Қarshi muҳandislik-iқtisodiyot instituti “Axborot texnologiyalari va matematik modellashtirish” kafedrasi assistenti J



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə104/112
tarix02.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#171162
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   112
arshi mu andislik-i tisodiyot instituti “Axborot texnologiyalar

Lokal kompyuter tarmog’i
Xududiy taqsimlanishi jixatidan kompyuter tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin.
1. Lokal tarmoqlar (LAN–Local Area Network), bir korxona, muassaning bir yoki bir nechta yaqin binolardagi ob‘ektlarni boglaydi. Lokal tarmoqdagi kompyuterlar orasidagi masofa uncha katta emas, agar radiokanal aloqasidan foydalansa 20 kmni tashkil qiladi.
Lokal tarmoqda kompyuterlarni birlashtiruvchi sim (kabel) sifatida kalin koaksil, ingichka koaksil, juft-juft qilib uralgan (toking Ring «vitaya para») optik tukima (tola) simlari ishlatilishi mumkin.
Kompyuter tarmog’i maxsus operatsion tizim boshqaruvida ishlaydi. Hozir ko’p ishlatilayotgan Windows-95 operatsion tizim tarkibida lokal tarmoqda ishlash imkonini beruvchi dasturlar mavjud.
Lokal kompyuter tarmoqlari boshqa kompyuter tarmoqlari turlaridan quydagi xususiyatlari bilan farq qiladi:

  1. Uzining o’lchamlari ;

  2. Axborot almashish texnologiyasi bilan;

  3. Topologiyasi (tuzilishi) bilan

Lokal kompyuter tarmog’ining o’lchamlari uncha katta bulmaganligi sababli, ular o’ziga xos dizayniga ega bo’lishi mumkin. Ko’p hollarda ular bitta kabeldan tashkil topgan axborot tashish texnologiyasiga ega bo’ladi. Lokal kompyuter tarmog’ining axborot uzatish tezligi 10 Mb/sek dan 100 Mb/sekgacha bo’ladi.
Lokal kompyuter tarmog’ining topologiyasi ko’p hollarda quydagi ikki ko’rinishga ega bo’ladi: to’g’ri Chiziqli topologiya va aylana ko’rinishli topologiya. Bunday bir topologiyada istalgan kompyuter ishlab turgan bo’lishi mumkin, hozirgi ongda ishlab turgan, ya‘ni tarmoqqa axborot jo’natayotgan kompyuter мастер deyiladi.
Macter ishini kolgan kompyuterlar kutib turadi. Shuning uchun 2 ta kompyuter bir vaqtning uzida axborot jo’natish xollarini bartaraf etish rejimi statsionar va dinamik rejim bo’lishi mumkin. Axborot jo’natish mexanizimi markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan bo’lishi mumkin. Har qanday kompyuter tarmog’idan foydalanishning shu tarmoqqa xos koidalari, ya‘ni protokollari ishlab chiqilgan.
2. Shahar miqyosidagi kompyuter tarmoqlari (Metropolitian Area Networks MANs).
Shahar miqyosidagi kompyuter tarmoqlari umuman olganda Lokal kompyuter tarmoqlariga uxshash bo’lib, ishlash texnologiyasi deyarli bir xil.
Odatda MANlarga kushni ofeslar birlashtiriladi. Yoki shahar miqyosidagi korxonalar ofislari birlashtiriladi. MANlar xususiy tarmoqlar bo’lishi mumkin. MANlarni Lokal televizion tarmoqlarga ham ulash mumkin. MANlarning alohida kategoriyalariga bo’linishi sabab shundaki, ular uchun xalqaro standartlar ishlab chiqilgan. Bu standartning nomi DQDB (Distributed Queue Dual Bus)-tarkatilgan navbat ikkilangan kanal, magistral. DQDB –standarti bo’yicha kompyuterlarni tarmoqqa ulash sxemasi quydagicha bo’ladi. Bu sxema 2 ta bir xil magistrantdan iborat bo’lib, bularga tarmoqqa kiradigan kompyuterlar kiradi. Har bir magistral axborotlarni jo’natish kurilmasiga ega bo’ladi. Bu kurilma head–end (boshi-oxiri) deyiladi.
Har bir kompyuterdan bu kompyuter ung tomonga joylashgan kompyuterlarga axborot jo’natish uchun yuqori magistaldan foydalanishga to’g’ri keladi. Chap tomondagi kompyuterlarga ma‘lumot yuborish uchun esa quyi magistraldan foydalanish kerak.
MANlarni asosiy xususiyati shundan iboratki, axborotlarni keng ko’lamda tarkatish imkoniyatlari bor, bu kompyuter tarmog’i o’ziga xos dizaynerga ega bo’ladi. MANlarni topologiyasi regulyar (to’g’ri) sxemada bo’ladi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin