Arab davlatlarida ta’lim tizimi



Yüklə 25,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü25,34 Kb.
#211875
  1   2
5852-Article Text-11220-1-10-20230607



Arab davlatlarida ta’lim tizimi 
 
Fotima Olim qizi Davlatova 
fotimadavlatova1010@gmail.com 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti
 
Annotatsiya
: Mazkur maqolada Arab davlatlarida ta’lim tizimi va uning tuzilishi,
mamlakatimiz ta’lim sohasidagi ba’zi o’xshashlik va farqli jihatlari keltirib o’tildi. 
Kalit so’zlar
: davlat, ta’lim, tarbiya, maktab, metod, texnologiya, institut,
universitet, bilim 
Education system in Arab countries 
Fatima Olim kizi Davlatova 
fotimadavlatova1010@gmail.com 
Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after 
Alisher Navoi 
Abstract:
In this article, the educational system and its structure in the Arab 
countries, some similarities and differences in the field of education of our country 
were mentioned. 
Keywords:
state, education, training, school, method, technology, institute,
university, knowledge 
“Hammamizga ayonki taraqqiyotning tamal toshi ham mamlakatni qudratli, 
millatni buyuk qiladigan kuch ham bu ilm-fan, ta’lim -tarbiyadir.Ertangi kunimiz 
Vatanimizning yorug’ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga 
berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bogʻliq.” (Shavkat Mirziyoyev) 
Bugungi kunga kelib hayotning barcha jabhalari chuqur yangilanishlar 
maydoniga aylandi. Xususan ijtimoiy sohaning negizi hisoblangan ta’lim tizimidagi 
rivojlanishlar haqida soʻzlash o’rinli.
Darhaqiqat o’zining kelajagiga va taqdiriga e’tiborsiz bo’lmagan har bir millat 
vakillari ta’lim faoliyatiga oddiy o’tmishdagi madiyati va milliylik ruhida qaramaydi. 
Xususan, Rivojlangan bir necha mamlakatlar tarix ildizida o’quv faoliyati tizimini 
tubdan yangilash va barqarorlashtirishga qanchalik e’tibor ko’rsatganligining o’zi ham 
so’zimizning isboti bo’la oladi. 
Ayni vaqtda yurtimizda ta’lim sohasida sezilarli darajada katta imkoniyatlar, 
talablar va ijobiy o’zgarishlar ro’y bermoqda. Ta’lim tizimida ayniqsa ta’lim jarayonini 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1002


sifatli va qiziqarli tashkil etishda texnologiya, kompyuter, internet, multimedia, 
masofali oʻqitish va shu kabi axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish 
o’z samarasini bermoqda.
Ko’pgina davlatlarda jumladan Arab davlatlarida ta’lim tizimida ba’zi 
o’xshashlik va farqlarini ko’rishimiz mumkin. 
Misrda ta’lim tizimi: Bilamizki Qadimgi Misr murakkab davlat tizimiga va 
xoʻjaligiga ega bo’lgan davlat bo’lgan. Misrda ta’lim-tarbiya berish, o’qitish dargohi 
asosan maktablar edi. Misr maktablarida tartib-intizom juda qattiq bo’lib u tan jazosi 
bilan mustahkamlangan. O’sha vaqtda yozilgan “Nasihatlar”da “Ey mirza, dankasalik 
qilma, yo’qsa jazoga mahkum bo’lasan. Qo’lingda hamisha kitob bo’lsin.ovoz 
chiqarib o’qigin va o’zingdan ko’p biladiganlar bilan maslahat qilishni odat qil. Bir 
kun ham yalqovlik qilma yo’qsa kaltak yeysan. Axir bolaning qulog’i yelkasida 
bo’ladi-da, qachon ursang, shunda uning qulogʻiga gap kiradi”, deb yozilgan. 
Mamlakatimizdagi ta’lim berish qonun-qoidalari bilan solishtirganimizda 
jazolash metodining bu turi orqali ta’lim berish, tarbiya berish mumkin emasligi 
barchamizga ma’lum. 
Ayni vaqtda arab davlatlarida taʼlim sohasidagi ehtiyojlar uchun katta miqdordagi 
mablagʻlar ajratilmoqda. Davlatni ta’lim tizimi sifatini oshirishda 11-12 milliard dollar 
ajratilgan. Lekin ta’lim sohasini yuqori darajaga ko’tarishda bu sarmoya yetarlicha 
emasligi ma’lum bo’lgan. 
Misr Oliy taʼlim tizimiga institut, universitet, va 4 yillik kollejlar kiradi. To’liqsiz 
oliy ma’lumot beradigan 2 yillik texnika institutlari ham mavjud. Mamlakatdagi 14 ta 
universitetning eng yiriklari Qohira, Aynush Shams, Iskandariya universitetlari,
Qohiradagi Amerika universitetlari kiradi.
1956-yildan maktabgacha tarbiyadan to oliy oʻquv yurtigacha bo’lgan barcha 
davlat o’quv yurtlarida be’pul ta’lim joriy etildi. Endilikda bolalar uchun 6 yoshdan 
boshlab 6 yillik boshlang’ich ta’lim, so’ngra 3 yillik tayyorlov maktabi, 3 yillik to’liq 
o’rta maktab mavjud. Shuningdek xususiy maktablar, hunartextika bilim yurti, hunar 
markazlari, o’rta maxsus oʻquv yurtlari va 5 yillik texnika maktablarida olib boriladi. 
Qadimgi Misr ta’lim sohasining yana bir e’tiborga loyiq jihati "Azon" o’qilishi 
vaqtida barcha ta’lim maskanlarida o’quv jarayoni vaqtincha to’xtatiladi va o’qib 
bo’lingach yana davom ettiriladi. 
BAA ta’lim tizimi: BAA ta’lim sohasi 5 va undan yuqori yoshdagi barcha 
amirliklar va shu bilan bir qatorda chet elda yashovchilar uchun ham ta’limni majburiy 
qilib qo’ydi. 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich va oʻrta taʼlim bepul 
beriladi. 
1-Bolalar bog’chasi: Dubaydagi bog’cha ta’limida 18 oylikdan 2 yoshgacha 
taʼlim boshlanadi. Asosan ingliz so’zlash darajasi rivojlantiriladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1003


2-Bolalar bog’chasi ta’limi: Ushbu ta’lim maskanida to’rt yoshdan besh 
yoshgacha boʻlgan bolalar qamrab olingan boʻlib u yerda arab tili, musiqa, san’at,
matematikadan ta’lim beriladi. Mana shu bosqichda o’quv dasturining asosiy tarkibiy 
qismi “Din” bo’lib har kim o’ziga tegishli dinni o’rganadi. 
3-Boshlangʻich ta’lim: Ta’lim olishning bu bosqichida ingliz tili asosiy til sifatida 
o’rgatiladi. Ingliz tili bilan birga arab, hind, fransuz, rus tillaridan ham saboq beriladi. 
4-O’rta ta’lim: Boshlangʻich taʼlimni tamomlab o’quvchilar o’rta maktabga 
o’tishadi. Dubayda maktab ta’limi litsey, o’quv fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar 
va talabalarning bilimlarini, mahoratini oshirish uchun texnik maktablar ham faoliyat 
yuritadi.
BAA “Ta’lim vazirligi” ta’lim tizimiga chuqurroq yondashib, uni tubdan qayta 
tiklashda chet ellik oilalarning qamrovini oshirib yuqori natijalarga erishmoqda. 
Demak ta’lim - bu shaxsning bilim, qobiliyat, ko’nikmalarni egallash, insoniyat 
tajribasini o’zlashtirish jarayoni va natijasidir. Zero Ahmad Farg’oniy aytganlaridek 
“Ilm-sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik damlarida yo’ldosh, baxtiyor 
daqiqalarda rahbar, qayg’uli damlarda madadkor, odamlar orasida zeb-u ziynat, 
dushmanlarga qarshi kurashda quroldir”. 

Yüklə 25,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin