April 15 th 16 th 2022


International Conference on Developments in Education



Yüklə 211,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix16.05.2023
ölçüsü211,49 Kb.
#114461
1   2   3
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
httpseconferencezone.org 
 
April 15
th
 -16
th
2022 
268 
Mulla Olim Shohruh 12 yil hukmronlik qilib, hukmronligining oʻn uchinchi yilida vafot etadi[3], – deb 
hisoblaydi. Bundan uning 1721-yilda vafot etganligi kelib chiqadi. 
Qoʻqon xonligi oʻz tasarrufiga Qoʻqon, Isfara va Margʻilon atroflarini qoʻshib olgan edi. Shohruhdan uchta 
oʻgʻil qoladi: Abduraimbiy, Abdukarimbiy va Shodibiy. Otasining oʻrnini oʻgʻillarining kattasi Abduraimbiy 
egallaydi. 
V. I. Nalivkinning ma’lumotiga koʻra, 1732-yilgacha uning qarorgohi Tikontoʻda qishlogʻi boʻlgan. Xuddi 
shu yili u Qoʻqon shahriga birinchi boʻlib asos soldi[4].
Qoʻqon haqidagi ma’lumot X asr arab mualliflarining geografiyaga oid asarlarida ham uchraydi. Masalan, 
Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad al-Istaxriy “Kitab maslik” asarida bunday deb yozgan edi: “Kimki 
Xoʻjanddan Fargʻonaning asosiy shahri Axsikentgacha borishni istasa, u Kentdan Soʻxga bitta manzil va 
Soʻxdan Huvaqandgacha – bitta katta manzil, Huvaqanddan Axsikentgacha bir manzil yuradi …”[5].
Buxoro xonligiga tobe hisoblangan Farg‘ona vodiysida XVIII asr boshlarida yangi davlatga – Qo‘qon 
xonligiga asos solindi. XVIII asrda faqat Farg‘ona vodiysini o‘z ichiga olgan bu davlat XIX asr boshlarida 
Toshkent vohasi hozirgi Qirg‘iziston Respublikasi, Janubiy Qozog‘iston va Shimoliy Tojikiston hududlarini 
o‘z ichiga olgan yirik davlatga aylandi. 
Ashtarxoniy Subxonqulixon vafotidan so‘ng Buxoro taxtiga o‘tirgan Ubaydullaxon hukmdorligi (1702-1712) 
davrida xonlikdagi siyosiy vaziyat chigallashib markaziy hokimiyat yana zaiflashdi. Bundan foydalangan 
Chodak xo‘jalari 1709 yilda Farg‘onada qo‘zg‘olon ko‘tarib, vodiyning bir qismini egallaydilar. Natijada 
mustaqil davlat tuzilganligi e’lon qilindi va 1710 yilda o‘zbeklarning ming qabilasi boshlig‘i Shohruhbiy 
hokimiyat tepasiga keladi (1710-1721). Dastlab Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara va ular 
atrofidagi qishloqlarni o‘z ichiga olgan bu davlat hududi Shohruhbiyning o‘g‘li va vorisi Muhammad 
Abduraximbiy (1721-1733) taxtga o‘tirganidan keyin ancha kengayadi. U Andijon va Xo‘jandda o‘z 
hukmronligini o‘rnatib ma’lum muddat Buxoroga tegishli Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarini egallab, 
Shahrisakbzga ham tahdid soladi. Abdurahimbiy Qo‘qon qishlog‘i yaqinida yangi shahar qurdira boshlaydi. 
U 33 yoshida kasallanib vafot etadi va taxtga ukasi Abdukarimbiy o‘tiradi. U yangi shahar qurilishini tugallab, 
poytaxtni Tepaqo‘rg‘ondan Qo‘qonga ko‘chiradi. Shu tariqa yangi shahar – Qo‘qon shahri davlatning poytaxti 
bo‘lib qoldi va keyinchalik bu davlat shahar nomi bilan Qo‘qon xonligi deb atala boshladi. Abdukarimbiyning 
hukmronligi davrida davlat ancha mustahkamlandi, hududlari kengaydi. 1745 yilda Farg‘ona vodiysiga hujum 
qilgan qalmoqlar quvib chiqarilib ular bosib olgan O‘sh, Andijon, Marg‘ilon shaharlari qaytarib olindi. 
Abdukarimbiy vafotidan keyin bir qancha vaqt davlat tepasida xonlar tez-tez almashib turdilar. Nihoyat uning 
nabirasi Erdonabiy ikkinchi bor hokimiyatni qo‘lga kirtiadi. 1755-1769 yillarda taxtni boshqargan 
Erdonabiydan so‘ng taxtga Shohruhbiyning uchinchi o‘g‘li Shodibekning farzandi Sulaymonbek o‘tiradi. U 
6 oy hukmronlik qilganidan keyin suiqasd natijasida o‘ldiriladi va taxtni 1770 yilda Norbo‘tabek (1770-1801) 
egallaydi. U markaziy hokitmiyatni mustahkamlashda ancha muvaffaqiyatlarga erishdi. Chust va 
Namanganda ko‘tarilgan g‘alayonlarni bostirganidan so‘ng bu shaharlarga o‘ziga sodiq kishilarni hokim etib 
tayinladi. U Xo‘jand shahrini ham o‘z hokimiyati ostiga olishga erishadi. 1799 yilda Toshkent shahrini 
egallashga ham urinib ko‘radi, lekin uning qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi. 
Norbo‘tabek 1801 yilda vafot etganidan so‘ng taxtga katta o‘g‘li Olimbek o‘tiradi. Garchi u qisqa vaqt taxtga 
o‘tirgan bo‘lsada, uning davrida (1801-1810) Qo‘qonning siyosiy mavqei ancha oshdi. Dastlab u harbiy 
islohotlar o‘tkazib, qo‘shinni ancha kuchaytirdi. Harbiy yurishlar qilib Angren voxasini, Chitmkent va 
Turkistonni o‘ziga bo‘ysundirdi. Natijada u Rossiya imperiyasi bilan bevosita savdo-sotiq olib borish 
imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Qo‘qon davlati kuchayib borishi bilan uning siyosiy maqomi ham o‘zgardi. Agar 
Qo‘qonning dastlabki hukmdorlari “biy”, “bek” unvonlari bilan davlatni boshqargan bo‘lsalar 1805 yildan bu 
davlat rasman Qo‘qon xonligi deb e’lon qilindi va Olimxon “xon” unvoni bilan hokimiyatni boshqara 
boshladi. 
Markaziy hokimiyatning kuchayib borishi, davlatni boshqarishda xonning cheklanmagan huquqqa egaligi 
Olimxonga qarshi fitnalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Olimxon o‘z hokimiyatini mustahkamlash 
uchun ukasi Rustambekni va bir qancha sarkardalarni, din peshvolarini o‘ldirtirib yuborgan edi. Yuzaga 
kelgan fitnaga uning ukasi Umarbek boshchilik qildi. Nihoyat 1810 yilda Olimxon Qo‘qonga kelayotganda 
o‘g‘li Shohruhxon bilan birga fitnachilar tomonidan otib o‘ldirildi va taxtni ukasi Umarxon egalladi. Uning 
hukmronligi davrida (1810-1822) xonlikda siyosiy vaziyat ancha murakkabligicha qoldi. Chimkent va 



Yüklə 211,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin