqini vaqtida ham tarix, tibbiyot, huquq va ilohiyotga doir 130 qo‘lyozma kitob Rossiyaga olib ketilgan va Imperator xalq kutubxonasiga topshirilgan. Demak, Qo‘qon arxivi ham, xuddi Xiva xonlari arxivi kabi bosqinchilar tomonidan zo‘ravonlik bilan olib ketilgan.
Xulosa qilib aytganda, Turkiston xalqlarining fan va madaniyati mustamlaka tuzumining biqiq tarkibida ham, ruslashtirish siyosatining barcha zug‘um sitamlariga qaramay, rivojlanishdan to‘xtamadi. Mustamlakachilar xalqimizning ilm-ma’rifatga intilishi, ilg‘or g‘oyalar va istiqlol istagini bo‘g‘ib tashlay olmadilar.
Chorizmning madaniyat sohasidagi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini quyidagicha belgilash mumkin:
- Chor hukumati Turkistonda turg‘unlik xolatini saqlash, o‘zaro nizo-adovatlar urug‘ini sepib turgan xolda ulardagi millatparvarlik, yurtsevarlik va jangovarlik tuyg‘ularini o‘ldirish.
- O‘lka xalqlarini o‘z tarixi va madaniyatidan uzoqlashtirish. Bu sohada chorizm juda izchil ish yuritdi. Olimlar, ilmiy jamiyatlar tomonidan Turkiston tarixiga doir moddiy va ma’naviy yodgorliklar yig‘ib olindi va Moskva hamda Sankt-Peterburgga jo‘natildi. Shunday qilindiki, endilikda o‘lka tarixini o‘rganish uchun turkistonliklar ana shu markazlarga borishga majbur bo‘lishdi.
- Mustamlaka ma’muriyati o‘lkadagi tarixiy adabiyotlarning qarovsiz qolib vayron bo‘lishiga ataylab yo‘l qo‘ydi.
- Chorizm xalq maorifi sohasidagi ruslashtirish siyosatini rus-tuzem maktablari tizimini vujudga keltirish va rus tiliga davlat maqomi berish vositasida amalga oshirdi.
Yüklə 99,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin