Arab xalifaligidan mustaqil tohiriylar davlatining ajralib chiqishi



Yüklə 486,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix11.06.2022
ölçüsü486,54 Kb.
#61238
1   2   3   4
arab-xalifaligidan-mustaqil-tohiriylar-davlatining-ajralib-chiqishi (2)

www.scientificprogress.uz
 
Page 819
Movarounnahrda Buxoro, Xorazm singari viloyatlar va mayda ma`muriy birliklar 
bo`lgan. Movarounnahrda jami 300 000 qishloq qayd qilinib, ular 30 dan oshiq 
ma`muriy birliklarni tashkil etgan. 
Har bir ma`muriy birlikda qozi, pochta xizmati boshlig’i, xiroj yig’uvchisi va 
mu`avun boshlig’i bo`lgan. Ular o`z navbatida yirik ma`muriy birliklarning 
amaldorlariga bo`ysunganlar. Ba`zan amal sohiblarining soniga qarab ma`muriy 
birliklar katta yo kichik maydonga egaligini bilsa bo`ladi. 
Abdulloh ibn Tohir o`z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida o`z harbiy 
qo`shinlari uchun maxsus ravishda qo`nimgoh (kazarma) inshoot ettirgan. Nishopurda 
joylashgan bu kazarma shadiyan nomini olgan. Aynan mana shu maxsus harbiy 
qismlardan u zarur paytda tez foydalana olar edi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Tohiriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda turli 
ijtimoiy toifa va qatlamlar mavjud edi. Ular jamiyatda o`z mavqei va o`rinlariga ega 
bo`lgan holda, mulk, martaba va mansablariga ko`ra bir-birlaridan farq qilganlar. 
Ijtimoiy tuzumda xalifaga yaqin noiblar, payg’ambar avlodlari-arab zodagonlari bilan 
yaqin munosabatda bo`lgan mahalliy mulk sohiblari xossanitashkil qilganlar. Raiyat 
orasida kashovarz, kishtukorkunanda, chorakor, barzigar singari ijtimoiy qatlamlar 
uchraydi. Yirik va mayda er egalari dehqon atamasi bilan atalgan. Xalifalik davrida 
iqta`dorlar xizmati evaziga er-mulk sohibi bo`lgan harbiy shaxslar va amaldorlar ham 
tilga olinadi. Qishloq jamoasining a`zolari-mayda er egalari xiroj va jizya 
to`lovchilarning asosiy qismini tashkil qilganlar. Ijaraga ishlovchilar akkorlar 
hisoblangan. Ijaraga beriladigan erlar-muzora`a deyilgan. 
Abul-Abbos Abdulloh davrida zodagonlardan bo`lgan va o`z vatanini tashlab 
Makkaga ziyoratga borayotgan kambag’al kishilarga alohida g’amxo`rlik qilishgan. 
Bunday shaxslar “g’urbo” yoki “ibn sabil” nomida yuritilgan. Mahalliy xalqdan bo`lgan 
qadimiy aholi qatlami da`iflar ham asli zodagonlardan sanalib, bu paytda 
kambag’allashib qolgan edi. Bundan tashqari ular «ahl-i buyutot» nomida ham aytilgan.
Xalifaning buyruq va farmonlarini bajaruvchilar, unga tobe hukmdorlar sohib 
haros degan nomda aytilgan. 
Abdulloh otasi maslahati bilan raiyatga nisbatan ancha mo`tadil siyosat yuritgan, 
chunki bu ularning bosh ko`tarishi va isyoniga to`siq bo`lardi. 
Huquq. tohiriylarning islomlashtirish siyosatida mustahkam turganliklari 
manbalarda qayd qilingan. Ular islom peshvolariga tayangan holda davlatda huquqiy 
munosabatlarni rivojlantirganlar. 
O`z mamlakatida tartib saqlanishini istagan Abdulloh har qanday isyon yoxud 
qo`zg’olonning oldini olishning eng muhim usuli soliq yiquvchilarning suiste`mollariga 
yo`l qo`ymaslikdadir, deb tushuntirdi. Xiroj va boshqa soliqlarning miqdorini 
kamaytirmagan bo`lsa-da, soliq yig’ishda turli jinoiy ishga qo`l urganlarni jazoladi. 
Amal va mansab egalarining suiste`molliklarini oldini olish va davlat xazinasiga ziyon 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 486,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin