Arab davlatlarida ta’lim tizimi
Fotima Olim qizi Davlatova
fotimadavlatova1010@gmail.com
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti
Annotatsiya
: Mazkur maqolada Arab davlatlarida ta’lim tizimi va uning tuzilishi,
mamlakatimiz ta’lim sohasidagi ba’zi o’xshashlik va farqli jihatlari keltirib o’tildi.
Kalit so’zlar
: davlat, ta’lim, tarbiya, maktab, metod,
texnologiya, institut,
universitet, bilim
Education system in Arab countries
Fatima Olim kizi Davlatova
fotimadavlatova1010@gmail.com
Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after
Alisher Navoi
Abstract:
In this article, the educational system and its structure in the Arab
countries, some similarities and differences in the field
of education of our country
were mentioned.
Keywords:
state, education, training, school, method, technology, institute,
university,
knowledge
“Hammamizga ayonki taraqqiyotning tamal toshi ham mamlakatni qudratli,
millatni buyuk qiladigan kuch ham bu ilm-fan, ta’lim -tarbiyadir.Ertangi kunimiz
Vatanimizning yorug’ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga
berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bogʻliq.” (Shavkat Mirziyoyev)
Bugungi kunga kelib hayotning barcha jabhalari chuqur yangilanishlar
maydoniga aylandi. Xususan ijtimoiy sohaning negizi hisoblangan ta’lim tizimidagi
rivojlanishlar haqida soʻzlash o’rinli.
Darhaqiqat o’zining kelajagiga va taqdiriga e’tiborsiz bo’lmagan har bir millat
vakillari ta’lim faoliyatiga oddiy o’tmishdagi madiyati va milliylik ruhida qaramaydi.
Xususan, Rivojlangan bir necha mamlakatlar tarix ildizida o’quv faoliyati tizimini
tubdan yangilash va barqarorlashtirishga qanchalik e’tibor ko’rsatganligining o’zi ham
so’zimizning isboti bo’la oladi.
Ayni vaqtda yurtimizda ta’lim sohasida sezilarli darajada katta imkoniyatlar,
talablar va ijobiy o’zgarishlar ro’y bermoqda. Ta’lim tizimida ayniqsa ta’lim jarayonini
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1002
sifatli va qiziqarli
tashkil etishda texnologiya, kompyuter, internet, multimedia,
masofali oʻqitish va shu kabi axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish
o’z samarasini bermoqda.
Ko’pgina davlatlarda jumladan Arab davlatlarida ta’lim tizimida ba’zi
o’xshashlik va farqlarini ko’rishimiz mumkin.
Misrda ta’lim tizimi: Bilamizki Qadimgi Misr murakkab davlat tizimiga va
xoʻjaligiga ega bo’lgan davlat bo’lgan. Misrda ta’lim-tarbiya berish, o’qitish dargohi
asosan maktablar edi. Misr maktablarida tartib-intizom juda qattiq bo’lib u tan jazosi
bilan mustahkamlangan. O’sha vaqtda yozilgan “Nasihatlar”da “Ey mirza, dankasalik
qilma, yo’qsa jazoga mahkum bo’lasan. Qo’lingda hamisha kitob bo’lsin.ovoz
chiqarib o’qigin va o’zingdan ko’p biladiganlar bilan maslahat qilishni odat qil. Bir
kun ham yalqovlik qilma yo’qsa kaltak yeysan. Axir bolaning qulog’i
yelkasida
bo’ladi-da, qachon ursang, shunda uning qulogʻiga gap kiradi”, deb yozilgan.
Mamlakatimizdagi ta’lim berish qonun-qoidalari bilan solishtirganimizda
jazolash metodining bu turi orqali ta’lim berish, tarbiya berish mumkin emasligi
barchamizga ma’lum.
Ayni vaqtda arab davlatlarida taʼlim sohasidagi ehtiyojlar uchun katta miqdordagi
mablagʻlar ajratilmoqda. Davlatni ta’lim tizimi sifatini oshirishda 11-12 milliard dollar
ajratilgan. Lekin ta’lim sohasini yuqori darajaga ko’tarishda bu sarmoya yetarlicha
emasligi ma’lum bo’lgan.
Misr Oliy taʼlim tizimiga institut, universitet, va 4 yillik kollejlar kiradi. To’liqsiz
oliy ma’lumot beradigan 2 yillik texnika institutlari ham mavjud. Mamlakatdagi 14 ta
universitetning eng yiriklari Qohira, Aynush Shams, Iskandariya universitetlari,
Qohiradagi Amerika universitetlari kiradi.
1956-yildan maktabgacha tarbiyadan to oliy oʻquv yurtigacha bo’lgan barcha
davlat o’quv yurtlarida be’pul ta’lim joriy etildi. Endilikda bolalar uchun 6 yoshdan
boshlab 6 yillik boshlang’ich ta’lim, so’ngra 3 yillik tayyorlov maktabi, 3 yillik to’liq
o’rta maktab mavjud. Shuningdek xususiy maktablar,
hunartextika bilim yurti, hunar
markazlari, o’rta maxsus oʻquv yurtlari va 5 yillik texnika maktablarida olib boriladi.
Qadimgi Misr ta’lim sohasining yana bir e’tiborga loyiq jihati "Azon" o’qilishi
vaqtida barcha ta’lim maskanlarida o’quv jarayoni vaqtincha to’xtatiladi va o’qib
bo’lingach yana davom ettiriladi.
BAA ta’lim tizimi: BAA ta’lim sohasi 5 va undan yuqori yoshdagi barcha
amirliklar va shu bilan bir qatorda chet elda yashovchilar uchun ham ta’limni majburiy
qilib qo’ydi. 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich va oʻrta taʼlim bepul
beriladi.
1-Bolalar bog’chasi: Dubaydagi bog’cha ta’limida 18 oylikdan 2 yoshgacha
taʼlim boshlanadi. Asosan ingliz so’zlash darajasi rivojlantiriladi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1003
2-Bolalar bog’chasi ta’limi: Ushbu ta’lim maskanida to’rt yoshdan besh
yoshgacha boʻlgan bolalar qamrab olingan boʻlib u yerda arab tili, musiqa, san’at,
matematikadan ta’lim beriladi. Mana shu bosqichda o’quv dasturining asosiy tarkibiy
qismi “Din” bo’lib har kim o’ziga tegishli dinni o’rganadi.
3-Boshlangʻich ta’lim: Ta’lim olishning bu bosqichida ingliz tili asosiy til sifatida
o’rgatiladi. Ingliz tili bilan birga arab, hind, fransuz, rus tillaridan ham saboq beriladi.
4-O’rta ta’lim: Boshlangʻich taʼlimni tamomlab o’quvchilar o’rta
maktabga
o’tishadi. Dubayda maktab ta’limi litsey, o’quv fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar
va talabalarning bilimlarini, mahoratini oshirish uchun texnik maktablar ham faoliyat
yuritadi.
BAA “Ta’lim vazirligi” ta’lim tizimiga chuqurroq yondashib, uni tubdan qayta
tiklashda chet ellik oilalarning qamrovini oshirib yuqori natijalarga erishmoqda.
Demak ta’lim - bu shaxsning bilim, qobiliyat, ko’nikmalarni egallash, insoniyat
tajribasini o’zlashtirish jarayoni va natijasidir. Zero Ahmad Farg’oniy aytganlaridek
“Ilm-sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik damlarida yo’ldosh, baxtiyor
daqiqalarda rahbar, qayg’uli
damlarda madadkor, odamlar orasida zeb-u ziynat,
dushmanlarga qarshi kurashda quroldir”.