ishdan, ularni asrashda tashkilotchilik xislatlarini rivojlantirishdan iborat.
“Ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompeten- siyasi” birikmasi nomini so’zma-so’z tahlil qilsak bu kompetensiya orqali o’quvchilarda shakllan- tirilishi zarur bo’lgan sifat va fazilatlar yaqqol namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy [a. - jamoa, jamiyatga oid] Inson va jamiyat hayotiga oid
1.
1 Abduvahob Mamadaliyev, Ne’mat Mahkamov, Shuhrat Ko’chimov,
Zuhra Mirahmedova, Akmalxo’ja Saidno’monov. Ijtimoiy-siyosiy terminlarning izohli lug’ati .(Davlat tilini rivojlantirish departamenti) “Sahhof”, 2021-yil, 94-bet.
2 Дусмуҳамедова Ш.А., Алимбоева Ш.Т. Шахс ҳиссий емотсионал ҳолатлари психодиагностикаси ва психо- коррексияси.– Тошкент: “Маҳалла ва оила” нашриёти, 2022.
3 Otamuratov R.U., O`rolov H., Rahimova S.., Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari xalqaro ilmiy-texnik konfrensiya materiallar to`plami. 2022., - 476
4 Хомская Е.Д., Батова Н.Я. Мозг и эмоции (нейроп- сихологическое исследование). – Москва. Российское педагогическая агенство, 1998. С. 141.
5 Oʻzbekistonda fuqarolik va uning konstitutsiyaviy asoslari, archived from the original on 2016-03-06, qaraldi: 2008-04-17Fuqarolik]]
6 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. VI bob., archived from the original on 2004-11-15, qaraldi: 2008-04-17Fuqarolik]]
fuqarolar ana shu maqom bilan chet el fuqaro- lari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan ajralib turadilar.
Yuqoridagi izohlarni birlashtirib ijtimoiy- emotsional va fuqarolik kompetensiyasining o’quvchi hayotida juda ham muhim ekanligini anglash qiyin emas. Chunki o’quvchi bolaligida ham, o’smirlik yoki o’spirinlik davrida ham jami- yat ichida yashaydi,
tarbiyalanadi, ulg’ayadi. Jamiyatdagi insonlar bilan doimiy muloqoqtga kirishadi va ularning ehtiyojllarini his qiladi, ularning holatlariga qarab ma’lum darajada o’zining emotsiyasini nomoyon qiladi va bel- gilangan yoshda fuqarolikni qabul qiladi mam- lakat, xalq, insoniyat va davlatga nisbatan huquq va burch tushunchalarini anglay boshlaydi.
Ona tili ta’limi orqali ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirish maqsad qilinar ekan, ona tili ta’limi jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dax- ldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik
burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosa- batlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tut- adi.
Til ta’limini eng so’ngi zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali tashkil etish, ta’lim jaray- onida o’quvchilarning to’la faolligiga erishish, har bir dars jarayonida ularni fikrlashga chor- laydigan usullarni izlab topish bugungi zamon ona tili o’qituvchisining zimmasidadir.
Amaldagi 5-sinf ona tili darsligida 37-dars uchun quyidagi mavzu va mavzuni mustahka- mlash uchun Najmiddin Kubro haqidagi matn berilgan. O’quvchi dastlab mavzu bo’yicha naz- ariy bilimga ega bo’lgach matn orqali ularning olgan bilimlari amaliyotda tekshiriladi va “Muno- sabat bildiring” qismida berilgan savollar orqali o’quvchilar mustaqil mulohaza yuritishi va javob berishlari kerak.
37-dars. AYRIM UNLILAR IMLOSI.
A VA O UNLILARINING TALAFFUZI VA IMLOSI
130-mashq. Matnni diqqat bilan o‘qing.
Najmiddin Kubro
Xorazmni istilo qilishdan oldin Chingizxon Najmiddin Kubroga maktub yo‘llaydi: “Men Urganchni bosib olib, qatli om qilmoqchiman. Siz oila a’zolaringiz va shogirdlaringiz bilan xohlagan tomoningizga ketishingiz mumkin”.
Vatanparvar bobomiz uning taklifinirad etadi. Mo‘g‘ul qo‘shinlari shaharga hujum qil- gan vaqtda: “Yо Vatan, yo o‘lim!” – deb shaharni mudofaa qilishga kirishadi.
Hal qiluvchi jangda u dushman bilan mard- larcha olishadi. Kamondan otilgan o‘qlardan biri uning ko‘ksiga sanchiladi. Shahid bo‘layotgan Najmiddin Kubro yov qo‘lidan bayroqni tortib olib, uni changallagancha halok bo‘ladi. Dush- man bayroqni tortib olish uchun uning barmo- qlarini kesishga majbur bo‘ladi.
Najmiddin Kubroning bu jasorati tildan tilga o‘tib, afsonaga aylandi.
Munosabat bildiring.
Siz ham o’z yurtingizni Najmiddin Kubrodek seva olasizmi?
Nima deb o’ylaysiz: Kubro nega bayroqni changallab o’ldi?
Vatanni himoya qilishga har doim tayy- ormisiz?
Matndagi “a” va “o” unlilarining aytilishi va yozilishiga diqqat qiling. Qaysi so’zlarda ular farqlanyapti?1
Matn so’ngida o’quvchilar fikrini o’rganish uchun berilgan yuqoridagi savollardan so’ng ularning ijtimoiy-emotsional kompetensiyala- rini yanada rivojlantirish uchun o’quvchilarni o’ylantiradigan, fikrlashga chorlaydigan dars- likdan tashqari savollar bilan “Aqliy hujum” uyushtirish yaxshi natija beradi. Jumladan, “Siz shu yoshingizda Vatan uchun nima qila ola- siz?”, “Vatanni tasvirlab bera olasizmi?”, “Vatanni asrash, avaylash va himoya qilish uchun, albatta, katta bo’lish shartmi?”, “Vatan deganda nimani tushunasiz ?” , “Oila, mahalla, jamiyat va xalqsiz Vatanni tasavvur qila olasizmi?” kabi savollarni ham berish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki o’quvchi Vatan nima ekanligini tiliga qotgan shoirona so’zlar bilan emas anglash orqali his qilsagina uning aql va jismi orqali har bir qilgan harakati foydadan holi bo’lmaydi.
Ushbu dars orqali mavzu yuzasidan bilim berish bilan birgalikda “Aqliy hujum” uyushti- rish ularni o’ylashga, mushohada va mulohaza qilishga majbur qiladi va ularning Vatanga bo’lgan
egalik hisini, daxldorlik, asrash va avay- lash kabi tuyg’ularini, vatanni sevish, ardoqlash
1 N.Mahmudov, A.Sobirov, SH.Sattorov, SH.Toshmirzayeva, D.Mannopova. Ona tili. (5-sinf ). – Toshkent . 2020-yil, 61-61-betlar.
singari fazilatlarini rivojlantirish, o’zi
yashayot- gan tuproq, vatan, davlat, xalq, jamiyat oldidagi huquq va burchlarini anglatishni maqsad qiladi.
Matn orqali o’quvchilarning mavzu bo’yicha o’rgangan bilimlari mustahkamlanadi, matn yuzasidan mustaqil fikri tinglanadi hamda matn mazmunidan olingan xulosa bo’yicha o’quvchilarda ijtimoiy-emotsional va fuqaro- lik kompetensiyalari rivojlantiriladi. Beshinchi sinfdanoq o’quvchilarga mana shunday matnlar orqali fuqarolik huquq va burchlarini anglatish davlat taraqqiyoti uchun qo’shilgan ta’limning eng buyuk hissasi bo’ladi.
O’quvchilarning ijtimoiy emotsional va fuqa- rolik kompetensiyalarini rivojlantirish uchun quyidagi taklif va tavsiyalarni bera olamiz:
ona tili ta’limini amalga oshirishda doimiy ravishda o’quvchilarning og’zaki yoki yozma fikrini tinglashga erishish;
o’quvchilarni dars jarayonida faol ishtiro- kini ta’minlaydigan pedagogik texnologiyalarni izlab topish;
o’quvchilarni munosabat bildirishga o’rgatish;
“Aqliy hujum” usulidan har darsda foy- dalanish;
qisqa shakldagi videolar namoishi orqali ham ta’limiy, ham tarbiyaviy, ham kompetensi- yaviy maqsadga erishish.
Xulosa.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, har bir fan, har bir dars hayot uchun muhim va uni anglatish ta’limning va ta’lim tashkilotchisi bo’lgan o’qituvchining vazifasidir. Ta’lim jaray- onida o’quvchi shakllanadi va jamiyat, davlat uchun kerakli shaxsga aylanadi. Ma’lum bir dars o’quvchi hayotini yo’lga sola olsa va o’quvchi olgan bilimlarini hayotda qo’llay olish tajriba- siga ega bo’lsagina jamiyat rivojlanadi, davlat taraqqiyotga erishadi.
Jumladan, yuqorida aytib o’tganimizdek, ona
tili ta’limi insonni jamiyat va davlatda o’z o’rniga ega bo’lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir shaxs kim bo’lmasin, qaysi kasb yoki hunar egasi bo’lmasin o’z fikri, dunyoqa- rashi, g’oyalari,
ehtiyojlari, munosabati va dax- ldorligini til orqali ifodalaydi va yetkazib bera oladi. Shuning uchun ham ona tili ta’limi orqali ijtimoiy emotsional va fuqarolik kompetensiyala- rini rivojlantirish til ta’limining eng asosiy vazi- falaridan biridir. Shunday ekan, ona tili ta’limi jamiyat va davlat hayotida alohida ahamiyatga egadir.