Aralash transport tizimi



Yüklə 32,64 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü32,64 Kb.
#201710
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali-fayllar.org (2)

Mavzu: Aralash transport tizimi.


Reja:

1.Qazib olish va yuklash usullari.

2.Karyer transporti Karyer transportining o'ziga xos xususiyatlari.

3.Konjinslarini temiryoi transportida tashish texnologiyasi.



4.Karyerlarda avtomobil va konveyer transporti.

KIRISH


Konchilik yo‘nalishi- 0 ‘zbekiston Respuhlikasining yirik tarm oqlaridan biri bo‘lib, xalq xo'jaligini rivojlantirish va samaradorligining yuqori darajada bo'lishini ta'm inlashda katta ahamiyatga ega. Respublikada konchilik sanoati tarmoqlarida neft, tabiiy gaz, ko‘mir. rangli metall, nometall qurilish materiallari kabi ko‘plab foydali qazilma konlarini qazib chiqamvchi korxonalar faoliyat yuritadi. Konchilik sanoati texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga birinchi navbatda, konlarni progrcssiv ochiq usulda qazib olishni rivojlantirish orqali erishiladi. Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnik-iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan istiqbolli usul hisoblanadi. Ochiq usulda kon qazishning qudratli indastrial bazasi mavjudligi va foydali qazilma zaxiralarining yer yuziga yaqin joylashganligi tufayli hozirgi vaqtda m am lakatim izda qazib olinayotgan qattiq mineral xomashyoning katta qismi (80-85 %) ana shu progrcssiv ochiq usulda qazib olinmoqda. 0 ‘zbekislon Respublikasi Prezidenti I.A. Karim ovning ta’kidlashicha «... ()‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega m am lakatlar jahon xaritasida ko‘p emas. Bu boyliklaming ko‘pchiligi hali ishga solinmagan». M amlakatimiz o ‘z boyliklari bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi, chunki bu yerdan mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va m a’danlari bo‘lgan istiqbolli joylaraniqlangan. U lar 100 ga yaqin mineral xomashyo turiarini o‘z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral xomashyo potensial 3,3 trillion AQSH dollaridan ortiqroq baholanadi. 3 Наг yili respublika konlaridan taxminan 5.5 mlrd. dollar miqdorida foydali qazilmalar olinmoqda va ularyoniga 6.0-7.0 mlrd dollarlik yangi zaxiralar qo‘shilmoqda. Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari. fosforitlar. kaolinlar bo'yicha 0 ‘zbekiston tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatidan butun dunyoda ham yetakchi o‘rinni egallaydi. 0 ‘zbekiston oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoda 4 -o ‘rinda. uni qazib olish bo‘yicha 7-o‘rinda, mis zaxiralari bo‘yicha 10—11- o‘rinda. uranzaxirasi bo‘yicha 7-8-o‘rinda turadi. Hozirgi kunda qidirib topilgan zaxiralar negizida 400 ga yaqin kon, shaxta, karyer. neft-gaz konlari ishlab turibda. «Konchilik ishi» yo‘nalishi bo‘yicha m utaxassislar tayyorlashda kollej talabalari ushbu o‘quv qo‘llanma orqali konlar va atam alar to ‘g‘risida umumiy m a'lum ot oladilar. Ochiq kon ishlari. kon jinslarini qazishga tayyorlash, kon jinslarini qazib olish va yuklash. karyer yuklarini tashish, foydali qazilma boyliklarini qoplovchi qoplama jinslarni ag‘darmalaiga tashish va ag‘darm alar hosil qilish, karyer maydoni va uni ochish, foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish tizimlari texnologiyasi kabi masalalarni o‘rganadilar. 0 ‘quv qo‘llanma boNimlarining nazariy talqini akademik V.V. Rjevskiy, akademik N.V. Melnikov, professor E.F. Sheshko. professor M.T. Novojilov, prof. P.I. Tomakov va boshqa olimlar ijodlari bazasida yoritilgan. 0 ‘quv qo‘llanmani chop etishga tayyorlashda hurmatli ustoz, «Konchilik ishi» kafedrasi dotsenti N.X. Sagatov va K.B. Kazakbayevalar yaqindan yordam berganliklari uchun mualliflar ulaiga chuqur minatdorchilik bildiradilar.

Qazib olish va yuklash usullari




Karyerlarda qazib olish va yuklash ishlari kon massasini kayjoydan ajratib olib. uni transport vositalariga yoki kon jinslari ag^armalariga cltib berishni o‘z ichiga oladi. Qazib olish va yuklash ishlarini, asosan ekskavatorlar bajaradi. Shu sababli qazish va yuklash ishlari bitta jarayon bo‘lib, qazib ohsh va yuklash ishlari, deb yuritiladi. Karyer (razrez)larda qazib olish va yuklash ishlari uzlukli (siklli) va uzluksiz prinsipda ishlaydigan ekskavatorlar yordamida bajariladi. Bir cho‘michli ekskavatorlar, yuklagichlar, g‘ildirakli skreperlar. buldozerlar va shu kabi mexanizmlar siklli qazib-yuklovchi mashinalar hisoblanadi. Bu mashinalaming ishchi organi davriy ravishda harakatlanuvchi faqat bitta cho'm ich yoki qirqish unsuri (buldozer pichog‘i-lemexi) dan tashkil topadi. Uzluksiz prinsipda ishlaydigan mashinalar (ko‘p cho'michli zanjirli va rotorli ekskavatorlar) ishchi organi (cho‘m ichli. qiig‘ichli) xalqasimon trayektoriya bo‘yicha harakatlanishi tufayli konjinslarini qazib ohb yuklash ishlarini uzluksizligini ta’nhnlaydi. Karyerda to ‘g‘ri mexanik bir cho‘michli, teskari bir cho‘- michh va draglaynlar keng qo‘llaniladi. Bir cho‘michli ekskavatorlar: a-to‘g‘ri cho‘michli; b-teskari cho‘michli; d-draglayn. Teskari mexanik cho‘michli ekskavatorlar esa, o'zi turgan tekislikdan pastga joylashgan kon jinslarini qazibyuklash ishlarini amalga oshiradi. Draglaynlaming cho‘michi strelaga sim arqon yordamida osilgan bolib. o'zi turgan tekislikdan pastda va yuqorida joylashgan kon jinslarini qazib-yuklash ishlarini bajaradi. Hozirgi vaqtda M DH mamlakatlari, shu jumladan 0 ‘zbekiston ochiq usulda kon qazish korxonalarida ham EKG-4.6, EKG-8i, EK G -12.5, EK G -20 rusumli o'rm alovchi (zanjirli) to ‘g‘ri va teskari cho‘michli ekskavatorlar qo‘llanilmoqda. Qoplama jinslami qazib olib, ularni ichki jins ag'darmalariga transport vositasisiz eltib tashlashda E V G -35/65, E V G -15/40, E V G -100/100 rusumli, cho'm ichining hajmi 15. 35, 100 m 3, strelasining uzunligi 40, 65, 100 m bo‘lgan oTmalovchi ekskavatorlardan foydalaniladi. C ho'm ichi sim arqon orqali strelasiga osilgan draglaynlar karyerlarda, asosan qoplama jinslarni massivdan qazib olib ichki ag‘darmalarga joylashtirish yoki tashqi ag‘darmalami hosil qilishda qo'llaniladi. Karyerkirda qo'llaniladigan draglaynlaming massasi katta bo‘lganligi, shuningdek, asosan kon jinslari ag'darmalari 27 ustida ishlashi tufayli zaminga tushadigan solishtirma bosimni kamaytirishni ta’minlash uchun ularning yurish organi odimlovchi konstruksiyaga ega bo'ladi. Karyerlarda cho‘michining hajmi 4, 10, 15, 100 m 3, strelasining uzunligi 40. 60, 90, 100 m bollgan, E S h-4/40. E S h -10/60, E S h -15/90, E S h -100/100 rusumli draglaynlar qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda kon mashinasozlik zavodlarida cho‘michining hajmi 120 m 3 va strelasining uzunligi 125 m bo‘lgan odimlovchi draglaynlar ham ishlab chiqarilmoqda. Zanjirli va rotorli ekskavatorlar ko‘p cho‘michli ekskavatorlarning keng qolllaniladigan xillari hisoblanadi (8-rasm). Zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavatorlarning ishchi organichohnichlar o ‘matilgan (osilgan) zanjirni yo‘nalliruvchi rom ko‘rinishida bo‘lib, romning yuqori qismi ekskavator korpusiga oshiq-moshiq orqali mahkamlanadi, pastki qismi esa. sim arqon bilan slikivlar orqali korpusdagi barabanga bog'lanadi. (8-a, rasm). Hin n i n rll it-rasm. Zanjirli (a) va rotorli (b) ekskavatorlar. Kayjoydan kon jinsini qazib olish rom og‘irligi bilan kayjoyga tiralgan cho‘michlaming harakatlanishi orqali amalga oshirildi. Zanjirli kokp cho'michli ekskavatorlar cho'michlarining umumiy hajmi 250 dan 4500 litrgacha, unumdorligi soatiga 800 dan 10000 m 3 gacha bo‘ladi. Bu ekskavatorlar kayjoy bo‘ylab temiryo‘1, o ‘rm alash zanjiri va odim lash m exanizm lari yordam ida harakatlanuvclii konstruksiyaga ega boiadilar. ER-25, ER-100 va boshqa rusumli rotorli ekskavatorlarning ishchi organi diametri 28 2,5 dan 18 m gacha, cho‘michlar o‘matilgan rotor g'ildiragi bo‘lib, u ekskavator strelasi uchiga o‘rnatiladi (8-b, rasm). Rotorga o‘rnatilgan cho‘michlar soni 6 tadan 12 tagacha bo*lib, ularning hajmi 3()0-8()() dan 4000-8000 litrgacha boNishi mumkin. Rotorli ekskavatorlar, asosan o‘zi turgan tekislikdan yuqorida joylashgan kon jinslarini qazib olishga mo‘ljallangan bo*lib, kichik, o‘rtacha, katta va o'ta katta unumdorlikka ega bo‘ladi. Masalan, kichik unumdorlikka ega rotorli ekskavatorlarning unumdorligi soatiga 630 m ’gacha bo‘lsa, katta unumdorlikga ega ekskavatorlar unumdorligi 2500-5000 m 3 ni, o 'ta unum dor ekskavatorlarning unumdorligi esa soatiga 5000 m 3 dan ham ko‘p miqdorni tashkil etadi. Um um an olganda, karyerlarda qo'llaniladigan ekskavatorlar rusumini ko‘rsatuvchi harfv a sonlar ularning qanday jarayonlarni bajarishi, harakatlanish tomoyili, unum dorligi, qazish balandligi va boshqa tavsiflarini ko‘rsatadi. M asalan, katta unumdorlikga ega bo'lgan E R G -1600. 40/10-31 rusumli rotorli ekskavatorni olsak: e-ekskavator, r-rotorli, g-zanjirli, 1600- cho'm ichlarning umumiy hajmi (litr), qazish balandligi - 40 m, o ‘zi turgan tekislikdan pastki qazish chuqurligi -10 m va strelasining oldga va orqaga surilishi 31 m ni tashkil ctishini bildiradi. Ushbu ekskavatorning rotor diametri 11,5 m b o lib , unga 10 ta cho'm ich o'm atilgan, maksimal unumdorligi 4500 m 3/soat. K o'p cho'm ichli va rotorli ekskavatorlar qoilanilganda karyerda bajariladigan qator jarayonlar - jiaslami massivdan qazib olish, transport qilish. ag'darmaga tushirish kabi jarayonlarni tashkil etish potok usulida amalga oshiriladi. Shu sababli bu ekskavatorlar yillik quwati katta bo'lgan karyerlarda qo'llaniladi. Yillik ishlab chiqarish quwati 3 mln t va tashish masofasi 0,3- 0,5 km gacha bo'lgan karyerlarda, ko'pincha qaizib-yuklash ishlari g'ildirakli skreperlar, yuklash mashinalari vositasida bajariladi. Skreperlarni tortib yuruvchi m ashinalar sifatida quw ati katta bo'lgan traktorlar va avtomobillardan foydalaniladi. Skreperlar cho'michining hajmi 6-15 dan 15-40 m 1 gacha bo'lishi mumkin. Bir cho'michli yuklash mashinalarining ishchi organi vertikal 29 chiziq bo‘ylab pastga va yuqoriga harakatlanadigan strelaga oshiqmoshiq orqali o‘matilgan cho‘michdan iborat bo‘lib. pog‘ona ish maydonida mokisimon harakat qilib kon jinslarini uyumdan olib transport vositalarga yuklab beradi. Karyerlarda PG-10, PG -15, PG -25 rusumli yuklash m ashinalaridan foydalaniladi. Ushbu mashinalar cho‘michlarining hajmi 6,7.5, 14.25 va 25 m3ni tashkil etadi. Unumdorligi 4000 t/smena gacha bo'lishi mumkin.

