SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1467
ZAMONAVIY AVTOMOBILLARDA QO’LLANILADIGAN ACCELERATION
SLIP REGULATION TIZIMI TAHLILI
S. Xujamkulov
A. Abdubannopov
B. Botirov
Farg’ona politexnika instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada zamonaviy avtomobillarda qo’llaniladigan g’ildiraklarni
shataksirashiga qarshi acceleration slip regulation tizimining tuzilishi va uning ishlashi
to’g’risida fikr yuritilgan.
Tayanch so’zlar:
transport vositalari, texnik ekspluatatsiya, texnik holat,
ishonchlilik.
ANALYSIS OF ACCELERATION SLIP REGULATION SYSTEM USED IN
MODERN CARS
S. Khujamkulov
A. Abdubannopov
B. Botirov
Fergana Polytechnic Institute
ABSTRACT
In this work discusses the structure of the acceleration slip regulation system used
in modern cars and the principle of its operation.
Keywords:
transport vehicles, technical exploitation, technical condition,
reliability.
KIRISH
G’ildiraklarni shataksirashiga qarshi (ASR - Acceleration Slip Regulation) tizimi
avtomobil vaznini nazorat qilish (TCR – Traction Control Regulation) tizimi ham deb
yuritilib, avtomobillarda yo’nalish barqarorligini muvofiqlashtirish (ESP - Electronic
Stability Program) tizimining bir qismini tashkil etadi. Hamda bu tizim
avtomobillarning faol xavfsizligini ta’minlovchi tizimlar qatoriga kiradi. Avtomobilning
harakati davomida yo’l qoplamasi (silliq va yumshoq yuzalar ya’ni, muz, qor, suvli,
shag’alli, nam terilgan toshlar va past ishqalanishli yo’llar kabi) va gaz pedalini
haydovchi tomonidan qanday bosilishidan qat’iy nazar, yetakchi g’ildiraklarni
sirg’alishini ya’ni shataksirashini oldini olish uchun mo’ljallangan bir tizimdir. Bu tizim
ishlashi bilanoq yetakchi g’ildiraklarni aylanish tezligi rostlanishi hisobiga dvigatel
quvvatining ortiqcha sarflanishi kamayadi. Bu tizim o’zining maxsus elementlariga ega
bo’lib, avtomobilning har bir g’ildiragida g’ildirak sensorlari o’rnatilgan. Bu sensorlar
har bir g’ildiraklarning aylanishlar tezligi haqidagi axborotlarni tizimning elektron
Dostları ilə paylaş: |