KO’RSATISH OLMOSHLARI
Mazkur olmoshlar kishilik olmoshlariga nisbatan ancha umumiy hisoblanadi. Ko’rsatish olmoshlari odatda predmet mazmunida keng qo’llaniladi. Kishilik olmoshlarida esa, bu holat juda kam o’rinlarda ko’zga tashlanadi. Bundan tashqari ot ya’ni ega vazifasida ko’proq kishilik olmoshlari kelsa, ko’rsatish olmoshlari asosan sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajarib keladi. Sifat predmetni rang tus hajm va shu kabi jihatlarini tasavvurimizda ifodalasa, ko’rsatish olmoshlari esa, takid va konkretlash yo’li bilan ushbu vazfani bajarib keladi.
Arab tilidagi ko’rsatish olmoshlarini o’ziga hosligi shundaki, u qaysi shaxs yoki predmetni ko’rsatib kelsa, o’sha shaxs yoki predmetning jinsiga soniga hamda kelishigiga qarab to’liq moslashib keladi.
A rab tilida ko’rsatish olmoshlari ikkiga ajraladi.
Sodda ko’rsatish olmoshlari
Murakkab ko’rsatish olmoshlari
Sodda ko’rsatish olmoshlari quyidagi ko’rinishlarga ega:
-
KO’PLIK
|
IKKILIK
|
BIRLIK
|
JINS
|
أُولاَءِ
|
ذَانِ
|
ذَا
|
muzakkar
|
تَانِ
|
ذِى
ذِهِ
تَا
تِهِ
|
muannas
|
Eslatma! Shuni aytib o’tish kerakki yuqoridagi soda ko’rsatish olmoshlari hozirda deyarli qo’llanilmaydi, lekin shunday bo’lsada murakkab ko’rsatish olmoshlariga asos bo’lib hizmat qiladi. Bundan tashqari soda ko’rsatish olmoshlarini qadimiy tarix manbaalarida uchratishimiz mumkin.
Murakkab ko’rsatish olmoshlari ham o’z navbatida ikkiga ajratiladi:
Yaqindagi shaxs va predmetni ko’rsatish uchun
Uzoqdagi shaxs va predmetni ko’rsatish uchun
Yaqindagi shaxs va predmetlarga nisbatan qo’llaniladigan olmoshlar quidagicha tasniflanadi
-
Ko’plik
|
ikkilik
|
birlik
|
jins
|
هَؤُلاَءِ
|
هذَانِ
|
هذَا
|
Muzakkar
|
هتَانِ
|
هذِهِ
|
Muannas
|
B u olmoshlar o’zbek tilida “bu”, “shu”, “mana bu”, “mana shu” kabi ma’nolarga to’g’ri keladi va o’zi ko’rsatib kelayotgan so’z bilan jinsda sonda, ikkilikda esa kelishikda ham to’liq moslashib keladi.
Eslatma! Mazkur olmoshlar sodda ko’rsatish olmoshlarining old qismiga bitta hoi havvas hamda bitta alif harfini qo’shish orqali hosil qilinadi. Lekin yozuvda murakkablik tug’dirmasligi uchun alif harfi tushirib qoldirilgan, talaffuda esa, saqlanib qolgan.
Uzoqdagi shaxs va predmetni ko’rsatish uchun ishlatiladigan olmoshlar quidagicha tasniflanadi
KO’PLIK
|
IKKILIK
|
BIRLIK
|
JINS
|
أُولاَئِكَ
|
ذَانِكَ
|
ذَاكَ
ذَلِكَ
|
muzakkar
|
تَانِكَ
|
تَاكَ
تِلْكَ
|
muannas
|
Uzoqdagi shaxs yoki predmetlarga nisbatan ishlatiladigan ko’rsatish olmmoshlari o’zbek tiliga “anavi”, “ana o’sha”, “ana shu”kabi ma’nolarda tarjima qilinadi.
Eslatma! Bu ko’rsatish olmoshlari ham sodda olmoshlar asosida hosil qilingan, ya’ni ularning oxiriga kof harfini fathali harakati bilan qo’shish orqali hosil qilingan.
IZOHLAR
moslashgan aniqlovchi vazifasini bajarayotgan ko’rsatish olmoshlari o’z aniqlanmishidan oldin yoziladi. Aniqlik artiklisiz ham aniq holatda hisoblanadi.
ikkilikdagi ko’rsatish olmoshlari kelishikda turlanadi
-
ه ذَانِ هتَانِ
|
Bosh kelishik
|
هَذَيْنِ هَتَيْنِ
|
Qaratqich, tushum kelishik
|
Dostları ilə paylaş: |