Aldegid va ketonlar Tarkibida karbonil gruppa >C= O tutgan birikmalar oksobirikmalar deyiladi. Oksobirikmalar sinfiga aldegid va ketonlar kiradi. Uglevodorod molekulasidan bir yoki bir necha vodorodni gruppaga almashinishidan hosil bo‘lgan birikmalarga aldegidlar deyiladi (chumoli aldegid bundan mustasno). Aldegidlarning umumiy formulasi:
Ikkita uglevodorod radikali bilan bog‘langan, o‘zida karbonil gruppa saqlagan birikmalarga ketonlar deyiladi. Aldegid va ketonlar ochiq zanjirli alifatik, halqali (siklik) yoki aromatik, to‘yingan va to‘yinmagan bo‘lishi mumkin.
To‘yingan aldegid va ketonlar To‘yingan alifatik aldegid va ketonlarning umumiy formulasi n2n OHC , ya’ni bir xil uglerod atomlariga ega bo‘lgan aldegid va ketonlar bir-biriga nisbatan izomer moddalardir. Masalan, 63 OHC formulaga quyidagi aldegid va keton javob beradi.
Nomenklaturasi. Aldegid va ketonlarni nomlashda trivial nomenklatura keng qo‘llaniladi. Bu nomenklaturaga ko‘ra, aldegidlarning nomi ularning oksidlanishidan hosil bo‘lgan tegishli karbon kislota nomidagi kislota so‘zini aldegidga almashtirish orqali hosil qilinadi. IYPAK nomenklaturasiga ko‘ra aldegid gruppasining borligi al-suffiksi bilan ko‘rsatiladi:
Agarda, modda molekulasi tarkibida aldegid gruppadan boshqa kattaroq gruppa asosiy zanjirga kirsa, u holda aldegid gruppasi formilprefiksi bilan ifodalanadi. Masalan:
Oddiy ketonlarning nomlari karbonil gruppa bilan bog‘langan radikallar nomiga keton so‘zini qo‘shish bilan hosil qilinadi. IYPAK nomenklaturasiga binoan tegishli to‘yingan uglevodorodlar nomiga «on» qo‘shimchasi qo‘shiladi. Misollar:
Aromatik Aldegid va Ketonlar Aromatik aldegid va ketonlarning tuzilishida aromatic halqada karbonil S=O guruhi mavjud bo’ladi.
Karbonil guruhi aromatic halqa bilan bevosita yoki yon zanjirda bolishi mumkin.
Agar aromatic aldegidlarda karbonil guruhi aromatic halqa bilan bevosita bog’langan bo’lsa, bunday aldegidlar yog’ qator aldegidlarning hosilalari deb qaraladi.
Aromatik ketonlar ikkiga- toza aromatik va alkil – aromatic ketonlarga bo’linadilar.
Aromatik aldegidlar Aromatik aldegidlarni yog’ qator aldegidlarini olish usullaridan foydalanib xosil qilish mumkin.
Shuning bilan bir qatorda aromatic aldegidlar olishning ayrim yog’ qator aldegidlarini olishdan farq qiladigan usullari ham mavjud.
1 Uglevodorodlarning oksidlanishi. Benzolning gomologlari; toluol havo kislorodi bilan katalizator ishtirokida oksidlanganda benzoldigidni hosil qiladi.
2 Ammiakning birikishi. Yog’ qator aldegidlaridan farqli ammiak bilan 3:2 nisbatta birikadi . Benzoy aldegidi ammiak bilan gidrobenzamid hosil qiladi. Gidrobenzamid qizdirilganda amaringa aylanadi:
Aromatik aldegidlar yog’ qator aldegidlarga qaraganda qiyin polimerlanadilar
Aromatik aldegidlar yog’ qator aldegid va ketonlar, kislota angidridlari bilan oson reaksiyaga kirishadilar.
Aromatik aldegidlar tuzilishida qozg’aluvchan vodorod atomlar bolgan molekulalar bilan o’zaro reaksiyaga kirisha oladilar
Aromatik Aldegidlarning aksariyati achchiq danak xidiga ega bo’lgan , suvda erimaydigan suyuqlikdir.
Kimyoviy hususiyatlari: Aromatik aldegidlar yog’ qator aldegidlari uchun xos bo’lgan jarayonlarning kopchiligiga kirisha oladilar. Ular kumush oksidi vodorod , gidrozin, gidroksilamin,natriy bisulfit, sianid kislota va boshqalar bilan yog’ qator akdegidlari kabi reaksiyaga kirisha oladilar. Shining bilan birga ular uchun yog qator aldegidlaridan farq qiladigan xususiyatlari xam mavjuddir.
Aromatik ketonlar
Aromatik ketonlar
ni yog’ qator ketonlarni olishdagi usullardan olish mumkun. Masalan, ikkilamchi aromatik spirtlar oksidlanganda aromatik ketonlar xosil boladi.
Aromatik uglevodorodlarda atsillovchi agentlar bilan ta’sir etilgan aromatik ketonlar xosil boladi (Fridel-Kraft reaksiyasi.)
Toyinmagan ketonlar aromatic aldegidlarning yog’ qator ketonlari bilan o’zaro ta’siri natijasida olinishi mumkin.
Toyinmagan ketonlar aromatic aldegidlarning yog’ qator ketonlari bilan o’zaro ta’siri natijasida olinishi mumkin.
Toza aromatik ketonlar difenilmetan guruhi uglevodorodlarni oksidlanish orqali xosil qilinadi
Fizik va kimyoviy xossalari
Aromatik ketonlar yoqimli gul hidiga ega bo’lgan, suvda erimaydigan suyuq yoki qattiq moddadir. Aromatik ketonlarning reaksiyaga kirishuvchanlik qobiliyati yog’ qator ketonlarnikiga qaraganda past.
Ular yog’ qator ketonlar kirishadigan ayrim reaksiyalarga kirishmaydilar.