Arduino platformasi yordamida mantiq algebrasi funksiyalarini


TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix17.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#144795
1   2   3   4   5   6
arduino-platformasi-yordamida-mantiq-algebrasi-funksiyalarini-o-rganish

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
 
Laboratoriya sharoitida muayyan hodisaga u yoki bu omilning ta`sirini o‘rganish 
maqsadida fizikaviy tajriba o‘tkaziladi. Jismlar xossalarini va hodisa tabiatini to‘liq ochish uchun 
shu xususiyatlarni tavsiflovchi fizik kattaliklar kiritish hamda ular yordamida turli xil sifatiy 
jihatlarni miqdoriy baholash zarur. Bu holat hodisaning turli xossalari orasidagi munosabat 
orqali aks etadi. Fizik kattalik – sifatni miqdoriy tavsiflovchi kattalikdir. Fizik kattaliklar 
yordamida har qanday jarayonni matematik ifodalash mumkin. Shuning uchun fizik jarayonlarni 
kuzatish va har xil fizik kattaliklarni o‘lchash alohida ahamiyatga ega. 
Quyida mantiq algebrasining asosiy funksiyalarini elektronika va dasturlashni 
birlashtirgan holda qanday amalga oshirishni ko‘rib chiqamiz. Elеmеntlarning o‘zi oddiy elеktr 
sxеmalardan tuziladi (1-rasm). Bunda sxеmaning kirish qismiga kеlgan signallarga argumеnt 
dеyilsa, chiqishdagi signallar esa argumеntning funksiyasi bo‘ladi. Sxеmaning ma’lum qismida 
signalning mavjud bo‘lishi bir (1)ni, mavjud emasligi esa nol (0)ni ifodalaydi. 
a)
b) 
1-rasm. a – “VA” mantiqiy elementi elektr sxemasi. b – “YOKI” mantiqiy elementi elektr 
sxemasi
.
“VA” va “YOKI” mantiqiy funksiyalarining bajarilishi uchun kiruvchi signallar soni 
kamida ikkita bo‘lishi zarur (2-rasm). 
c) 
d)
e) 
2-rasm. c – “VA” elementi shartli belgilanishi. d – “YOKI” elementi shartli belgilanishi. e –
 “EMAS” elementi shartli belgilanishi. 
TADQIQOT NATIJALARI 


UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 
№4
130 
Kompyuterning bazaviy mantiqiy elementlari, asosan, uchta mantiqiy amalni bajaradi: 
1.
“VA” mantiqiy elementi - mantiqiy ko‘payishni amalga oshiradi; 
2.
“YOKI” mantiqiy elementi - mantiqiy qo‘shishni amalga oshiradi; 
3.
“EMAS” mantiqiy elementi - rad etishni amalga oshiradi. 
1-jadvalda ikkita kiriuvchi A va B elementlar uchun “VA” mantiqiy elementining rostlik 
jadvali ham ko‘rsatilgan. Ikkala kiruvchi element bir vaqtning o‘zida “1” kirish signali bilan 
ta’minlangandagina chiquvchi signal orqali “1” signali hosil bo‘ladi. Boshqa uchta holatda 
chiqish signali nolga teng bo‘ladi. 
Ikkita (A, B) kiruvchi signal uchun “YOKI” mantiqiy elementi biroz boshqacha ishlaydi. 
Yig‘uvchi sxеmada ikkita kiruvchi signalning ixtiyoriy bittasi “1” kirish signali bilan 
ta’minlansagina, chiquvchi signal orqali “1” signali hosil bo‘ladi. Boshqa holatda chiqish signali 
nol (0)ga teng bo‘ladi (1-jadval). 
“EMAS” mantiqiy elementida faqat bitta (A) kiruvchi va bitta (A emas) chiquvchi signal 
mavjud. Bu “teskari zanjir” deb ham ataladi. “EMAS” mantiqiy amalida kiruvchi signalning 
qiymati qarama-qarshisiga o‘zgaradi, masalan, kiruvchi signal “1” kirish signali bilan 
ta’minlansa, chiquvchi signal orqali “0” signali hosil bo‘ladi va aksincha. 1-jadvalda yuqoridagi 
ikki amalni bajarishdan hosil bo‘lgan natija ustida “EMAS” mantiqiy amali bajarib ko‘rsatilgan 
va bu amallarni mos ravishda “VA EMAS” hamda “YOKI EMAS” deb nomlab qo‘yilgan. 
1-jadval 
Kiruvchi signal 
Chiquvchi signal 
VA 
YOKI 
VA EMAS 
YOKI EMAS 


A∙B 
A+B 
A B
A
B

























Mantiqiy elementlardan arifmetik amallarni bajarish va axborotlarni saqlash uchun 
mo‘ljallangan murakkab raqamli sxemalar tuziladi. Bir necha mantiqiy element va ularning turli 
birikmasi yordamida berilgan funksiyalarni bajarishga qodir sxemalarni tuzish mumkin.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin