Kitob о‘qiydigan, ma’naviyati yuksak insonning dunyoqarashi keng bо‘ladi. О‘zbekiston Respblikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev ijtimoiy, ma’naviy-
ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yо‘lga qо‘yish bо‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdilar. Shulardan Tо‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini
yuksaltirish, ular о‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bо‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yо‘naltirilgan.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida mazkur tashabbus doirasidagi ishlar samarali tarzda amalga oshirilib kelinmoqda.
Institut rektori,
Professor Ibrohim
Yuldashev boshchiligida oliy ta’lim muassasasining
Axborot resurs markazida “Kitob bilan kelajak sari!” shiori ostida
“Kitob о‘qishga keling bir finjom bepul kofe
iching!” mega aksiyasi start oldi. Bu amaliy tadbir talabalarimizni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini yanada oshirdi hamda kutubxonada
kitobxonlik darajasini
o’sishiga sabab bo’lmoqda.
Ma’naviy va madaniy hordiq nashidalari yorqin taassurotlarga aylanadi. Bilimga va ichimlikka tashnalik baravariga о‘z barhamini topadi.
Rektor Ibrohim Yuldashev mazkur aksiya jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Tobora bilimga chanqoq, kitobsevar yoshlar auditoriyasi kengayib borayotganini ta’kidlab
о‘tdilar. Bu esa yurtimizning yorqin taraqqiyotida muhim poydevor bо‘lishi shubhasiz.