Qayerga yoki kimga
Ariza yozuvchining turar joyi,
lavozimi va telefo’n no’meri
Ariza
Ariza matni (mazmuni)
Ilova
Sana (yil, kun, oy)
Imzo
I. Sh va familyasi
Ariza asosan ko’lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon kilinadi.
Mazmuni va usubiga kura arizalar bir hil emas: Bir necha suzdan iborat
bulishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikning uylantirayotgan ijtimoiy
masalarlar yuzasidan fikr mulohozalar bildirilgan hat tarzida bulishi ham
mumkin. Shu nuktai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga
jaratiladi. Murakkab ariza matni katta bulish bilan birga unga ilovalar
kilinishi mumkin.
Arizalar aksar hollarda shahsiy hususiyatga egadir. Shu bilan birga,
hizmat arizalari ham buladi. Hizmat arizalari-fukarolar yoki
tashkilotlarning uz hukuklarini amalga oshirish yoki manfaatlarini
himoya kilish yuzasidan yozma ahborotlaridir. Davo arizalari anashunday
arizalardandir. Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif
mazmunini aks ettirgan arizalarga hamda davo arizalarga nibatan kup
kullaniladi.
BILDIRSHINOMA, BILDIRISH
Muayyan muassasa (tarkibiy kism) rahbariga hizmat faoliyati bilan alokalar
muhim masalalar yuzasidan yoki yukori idora, mansabdor shahsga biron-bir vokea
va hodisa hakida habardor kilish zarurati tugilganda takdim etiladigan mufassal
yozma ahborot. Unda, odatda, bayon kilinayotgan masalalar buyicha tuzuvchi
(yozuvchi)ning takliflari aks etadi.Kimga yullanishiga karab bildirishnoma ichki va
tashki turlarga ajraladi.
Ichki bildirishnoma
rahbar shahs yoki bulim mudiri
nomiga yoziladi. U toza kogoz varagiga kulda yoki mashinkada yozilishi mumkin.
Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi.
Tashki bildirishnoma
,
ya'ni rahbar tomonidan yukori idoraga yoki mansabdor shahsga yoziladigan
bildirishnoma, odatda, hos ish kogoziga ikki nushada yoziladi. Hujjatning ikkinchi
nushasi muassasaning uzida koldiriladi. Bunday bildirishnoma rahbar tomonidan
imzolanadi.
Bildirishnomada tashabbus, ahborot va hisobot hususiyatiga ega. Bu
hususiyatlar hujjat matni sarlavhasidayok uz aksini topadi.
Tashabbus
bildirishnomasi
matnida tegishli masala yuzasidan umumiy yoki anik takliflar
ilgari surilib, rahbarni ularni hal kilishga undaydi (masalan, Navoiy nomidagi
jamoa hujaligida mukofotlash nizomining buzilganligi hakida).
Bildirishnomaning zaruriy kismlari:
1. Bildirishnoma yo’llangan rahbarning lavozimi, ismi va otasining ismining bosh
harflari hamda jo’nalish kelishigidagi familiyasi.
2. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismining bosh
harflari hamda chiqish kelishigidagi familiyasi.
3. Matn sarlavhasi.
4. Hujjat turining nomi (Bildirishnoma).
5. Bildirishnoma matni (mazmuni).
6. Qancha varaqligi ko’rsatilgan ilovalar ro’yhati (agar ilovalar bo’lsa).
7. Bildirishlnma tayyorlovchi hodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs
tomonidan tayyorlangan bo’lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).
8.Bildirishnoma takdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan
bildirishnoma imzolanayotgan paytda ko’yiladi).
Yukoridagilardan ko’rinib turibdiki, zaruriy kismlari va yozilish shakli jihatidan
bildirishnomalar hizmat ma'lumotnoma (spravka)lariga yaqin turadi. Farqi shundaki,
ma'lumotnomalarda asosan talab qilingan, so’ralgan voqea-hodisalalar hakidagina
axborot beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalarni sanash bilan birga, ularni
keltirib chikargan omilar tahlil qilinadi va tegishli hulosalar qilinib, takliflar aytiladi.
Soatsozlik zavodining direktori
K.B.Karimovga zavod qaramog’idagi
bolalar oromgohining boshligi
L.Komilovadan
BOLALAR OROMGOHI YOTOQ
BINOLARINING UMUMIY
AHVOLI HAQIDA
BILDIRISHNOMA
Sizning ko’rsatmangizga binoan, men tehnik-nazoratchi S.Bakirov bilan birgalikda shu yil 24 - 25 may
kunlari zavod qaramog’idagi bolalar oromgohi yotoq binolarini tekshirib chikdim.
Barcha yotoq binolari qoniqarli ahvoli. Birokq1-binoda deraza oynalarini o’rnatish, 2-binoni qisman
bo’yash, 3-binoda esa eshiklarni ta'mirlash zarur deb hisoblayman
Bolalar oromgohi
Boshlig’i
L.Komilova
(imzo)
2012.05.24
E'LON
Ko’pchilikni yoki ma'lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada (kelgusida)
bo’ladigan biron - bir tadbir, majlis, uchrashuv, suxbat, shuningdek ishga, o’qishga
qabul qilish va boshqalar haqida habardor qilish uchun qo’lanuvchi yozma axborat.
E'lonning zaruriy qismlari:
1. Nomi (E'lon).
2. E'lon kilinayotgan tadbirning vakti, o’tkazilish joyi.
3. Tadbirning mavzusini o’zida aks ettiruvchi matn.
4. Tadbir o’tkazuvchi nomi (odatda, bo’ladigan tadbirni e'lon kilayotgan tashkilot,
organning nomi: «Ma'muriyat», «Kuzatuv kengashi», «Yozuvchilar uyushmasi»,
«Tashkiliy qo’mita», tarzida belgiladi).
E'lon mavzusiga va undan ko’zlangan maqsadga ko’ra turli shakllarda bo’lishi
mumkin
E'LON
Shu yil 25 iyul soat 15.00 da UzRFA Til va adabiyot institutining majlislar
zalida instiut kasaba uyushmasi qo’mitasining hisobot-saylov yig’ilishi bo’ladi.
Kun tartibi:
Kasaba uyushmasi qo’mitasining xisoboti.
Taftish komissiyaning xisoboti.
Kasaba uyushmasi qo’mitasining yangi tarkibini saylash.
VASIYATNOMA
Vasiyatnoma bir shaxsning (vasiyat qiluvchining), u vafot kilgan takdirda,
o’ziga qarashli bo’lgan mol-mulkni tasarruf etish buyicha hohish-irodasi bayon
qilingan hujjatdir. U muayyan andoza bo’yicha tuzilishi, belgilangan talablarga
(vasiyat qiluvchining huquqiy muomala layoqati, farmoyishning qonuniyligi,
vasiyat qiluvchi tomonidan o’zining so’nggi hohish-irodasini bayon qilish
erkinligi) javob berishi kerak.
Vasiyatnoma bo’yicha har qanday shaxs (jumladan, qonunda belgilangan
merosxo’rlar doirasiga kirmaydigan shaxslar ham), shuningdek davlat, jamoat,
kooperativ tashkilotlari merosxo’r bo’lishi mumkin. Vasiyat qiluvchi o’z mol-
mulkini (uning bir qismini) bir yoki bir necha merosxo’rga, shu bilan birga,
yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish idoralariga
vasiyat qilish xuquqiga ega. U, shuningdek, vasiyatnomada o’limidan so’ng uni
kaysi kabristonga ko’mish, yodgorlik ko’yish yoki ko’ymaslik, qanday
marosimlar o’tkazish xakida va shunga o’xshash farmoyishlar berish huquqiga
ega.
Vasiyat qiluvchi yoki meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni
istagan paytda bekor qilish va o’zgartirish borasida erkin bo’lib, bunda u bekor
qilish yoki o’zgartirish sabablarini ko’rsatishga majbur emas.
Uzbekiston Respublikasi Fukarolik kodeksining 1124-1133-moddalarida vasiyatnoma,
uning shakli va yozilishi uslubi, turlari, uni bekor qilish va o’zgartirish, vasiyatnoma bilan boglik
boshqa holatlar batafsil ko’rsatib berilgan.
Vasiyatnoma, odatda, yozilgan joyi va vaqti ko’rsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi
lozim. Quyidagi vasiyatnomalar yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi:
a) notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar;
b) notarial tasdiklangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar.
Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o’z ko’li bilan imzolanishi kerak. agar
vasiyat qiluvchi biron-bir jismoniy nuksoni, kasalligi yoki savodsizligi yoki biror sabab tufayli
vasiyatnoma o’z ko’li bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan, notarius yoki qonunga
muvofik vasiyatnomani tasdiqlaydigan boshqa shaxs hozir bo’lganida, vasiyat -qiluvchi o’z ko’li
bilan imzolay olmaganligining sabablari kursatilgan holda, vasiyatnomaga boshka shahs imzo
qo’yishi mumkin. Lekin notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa shaxs, vasiyatnomadan
manfaatdor shaxslar va ularning oila a'zolari, vasiyat kiluvchining qonuniy merosxo’rlari, to’liq
muomala layoqatiga ega bo’lmagan fuqarolar, vasiyatnomani o’kiy olmaydigan boshqa shaxslar,
yolg’on guvohlik bergani uchun ilgari sudlangan shahslar vasiyatnomaga imzo kuyishi mumkin
emas.
Notarial tasdiklangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yozilgan yoki uning
so’zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo’lishi kerak. Vasiyatnomani keyingi holatda
yozib olish paytida umumiy qabul qilingan texnika vositalaridan (yozuv mashinkasi, shaxsiy
kompiyuter va hokazodan) foydalanish mumkin.
Vasiyat qiluvchining so’zlaridan notarius tomonidan yozib
olingan vasiyatnomani imzolashdan vasiyat qiluvchi uning matnini
notarius oldida to’lik o’kib chiqishi lozim. agar vasiyat qiluvchi
ayrim ob'ektiv sabablarga ko’ra vasiyatnomani shaxsan o’kiy
olmasa, uning matni vasiyat qiluvchiga notarius tomonidan o’kib
eshittiriladi, bu holat vasiyatnomada tegishlicha qayd etiladi.
Vasiyat qiluvchining hohishiga ko’ra, vasiyatnoma notaruis
tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (mahfiy
vasiyatnoma) tasdiqlanadi. Mahfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi
xaqiqiy sanalmaslik havfi (ehtimoli) borligidan o’z ko’li bilan
yozishi va imzolashi kerak. Vasiyatnoma ikki guvoh va notarius
ishtirokida hatjildga solinib, hatjild yelimlanishi lozim. Guvohlar,
to’lik ismi shariflari va doimiy turar joylarini ko’rsatgan holda,
hatjildga imzo qo’yadilar. Ushbu hatjild mazkur odamlar ishtirokida
boshka hatjildga solinadi va bu hatljild ham yelimlanib, notarius
unga tasdiqlash usthatini yozib ko’yadi.
Dostları ilə paylaş: |