Arab xalifaligidan mustaqil tohiriylar davlatining ajralib chiqishi



Yüklə 486,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix11.06.2022
ölçüsü486,54 Kb.
#61238
1   2   3   4
arab-xalifaligidan-mustaqil-tohiriylar-davlatining-ajralib-chiqishi (2)

www.scientificprogress.uz
 
Page 818
Davlat poytaxti Marv (keyin Nishopur) bo`ldi. Tohiriylar davlatiga Tabariston, Jurjon, 
Ray, Kirmon, Xuroson, Seyiston, Movarounnahrning janubiy qismi kirgan.
Muhammad ibn Tohir (862-873) davrida o`g’iz turklari hujumiga qarshi Farova 
(hozirgi Qizilravat yaqinida) va Dehiston (Mashhadi misriyon) qo`rg’onlari qurilib, 
Bohiriylar davlati hududlari mustahkamlandi. 
Xalifa Ma`munga xizmatlari evaziga mulkka ega bo`lgan Somonxudotning 
nabiralari Nuh (Samarqand), Ahmad (Farg’ona), Yahyo (Chach va Istaravshan), Ilyos 
(Hirot)lar nomiga bo`lsa ham, tohiriylarga qaram edilar. 
IX asr o`rtalarida aholining quyi tabaqasidan bo`lgan Safforiylar mavqei 
kuchayadi. Ya`qub ibn Lays va uning Amir, Tohir va Ali degan inilari 861 yilda 
Kirmon va Forsni qo`lga kiritadilar. 871- yilda xalifa Mo`tamid (870-892) Ya`qubni 
Balx va Tohariston hokimi etib tayinlash haqida yorliq jo`natadi. 873 - yilda Ya`qub 
Tohiriylar hukmdori Muhammad ibn Tohirning qo`shinlarini tor-mor keltirib, Tohiriylar 
davlatiga barham berdi. Tohiriylar sulolasi: 
Tohir ibn Husayn (821-822); 
Talha ibn Tohir (822-828); 
Abdulloh ibn Tohir (830-844); 
Tohir II ibn Abdulloh (844-862); 
Muhammad ibn Tohir (862-873). 
Siyosiy ma`muriy tizim. Tohiriylar abbosiylarga rasman irbe bo`lganlar. Amalda 
esa Xuroson va Movarounnahrni o`z tasarrufiga olgan mazkur davlat mustaqil edi. 
Tohir ibn Husaynning al-ma`mun oldida mavqei ustunligi boisidanB tohiriylarning 
alohida davlat sifatida mavjud bo`lishiga keng imkoniyatlar ochilgan edi. 
Tohir ibn Husayn Xurosonga noib bo`lgunga qadar al-Jazira noibi, Bag’dod 
sipahsolori va Iroqdagi soliq majburiyatlarini yig’ish boshqaruvchisi sifatida davlat 
boshqaruvining tajribalarini egallagan edi. Albatta yuqoridagi lavozimlar va mansablar 
al-Ma`mun tomonidan topshirilganligiga shak-shubha yo`q. 
Xuroson noibi bo`lgan Tohir ibn Husayn Nishopurni o`z qarorgohiga aylantirdi. 
Uning asosiy maqsadi davlatni mustaqil qilish edi. Xalifalikda siyosiy tizimning qonun-
qoidalariga ko`ra Xuroson noibi jome` masjidida juma kunlari o`qiladigan xutbada 
Bag’dod xalifasi nomini tilga olishi shart bo`lgan. Qudratli noib esa o`z lavozimiga 
o`tishiga hali bir yil to`lmasdan xalifa nomini xutbadan olib tashlaydi. Shundan so`ng, 
Tohir ibn Husayn o`limining tez fursatda ro`y berishi xalifa ayg’oqchilari tomonidan 
amalga oshirilgan, deya shubha qilinadi. Bu voqea Bag’dod xalifasining o`z noiblari 
ustidan siyosiy hukmronligini mustahkam tutishga intilishdan dalolat berardi. 
O`sha paytda Xuroson noibligiga quyidagi viloyatlar kirgan edi: Movarounnahr, 
Xorazm, Seyiston, Qo`histon, Kermon, Kumis, Tabariston va Jurjon. Har bir viloyat o`z 
navbatida bir necha ma`muriy birliklarga bo`lingan. Ular hajmiga ko`ra kichik va katta 
tumanlardan iborat edi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 486,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin