Қarshi muҳandislik-iқtisodiyot instituti “Axborot texnologiyalari va matematik modellashtirish” kafedrasi assistenti J



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə106/112
tarix02.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#171162
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112
arshi mu andislik-i tisodiyot instituti “Axborot texnologiyalar

Nazorat savollari

  1. Kompyuter tarmog’i deb nimaga aytiladi?

  2. Kompyuter tarmoqlari bir-biridan nima bilan farqlanadi?

  3. Lokal kompyuter tarmog’i deganda nimani tushinasiz?

  4. Shahar miqyosidagi kompyuter tarmog’i deganda nimani tushinasiz?

  5. Keng zonali (global) kompyuter tarmog’i deganda nimani tushinasiz?

  6. Bu tarmoqlarning topologiyalari qanday bo’ladi ?

  7. Router nima vazifani bajaradi?

  8. Subnetning vazifasi nimadan iborat?

  9. Ikki nuqtali model deb qanday modelga aytiladi?


Mavzu: Internet global kompyuter tarmog’i. Elektron pochta. INTERNET EXPLORER dasturi




Reja:

  1. Internet tarixi

  2. Internetning information va kommunikatsion funktsiyalari

  3. Internet Explorer dasturi bilan tanishish

Tayanch iboralar: Internet, TCP/IP, World Wide Web, HTML, Virtual, giper bog’lanish, To’g’ridan-to’g’ri ulanish, SLIP va PPP, ”Chaqiruv” bo’yicha ulanish


Internet tarixi.
Internet bu XX asrda kashf etilgan telekommunitsion va kompyuter tarmoqlar majmuidir. Uning tarixi 1960 yillaridagi Karib majorasidan sung, AQSHning ilmiy markazlaridan biri bo’lgan RAND CORPARATION korxonasi birinchi marta butun mamlakatni qamrab oladigan markazlashmangan kompyuter tarmog’ini yaratishni taqlif qilgandan boshlanadi. Bu loyihani amalaga oshirishdan Maqsad harbiy muassasalar, ilmiy va o’quv markazlari kompyuterlarni bir tarmoqqa birlashtirib, boshqarishni markazlashtirish edi. Maqsad yadro quroli xujumiga ham, tarmoqning bir necha qismi ishdan chikkan holda ham ishlash faoliyatini saqlab qoladigan tizimni yaratish edi. Bunday tizimni tarmoqlar soni ko’p bo’lgandagina amalga oshirish mumkin edi. Shunday qilib Internetga asos solindi.
1964- yili 4 tarmoqdan iborat AQSH ning eng nufuzli tekshirish institutlarida joylashgan ARPANET tarmog’i yaratildi. Boshida olimlarning tadqiqot ishlarida foydalanilgan tarmoq, keyinchalik ularning safsata sotishning sotishning kompyuterlashgan zanjiriga aylanadi. Ammo shunday tarmoq yaratishning o’zi katta muvaffaqiyat edi. 70-yillarda tarmoq ancha o’sdi. Endi tarmoqning tuzilishi unga xoxlagan kompyuterlarni ulash imkoniyatini berdi. Keyinchalik 1974-yilda tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP/IP protokoli tuzildi va tarmoqning rivojlanishiga turtki bo’ldi. Chunki tarmoqqa ixtiyoriy kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo’ldi. 1983-yilda ARPANET-INTERNET deb atala boshlandi va juda kuchli, bir-biri bilan bog’langan kompyuterlar va tarmoqlar to’plamidan iborat tizimsiga aylandi.
1980-yillar INTERNETning keskin o’sish davri bo’ldi. Kompyuterlarning markazlashmagan boshqarish tarmog’i bilan bog’lanish sxemasi butun dunyoga tarqaldi va chet el tarmoqlari tashkilotchilari AQSH tarmog’iga ulanishga rozi bulishdi. INTERNET ning butun dunyoni qamrab olishi quyidagi tarmoqlarning kushilishi hisobiga bo’ldi. NSFNET - AQSHning ilmiy-tadqiqot institutlarini, korporatsiya va xukumat idoralarini birlashtiruvchi tarmog. (1980 yil) EUNET (Europe Union Network) - Yevropaning UNIX operatsion sitemasida va UUCP hamda TCP/IP da ishlaydigan mashinalari tarmog’i. Markazi Amsterdam shaxrida. (1982 yil) EARN (European Academic Research Network)- Yevropaning o’quv, ilmiy-tekshirish va tadqiqot muassasalarining tarmog’i (1983 yil) JUNET - Yaponiyaning UNIX mashinalari tarmog’i (1984 yil) JANET - Buyo’q Britaniyaning birlashgan akademik tarmog’i (1984 yil)
Shulardan NSFNETни - Internet Blackbone yoki "internetning asosi" deb atashadi. Tashkil etilgan vaqtda 1980 yilda u 56 Kbit-s tezligida axborot uzata olish qobiliyatiga ega edi. 1988 yilda esa unin tezligi 1,544 Mbit-s oshdi. 1991-yili NSFNET tarmog’i takomillashtirildi va uzatish tezligi 44.736 Mbit-s ga yetdi.
Internetga ulangan kompyuterlar soni 1987 yilda 10 000 bo’lsa, 1989 yilda 100 000 taga yetdi, 1995 yilda esa 6,5 million deb hisoblangan. Hozirgi kunda esa dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida 100 milionlab kompyuterlar Internetga ulangan bo’lib, har oyda tarmoq abonentlar mikdori 7-10% ortib bormokda. Internet dagi kompyuterlar aksariyati AQSH da joylashgan.
90- yillar INTERNET da xizmat tarmoqlari tashkil kilingan davr bo’ldi. 1990 yili Bill Xilan, Elan Emtidj va Piter Deych ARCHIE dastursini ishlab chiqishdi. 1991 yili Bryuster Kaale WAIS dastursini tuzdi, Minnesota universitetida Pol Lindner va Mark Mak-Kayl tomonidan Gopher dastursi tuzildi. 1992 yilda Nevada shtati universitetida yaratilgan Veronica tizimsi ishga tushirildi va shu sababli tarmoqdagi kompyuterlar soni milliondan oshib ketadi.
Ammo Internet ning 90-yillardagi rivojlanishiga asosiy sabab World Wide Web (Butun Dunyo Tarmog’i) ning tuzilishi bo’ldi. Uni birinchi nusxasini 1990 yilining noyabrida CERN (Yevropa atomni tekshirish markazi) xodimi Tim Berns-Li yaratdi, lekin 1992 yilgachi ishga tushirilmadi. 1993 yilda NCSA (National Center for Supercomputer Applications, Superkompyuterli Hisoblash Milliy Markazi) tomonidan Mosaic dastursi ishlab chikarildi va shu yil oxiriga 200 ta WWW server ishga tushirilib WWW bo’yicha axborot okimi 1% ni tashkil qilgan.
Internet va WWW bir xil emas. Internet butun dunyo kompyuterlar tarmoqlarining to’plamini belgilaydi va turli xil kompyuter xizmatlarini ko’rsatadi. Bu - E-mail elektron pochta, Usenet telekonfirentsiyalari, FTP ma‘lumot fayillarini uzatish tizimsi, Telenet uzokdan terminalga kirish tizimsi, Gopher tizimsi va Butun Dunyo Tarmog’i- WWW. Demak WWW Internetning fakatgina bir qismidir. Lekin u juda tez rivojlanmoqda.
WWW - Internet ning ommabop xizmat turidir. Unga ulanish uchun kompyuter bilan modem yetarlidir. Shuning uchun Butun dunyo tarmog’i butun olam axborotlar ombori-kutubxonaga aylanib qoladi va u dunyoga yoyiladi. WWW da ma‘lumotlar sahifalarda joylashadi. WWW sahifalarning soni oxirgi 3 yilda yuz milliondan oshib ketdi. Bu sahifalarning egasi kim? Ular yirik korporatsiyalar yoki kichik korxonalar, universitet va maktablar, tashkilotlar, jurnal va ruznomalar yoki oddiy shaxslardir. Bu sahifalarda turli-tuman ma‘lumotlar joylanadi. Hozirgi kunda WWW axborot olishning va tarkalishning eng qulay usulidir. U unga kiruvchi va ulangan barcha kompyuterlarning o’zaro ma‘lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin