String C# dasturlash tilida satr bilan ishlash uchun String ishlatiladi. String o’zgaruvchisi ikkita tirnoq (" ") bilan o’ralgan belgilar to’plamini o’z ichiga oladi.
string myText = "Hello";
string kalit so’zi Stringuchun taxallus hisoblanadi, ya’niki string && String so’zlari o’zaro tengdir va qaysi ko’rinishdan foydalanish esa dasturchining xohishiga bog’liq. string tipidagi o'zgaruvchi eng ko'pi bilan 2 Gb ma'lumotni, yoki 1073741791 ta belgini saqlashi mumkin.
C# dasturlash tilida satr bilan ishlash metodlari String sinfida joylashgan va bu sinf satrlarni xavfsiz yaratish, boshqarish va taqqoslash uchun ko'plab metodlarni taqdim etadi.
Misol uchun: Satr uzunligini olish:
int value = myText.Length;
//output: value = 5;
String sinfining metodlari:
CompareTo() – berilgan satrni boshqa bir satr bilan solishtiradi va bizga bool ya’ni True/Falseqiymatda javob qaytaradi
string str1 = "Hello";
string str2 = "World";
bool IsSame = str1.CompareTo(str2) == 0;
//output: IsSame = False
ToLower() – berilgan satrdagi barcha harflarni kichik harflarga o’zgartiradi
string str1 = "Hello, WORLD !";
string str2 = str1.ToLower();
Console.Write(str2);
//output: hello, world !
ToUpper() – berilgan satrdagi barcha harflarni katta harflarga o’zgartiradi
string str1 = "Hello, World !";
string str2 = str1.ToUpper();
Console.Write(str2);
//output: HELLO, WORLD !
Split() – berilgan satrni biz kiritgan belgi ajratib turgan qismlarga bo'ladi va yangi massivga yuklaydi:
string satr="satr,ustun,katakcha";
string [] massiv=satr.Split(',');
foreach (string a in massiv)
Console.WriteLine(a);
/* output:
satr
ustun
katakcha
*/
Yuqoridagi misolda vergul satr qismlarini ajratuvchi belgi bo'lib xizmat qildi. Gapda so'zlar ko'pincha probel bilan ajratilgani uchun, vergul o'rniga probel ham yozishimiz mumkin. Yoki qavs ichiga hech narsa yozilmasa, Split() metodi bu belgini probel deb tushunadi:
string str = "Hello! How are you?";
string[] myString = str.Split();
//output:
myString[0] = "Hello!"
myString[1] = "How"
myString[2] = "are"
myString[3] = "you?"