Karyer transporti Karyer transportining o'ziga xos xususiyatlari.




Karyer transporti kon massasini (qoplama jins va foydali qazilmalar) kayjoydan to ‘kish punktlariga tashishga m o‘ljallangan bo‘lib, texnologik jarayonlarni o‘zaro bog‘lovclii vosita hisoblanadi. Konlarni qazib olish samaradorligi kaiyer trasportining aniq ishlashiga bog'liq. Karyer transporti jarayonlari o ‘ta m ehnattalab bo'lib, unga sarflanadigan xarajatlar mahsulot tannarxining 45-65 %ni ayrim hollarda esa. 60-65 %ni tashkil etadi. Kon ishlarini olib borishning quyidagi maxsus sharoitlari karyer transportining o ‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi: - qisqa tashish masofasida katta hajmdagi yuklarni transport qilishning markazlashgan (bir tom onlam a) yo'nalishiga ega bo'lishi; - transport vositalarini yuklash punkti (kayjoyni) va yukni to'kish punktlarini doimiy o'zgarib turishi tufayli transport kommunikatsiyalarini davriy surilib turishi; - yukni tashish yo'nalishida transport vositalarining m a’lum balandlikka ko'tarilishi zarurligi; - tashiladigan kon massasining qattiqligi, zichligi, timovchanligi va undagi jins bo'laklarining turli o'lchamlarga ega bo'lishi transport uskunalarining pishiq va yuritgichlari quw ati yuqori bo'lishini talab qiladi. Karyer transporti - bu kayjoydan qazib olingan kon massasini qabul qilish (boyitish fabrikasi qoplama jins ag'darmasi va hokazo) punktlargacha tashib beradigan vositalar majmuyidir. Bu vositalar 42 karyerlardagi texnologik jarayonlarni bir-biriga bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib, ko‘p m ehnat va xarajatlar sarfini talab qiladi. Foydali qazilmani qazib olish uchun sarflangan xarajatlaming 45-50 %, ayrim hollarda 65-70% transport xarajatlarini tashkil etadi. Karyer transportida «yuk aylanmasi* va «yuk potogi» degan iboralar ishlatiladi. Yuk aylanniasi deganda vaqt birligi ichida tashilishi lozim bo‘lgan foydali qazilma yoki qoplama jins hajmi (t yoki m 3) tushuniladi. Yuk potogi - bu karyer maydoni chcgaralarida (hududida) yuk tashish yo'nalishlari demakdir. Ochiq kon ishlarida barcha turdagi transport vositalaridan foydalaniladi. Karrlarda temiryo1!, avtomobil va konveyer transportlari keng qo'llaniladi. Ski pli ko'tarish qurilmalari, sim arqon - osma yo'llar, gidravlik transport, aviatraasport kabi transport vositalaridan kam foydalaniladi. Harakatlanish prinsipiga ko'ra transport vositalari siklli va uzluksiz ishlaydigan turlarga bo'linadi. Sikl davomiyligi yuklanish, yuk bilan harakatlanish (to'kish punktlarigacha), yukni to'kish, yuklanish punktiga qaytib kelish va yuqoridagi operatsiyalar o'rtasidagi qisqacha uzilishlar davomiyligi yig'indisidan tashkil topadi. Siklli transporda (tem iryo‘1, avtom obil transporti) yuklanish, yuk bilan harakatlanish, yukni to'kish va yuksiz harakatlanish operatsiyalari birin-ketin sodir bo'ladi. Uzluksiz transportda (konveyer, gidravlik transport) esa ushbu operatsiyalar bir vaqtda, parallel bajariladi. Karyer transportining asosiy turlari. Karyerlarda kon massasi va xo'jalik-texnik yuklarni tashish uchun turli transport vositalaridan foydalaniladi. Temiryo‘1, avtomabil va konveyer ularning asosiylari hisobnlanadi. Muayyan sharoitlar uchun maqbul transport vositasi ni tanlab olishga qator omillar ta’sir etadi, ulardan asosiylari, qazib olinadigan jinslarning fizik-texnik va kimyoviy xossalari, foydali qazilmaning yotish sharoitlari, kon