Javob: permanganat ioni bilan oksidlash.
Permanganatometriyada indikatorlardan foydalaniladimi?
Javob: yo'q
Analiz uchun ko'proq qanday konsentratsiyali kaliy permanganat eritmasi ishlatiladi?
Javob: 0.02 N
Kaliy permanganat eritmasining titri o'zgarmasligi uchun qanday amallarni bajarish kerak?
Javob: Permanganat tarkibidagi qo'shimchalar, qaytarilish mahsulotlaridan iborat cho'kmani ajratib olish kerak.
Kaliy permanganat eritmasi qanday tartibda saqlanishi kerak?
Javob: Qorong'u joyda yoki qoramtir idishlarda saqlanishi kerak.
Permanganatometriya titrlashning qaysi muhim guruhi tarkibiga kiradi?
Javob: oksredmetriya
Permanganatometriyada ko'proq qaysi eritmalardan foydalaniladi?
Javob: standart.
Permanganatometriya qaysi ionni ochishda muhim reagent sanaladi?
Javob: Fe ²+ ionini ochishda.
1 l 0.02 N eritma tayyorlash uchun qancha permanganat tuzi o'lchab olinadi?
Javob: 0.65 g
Titrimetrik tahlil qaysi qonunga asoslangan
Javob: ekvivalentlar.
Keys tuzish. Titrimetrik tahlil. Permanganatometriya 1-keys Oksidlanish-qaytarilish usullarida ekvivalent nuqta qator hollarda titrlanuvchi modda yoki titrant rangining titrlash davomida oʻzgarishiga qarab aniqlanadi. Permanganatometriyada ekvivalentlik nuqtasigacha eritma rangsiz bo'ladi. Eritmada qaytaruvchi tugagandan so'ng qo'shilgan dastlabki tomchi kaliy permanganat eritmani pushti rangga bo'yaydi. Shu payt titrlash to'xtatiladi.