Juda barqaror bo’lgani uchun kompleks tuz eritmasiga kaliy yodid qo’shilganda ham kumush yodid cho’kmasi hosil bo’lmaydi. Kumush sulfidni eruvchanlik ko’paytmasi juda kichik bo’lganligi sababli vodorod sulfid qo’shilganda kumush sulfit cho’kmasi paydo bo’lganligi seziladi. Keyingi vaqtlarda kompleks birikmalar mustahkamligini harakterlashda barqarorlik konstantasining aksi bo’lgan kattalik beqarorlik konstantasi deb atash taklif qilindi. Ular orasida quyidagi nisbat bor: Kbarq.= 1/Kbeqar.
[Ag(NH3)2]+ ioni uchun barqarorlik konstantasi quyidagicha ifodalanadi.
Kbarq.= 1/Kbeqar.= [Ag(NH3)2]+/[Ag+].[NH3]2 = 4,0.10-7 Eritmalarda kuchsiz elektrolitlar masalan, ko’p negizli kislotalardagi kabi kompleks birikmalarning bosqichli dissosiyalanishi uchraydi. Barqarorlik konstantasi markaziy atom bilan ligandlarga ko’p jihatdan bog’liqligi amalda isbotlangan. Kompleks birikmalarning asosiy qismi metall makaziy ioni bilan ligand ioni yoki qutblangan molekula orasidagi elektrostatik tortishuv hisobiga Tortishuv kuchlari bilan bir qatorda bir xil zaryadlangan ligandlar orasidagi yuzaga keladi deb qaraladi.
Elektrostatik itarishish kuchlari ham mavjud bo’ladi. Natijada minemal potinsial energiyaga ega bo’lgan barqaror atomlar gruppachasi vujudga keladi. Quyidagi 5-jadvalda turli zaryadli ion kompleks birikma hosil qiluvchilarning koordinatsion sonlari ko’rsatilgan bo’lib, bir zaryadlilari ancha mustahkam kompleks birikmalardan hisoblanadi [23].