hududining iqlimi, yuk aylanmasi miqdori va tashish masofasi, yuklash uskunalarining rusumi va parametrlari, karyerning ishlash muddati va boshqalar. Turli karyer transporti vositalaridan foydalanish samaradorligi 43 ularning texnik va texnologik parametrlari hamda konning kontexnik yotish sharoitlariga bogliq bo‘ladi. Yillik yuk aylanmasi katta (25 mln t va undan ham ko‘p) va tashish masofasi uzoq (4 km va undan ham ko‘p) bo'lgan karyerlarda temiryo41 transportidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tem iryo‘1 transporti boshqa karyer transporti ko'rinishlariga nisbatan quyidagi afealliklaiga ega: energiya sarfining kamligi, har qanday tashish masofasida ham istalgan hajmdagi yuk aylanmasini tashish imkoniyatiga ega ekanligi, avtomatik boshqarish tizimidan foydalanish mumkinligi, har qanday iqlim va kon-texnik sharoitlardagi konlarda ishonchli ishlashi, avtomobil va konveyer transportiga nisbatan 1 t km yuk tashishga sarflanadigan xarajatlarni 4-6 barobar kam bo‘lishi va hokazo. Biroq, boshqa transport vositalariga nisbatan temiryo‘1 transporti katta burilish radiusi (100-200 m ), qazish fronti uzun bo'lishi (kamida 600 m) va temiryo‘1 ko‘tarilish balandligini 40-60 %odan oshm asligini talab etadi. Bu esa, o ‘z navbatida. karyer o ‘lchamlarini (uzunligi va kengligi) katta bo‘lishi va kon-kapital ishlar hajmining ko‘p bo'lishiga olib keladi. Avtomobil transporti, asosan yuk aylanmasi kichikroq bo‘lgan (15-20 m ln tonna/yil) karyerlarda qo‘llaniladi. Tashish masofasi esa 4-5 km dan oshmasligi kerak. Yuk ko‘tarish qobiliyati yuqori bo'lgan (75-180 tonna va undan ham ortiq) avtoag‘dargichlardan foydalanish tufayli yuk aylanmasi 50-60 mln tonna/yil bo‘lgan karyerlarda ham avtotransportdan foydalanish im koniyati yaratilgan. Avtotransport tem iryo41 transportiga nisbatan qator afzalliklarga ega. Avtomobil yo‘li trassasining ko'tarilish balandligi temiryo'Iga nisbatan ancha katta (80-100%o) va trassa konstruksiyasi sodda, avtotransport har qanday o'zgarishlarga tez moslasha oladi va manevrchan bo‘ladi; kon-kapital ishlarini olib borish intensivligini ta’minlaydi. Tashish masofasining o'sishi natijasida avtotransport samaradorligi keskin kamayishi, avtotransport qo'llanishining iqlimiy sharoitiga bog'liqligi, yuk ko'tarish qobiliyati katta bo‘lgan avtoag'dargichlar narxining balandligi va ularni ekspluatatsiya 44 qilishda joriy xarajatlaming yuqori bo'lishi avtotransportning asosiy kamchiliklari hisoblanadi. Karyerda yumshoq va yaxshi maydalangan (bo'laklarning maksimal o'lcham i 400 m m gacha bo'lgan) kon massasini tashishda lentali konveyrlardan keng foydalaniladi. Chunki konveyr transportining boshqa transport vositalariga nisbatan yuk tashish qiyaligi katta (18-25° gacha) bo'lishi. shuningdek. tashish jarayonlari uzluksizligi, ularni to 'la m exanizatsiyalash va avtom atlashtirish im konyati mavjudligi konveyr transporti samaradorligi yuqori hamda qo'llanish doirasi keng bo'lishini ta’minlaydi. Konveyr transporti yuk aylanmasi 2 mln tonna/yil va tashish masofasi 4-6 km dan 10-15 km gacha bo'lgan karyerlarda qo'llanganda yuqori samaradoriikka erishiladi. Hozirgi vaqtda qattiq (qoyasimon) kon jinslarini ham (bo'laklar o'lcham i 1000 mm gacha bo'lgan) tashishga mo'ljallangan maxsus kanveyerlar ishlab chiqarilmoqda. Bu esa konveyer transporti samaradorligi yanada yuqori bo'lishi va qo'llash doirasini kengayishiga imkon yaratadi.

