Array1: n natural soni berilgan. Dastlabki n ta toq sondan tashkil topgan massivni hosil qiling va elementlarini chiqaring. Array2



Yüklə 23,69 Kb.
səhifə3/14
tarix21.01.2023
ölçüsü23,69 Kb.
#79958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Array

Array19: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv oxirgi elementidan kichkina va dastlabki elementidan katta bo’lgan oxirgi element indeksini chiqaruvchi programma tuzilsin. Agar bunday element bo’lmasa, nol chiqarilsin. (a[0] < a[k] < a[n-1])
Array20: N ta elementdan tashkil topgan massiv va K, L butun sonlari berilgan. (0 <= K <= L < N). Massivning Kva L indekslari orasidagi elementlari yig’indisini chiqaruvchi programma tuzilsin.
Array21: N ta elementdan tashkil topgan massiv va K, L butun sonlari berilgan. (0 <= K <= L < N). Massivning K va L indekslari orasidagi elementlarining o’rta arifmetigini chiqaruvchi programma tuzilsin.
Array22: N ta elementdan tashkil topgan massiv va K, L butun sonlari berilgan. (0 <= K <= L < N). Massivning K va L indekslari orasidagi elementlaridan tashqari elementlari yig’indisini chiqaruvchi programma tuzilsin.
Array23: N ta elementdan tashkil topgan massiv va K, L butun sonlari berilgan. (0 <= K <= L < N). Massivning K va L indekslari orasidagi elementlaridan tashqari elementlarining o’rta arifmetigini chiqaruvchi programma tuzilsin.
Array24: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari arifmetik progressiyani tashkil qilsa, ayirmani aks holda nolni chiqaruvchi programma tuzilsin.
Array25: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari geometrik progressiyani tashkil qilsa, maxrajni aks holda nolni chiqaruvchi programma tuzilsin.
Array26:. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massivda juft va toq elementlar ketma – ket kelishini tekshiruvchi programma tuzilsin. Ketma - ketlik bajarilsa nol chiqarilsin. Aks holda ketma - ketlikni buzgan birinchi element indeksi chiqarilsin.
Array27: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massivda musbat va manfiy qiymatlar ketma - ket kelishini tekshiruvchi programma tuzilsin. Ketma - ketlik bajarilsa nol chiqarilsin. Aks holda ketma - ketlikni buzgan birinchi element indeksi chiqarilsin.
Array28: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv juft indeksli elementlari orasidan kichigini aniqlovchi programma tuzilsin. min(a0, a2, a4,...)
Array29: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv toq indeksli elementlari orasidan kattasini aniqlovchi programma tuzilsin. max(a1, a3, a5,...)
Array30: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasida, o’ng qo’shnisidan katta bo’lgan elementlari ning indeksini o’sish tartibida chiqaruvchi va ularning sonini chiqaruvchi programma tuzilsin.
Array31: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasida, chap qo’shnisidan katta bo’lgan elementlarining indeksini kamayish tartibida chiqaruvchi va ularning sonini chiqaruvchi programma tuzilsin.
Array32: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasidan birinchi uchragan lokal minimum elementi indeksini chiqaruvchi programma tuzilsin. Lokal minimum - o’ng va chap qo’shinisidan kichik bo’lgan element.
Array33: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasidan oxirgi lokal maksimum elementi indeksini chiqaruvchi programma tuzilsin. Lokal maksimum - o’ng va chap qo’shinisidan katta bo’lgan element.
Array34: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv lokal minimumlari orasidan kattasini chiqaruvchi programma tuzilsin. Lokal minimum - array32 masalada berilgan.
Array35: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv lokal maksimumlari orasidan kichigini chiqaruvchi programma tuzilsin. Lokal maksimum – Array33 masalada berilgan.
Array36: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massivning lokal minimum yoki lokal maksimum bo’lmagan elementlari orasidan kattasini chiqaruvchi programma tuzilsin. Agar bunday element bo’lmasa nol chiqarilsin. (Array32, Array33 masalalarga qarang)

Yüklə 23,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin