Array48: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massivda eng ko’p qatnashgan bir xil qiymatli element sonini chiqaruvchi programma tuzilsin.
Array49: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Agar massiv 1 dan n gacha bo’lgan sonlarning o’rin almashtirilishidan hosil bo’lgan bo’lsa, nol chiqarilsin. Aks holda birinchi uchragan nojoiz kiritilgan element indeksini chiqaruvchi programma tuzilsin.
Array50: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasidan o’ng qo’shnisidan katta bo’lganlar sonini chiqaruvchi programma tuzilsin.
3. Bir nechta massiv bilan ishlash Array51: n ta elementdan tashkil topgan a va b massiv berilgan. a va b massiv qiymatlarini almashtiruvchi va ekranga oldin a massivni keyin b massivni chiqaruvchi programma tuzilsin.
Array52: n ta elementdan tashkil topgan a massiv berilgan. b massivni hosil qiling. Agar a[i] < 5 bo’lsa,
b[i] = 2 * a[i]; aks holda b[i] = a[i]/2;
Array53: n ta elementdan tashkil topgan a va b massiv berilgan. с massivni hosil qiling. c[i] = max (a[i], b[i]), ya’ni с massiv elementi a va b massiv elementlaridan kattasini qabul qilsin.
Array54: n ta elementdan iborat butun sonlardan tashkil topgan a massiv berilgan. a massivning juft elementlaridan tashkil topgan b massivini hosil qiling. b massiv elementlari soni va elementlari chiqarilsin.
Array55: n ta butun sonlardan iborat a massiv berilgan (n <= 15). a massivining toq indeksdagi elementlaridan b massivni hosil qiling (a1, a3, ...). b massiv elementlari soni va elementlarini chiqaruvchi programma tuzing. Shart operatori ishlatilmasin.
Array56: n ta butun sonlardan iborat a massiv berilgan (n <= 15). a massivining 3 ga karrali indeksdagi elementlaridan b massivni hosil qiling (аЗ, аб, ...). b massiv elementlari soni va elementlarini chiqaruvchi programma tuzing. Shart operatori ishlatilmasin.
Array57: n ta butun sonlardan iborat a massiv berilgan. b massivni hosil qiling. b massiv oldin a massivining juft indeksdagi elementlarini, keyin toq indeksdagi elementlarini o’zlashtirsin (a0, a2, a4, a6 ..., a1, a3,...). b massiv elementlarini chiqaruvchi programma tuzing. Shart operatori ishlatilmasin.