Konjinslarini temiryoi transportida tashish texnologiyasi




Temiryo'lning tavsili va pog'onalarda almashish operatsiyalarini taslikil etish. Temiryo‘1 transportini yillik yuk aylanmasi katta (25 mln t va undan ko'p) va tashish masofasi 4 km dan ko'p 45 bo'lgan karyerlarda qo'llash tavsiya etiladi. T em iryoi transporti qo'llanganda pog‘onalar ish troutining uzunligi katta (300-500 m va undan ortiq), poyezdning burilish radiusi kamida 100-120 m va yoining ko'tarilishi qiyaligi 20-30 %gacha bo'lishi talab qilinadi. Agar karyerlarda yangi, takomillashtirilgan yuk tortish agregatlar qoilansa, yoining qiyaligini 40-60 %gacha yetkazish mumkin. Bunda karyerlarda tem iryoi transportini samarali qo'llash chuqurligi ni 300-350 m gacha yetkazishga imkon yaratiladi. Yuk tashish sostavlari (lokomotiv va vagonlar) va relsli y o ilar temiryoi transportining asosiy vositalari hisoblanadi. Karyerlardagi tem iryoilar statsionar (turg'un) yoki vaqtincha xizmat qiluvchi turlarga bo'linadi. Statsionar tem iryoilar. asosan karyerning ishlamaydigan yonbag'rida qoldirilgan transport bermalariga (supalariga) joylashtiriladi va uzcxj muddat davomida xizmat qiladi. V aq tin ch a xizm at qiluvchi te m iry o i esa karyer ishchi yonbag'ridagi pog'onalar ishchi maydoniga qurilgan bo'lib, pog'ona ish fronti chizig'i surilishi bilan, davriy ravishda yangi (pog'ona ish fronti chizig'iga yaqin) o'zanga (joyga) surib boriladi. Temiryo'lning ikki re Is orasidagi masofa 1524 m m , shpalning standart uzunligi 2700 mm . relslarniki esa, 12.5-25 m ni taslikil etadi. Karyer tem iryoilarida R-50 va R-65 rusumli relslardan foydalaniladi. Karyer temiryo‘1 transportining harakatlanish tezligi statsioner yo'llarda 30-40 va vaqtincha yo'llarda 15-20 km/soat ni tashkil etadi. Lokom otiv sifatida elektrovoz, teplovoz va tortuvchi agregatlardan foydalaniladi. D -94, D -100 m, EL-1, 13E-1 rusumli kontaktli elektrovozlar kuchlanishi 1500-3000 voltga teng o'zgarmas tok yordamida ishlaydi. Teplovozlar uchun elektr toki va trolley simlar kerak emas. Shu sababli ularning foydali ish koeffitsiyenti (FIK ) yuqori 24- 26 %ni tashkil etadi. O PE -1, OPE-2 rusumli tortish agregatlari avtonom elektr energiyasi manbasiga (dizel seksiyasiga) ega bo'lganligi va har bir vagon motor bilan ta’minlanganligi sababli kontakt elektr liniyalarsiz ishlaydi. Kon massasini tem iryo‘1 46 transport! vositasida tashish uchun 60, 105, 180 tonna yuk ko'tarish qobiliyatiga ega bo'lgan o'zi ag'daruvchi vagonlardan foydalaniladi. Karyerlarda asosan koleyasi 1520 mm bo'lgan standart tem iryo'llar qo'llaniladi. Barcha standart temiryo'llarda burilish radiusi 200 m dan kam bo'lmasligi kerak. vaqtinchalik yo'llarda esa burilish radiusi 100-120m ni tashkil etadi. Temiryo‘1 ostki va ustki qurilm alardan tashkil topadi. Ostki qurilma har ikki tomonidan suv chiqarish ariqchasi hosil qilingan yer tilikidan tashkil topgan bo'ladi. Yo'lning yuqori qurilmasi ballast, shpal, shpalga m ustahkam o'm atilgan relslardan iborat bo'ladi Temiryo‘1 ustki qurilmasining konstruksiyasi yuk aylanmasi hajmiga, harakatlanuvchi sostav o'qiga tushadigan yukka va harakat tezligiga bog'liqhgini hisobga olgan holda tanlab olinadi. Statsionar yo'llarda harakat tezligi 30-40 km /soat, vaqtincha yo'llarda esa, 15-20 km /soatni tashkil etadi. Harakatlanuvchi sostav lokomotiv va vagonlardan iborat bo'lib, foydali qazilmalami tashishda yuk ko'tarish qobiliyati 60-90 t bo'lgan «gandola» va «xopper» rusumli vagonlardan foydalanadi. Karyerlardagi tem iryo'llar uzunligi bir necha o'n, hatto bir necha yuz km lam i tashkil etadi, shu sababli karyerlarda kon - transport uskunalaridan foydalanish samaradorligi ko'p jihatdan 47 temiryo‘1 rivojlanish sxemasi va pog'onalarda yukli hamda yuksiz transport vositalarini o‘zaro almashtirish operatsiyalarini tashkil etishga bog‘liq bo‘ladi. Sostavni yuklanish va yukli sostavni yuksiz sostav bilan almashish davomiyligining o‘zaro nisbati kayjoyni yuksiz sostav bilan ta’minlash koeffitsiyenti orqali tavfsiflanadi. Almashish davomiyligi, asosan poyezd harakatlanish tezligi, pog'ona ish fronti uzunligi va temiryo'lning kavjoyda joylashish sxemasiga bog'liq bo'ladi. Kavjoyda tem iryo'lini joylashtirish sxemasini tanlab olishda ekskavator rusumi, uning unumdorligi va pog'onadagi soni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Pog'onadan transport vositasining chiqish yo'li soni bo'yicha poyezdlar harakati maksimal (tupikli) bitta chiqish yo'lilik va potokli (bir tom ondan kirib, ikkinchi tom ondan chiqib ketadigan) ikki chiqish yoMilik bo'lishi mumkin.


Karyerlarda avtomobil va konveyer transportiZamonoviy karyerlarda avtotransport alohida transport sifatida yoki tem iryoi transporti, konveyer transporti va boshqa transport vositalari bilan birgalikda qo'llanadi. 48 Karyer avtomobil yo‘llari. Karyerlarda avtotransportning samaradorligi ko‘p jihatdan avtomobil yo‘llaiining sifati va holatiga bog'liq bo‘ladi. Karyer avtomobil yo'llari ekspluatatsiya qilish sharoitlari bo'yicha statsionar va vaqtinchalik yo'llarga bo'linadi. Kapital transheyalar, yer yuzi va tutashtiruvchi bermalarda muddat ekspluatatsiya qilishga mo'ljallangan, usti qoplamali va har ikki tomonga harakatlanishni ta'm inlaydigan statsionar avtomobil yo'llari Ьафо etiladi. Vaqtinchalik (kayjoydagi va ag'danualardagi) yo'llar ish fronti ortidan surilib boradi va ularda yo'l usti qoplamasi bo'lmaydi. Avtomobil transporti asosan yuk aylanmasi kichik (15-20 mln t) va tashish masofasi 4-5 km gacha bo'lgan karyerlarda qo'llanadi. Yuk ko'tarish quw ati katta (75-180 tonna) bo'lgan avtoag'dargichlar barpo etilishi natijasida avtomobil traasportini yillik yuk aylanmasi 50-60 mln t va undan ortiq bo'lgan karyerlarda ham qo'llash samarali bo'lishi ta'minlangan. Hozirgi vaqtda avtomobil transporti tem ir va rangli metall karyerlarida keng qo'llaniladi. Avtomobil transporti qo'llaniladigan karyerlarda kontakt liniyalari, tem iryo'llar bo'lmasligi va yo'llarning qiyaligi katta (80-100 %), burilish radiusi kichikligi (15-25 m) tufayli kon-kapital ishlar hajmi nisbatan kam, karyemi qurish muddati qisqa hamda aizon bo'lishi ta'minlanadi. Avtoag'daigichlaming qimmatligi, joriy xarajatlaming yuqori bo'lishi natijasida 1 tonna yukni tashishga sarflangan xarajatlarni tem iryo‘1 transportiga nisbatan ko'p bo'lishi avtomobil transportining asosiy kamchiligi hisoblanadi. Avtoag'dargichlaming harakatlanishi uchun karyerda statsionar va vaqtinchalik yo'llar quriladi. Statsionar avtoyo'llar kapital transheyalar. yer yuzi va tutashtirm a bermalarda quriladi. Bu avtoyo'llar uzoq muddat xizmat qiladi, shuning uchun ular maxsus yo'l qoplamalari bilan qoplanadilar. Ikki yo'nalishli avtoyo'llarning kengligi 14-15 m bo'ladi. Vaqtinchali avtoyo'llar pog'ona ish maydonida quriladi va maxsus qoplama bilan qoplanmaydi. Pog'onaning ish fronti chizig'i 49 kon jinslarini qazib olish natijasida surilib borgan sari avtoyo‘llar ham davriy ravishda ish fronti chizig‘i yaqiniga surilib boradi. Konveyer transporti (lentali konveyerlar) yumshoq va yaxshi maydalanadigan (bo‘laklar o‘lchami 400 m m gacha boNgan) kon jinslarini tashishda qo‘llanadi. Karyerlarda ishlaydigan qazish uskunalari unumdorligi ning diapazoni keng (15000 m3/soatgacha) bo‘lishi konveyerlardan har qanday yillik yuk aylanmalarida ham foydalanish imkonini beradi. Yuk tashish jarayonining uzluksizligi va 18°gacha qiyalikda amalga oshirilishi konveyer transportining asosiy afzalligidir. Yillik yuk aylanmasi 20-30 mln t, chuqurligi 150 m dan ko‘p va tashish masofasi 10-20 km boigan karyerlarda konveyer transportini qo'llash yuqori samaradorlikni ta'minlaydi.

XulosaKonchilik sanoati texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga birinchi navbatda, konlarni progrcssiv ochiq usulda qazib olishni rivojlantirish orqali erishiladi. Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnik-iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan istiqbolli usul hisoblanadi. Ochiq usulda kon qazishning qudratli indastrial bazasi mavjudligi va foydali qazilma zaxiralarining yer yuziga yaqin joylashganligi tufayli hozirgi vaqtda m am lakatim izda qazib olinayotgan qattiq mineral xomashyoning katta qismi (80-85 %) ana shu progrcssiv ochiq usulda qazib olinmoqda. 0 ‘zbekislon Respublikasi Prezidenti I.A. Karim ovning ta’kidlashicha «... ()‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega m am lakatlar jahon xaritasida ko‘p emas. Bu boyliklaming ko‘pchiligi hali ishga solinmagan».


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR1. Karimov LA. O bzbckiston buyuk kelajak sari. - Т.: 0 ‘zbekiston. 1998.


2. Karimov I. Q ‘zbekislon XXI asrb o ‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik sharllari va taraqqiyot kafolatlari. - Т.: 0 ‘zbekiston. 1997.


3. М альгин O .H ., С ы тен ков B .H ., Ш еметов П.А. Ц иклично-поточная технология в глубоких карьерах. - Т.: Ф АН. 2004.



http://fayllar.org
Yüklə 32,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin