Arslonquyruq, qirqmabarg, meksika bangidevonasi, teshikdalachoy, dorivor limono’t o’simliklari yetishtirish texnologiyasi



Yüklə 6,73 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü6,73 Kb.
#180025
Arslonquyruq, qirqmabarg, meksika bangidevonasi

  • Arslonquyruq, qirqmabarg, meksika bangidevonasi, teshikdalachoy, dorivor limono’t o’simliklari yetishtirish texnologiyasi
  • Reja:
  • 1. Qirqmabarg
  • 2. Meksika bangidevonasi
  • 3. Teshikdalachoy
  • 4. Dorivor limono’t
  • Besh bo’lakli arslonquyruq — Leonurus quinquelobatus Gilib.
  • (Leonurus villosus Desf.),
  • oddiy arslonquyruq — Leonurus cardiaca L.
  • turkiston arslonkuyruq — Leonurus turkestanicus v. Krecz. et Kupr.;
  • yasnotkadoshlar — Lamiaceae
  • (labguldoshlar — Labiate) oilasiga kiradi.
  • Ko’p yillik, bo’yi 50—150 (ba’zan 200) sm ga yetadigan o’t o’simlik. Poyasi bir nechta, to’rt qirrali, tik o’suvchi, shoxlangan. Bargi oddiy, panjasimon besh bo’lakli, yuqoridagilari uch bo’lakli bo’lib, poyada bandi bilan qarama-qarshi joylashgan.
  • Arslonquyruq o’simligini o’stirish texnologiyasi
  • Arslonquyruq yog’ochlangan ildizpoyali, ildiz tizimi yuza, ya’ni tuproqning 20 sm qatlamida tarqalgan ko’p yillik o’tsimon o’simlik bo’lganligi uchun uni kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin.
  • Qirqmabarg (dorivor) moychechak (gazako’t) — Chamomilla Recutita (L.) Rascheri (Matricaria Recutita L.);
  • xushbo’y (yashil) moychechak
  • astradoshlar — Asteraceae
  • (murakkabguldoshlar — Compositae) oilasiga kiradi.
  • Dorivor moychechak bo’yi 15—40 smga yetadigan bir yillik o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, sershox, ichi kovak. Bargi ikki marta patsimon ajralgan, segmentlari ingichka chiziqsimon, o’tkir uchli.
  • Moychechak gulidan (savatchalardan) damlama tayyorlanadi. Savatchalar me’da kasalliklarida, tomoq chayqashda ishlatiladigan va yumshatuvchi yig’malar — choylar tarkibiga ham kiradi
  • Moychechak yorug’ sevar, nam sevar va uni unumdor yerlarda o’stirish maqsadga muvofiqdir. Shu sababli avvalo urug’larni sepishdan oldin har gektar yerga 20—25 tonnadan mahalliy o’g’it (go’ng) va superfosfat solib, tuproq 25—30 sm chuqurlikda haydaladi. O’simlik o’sishi va rivojlanishi uchun tuproqda mineral moddalar yetarli bo’lishi kerak.
  • Moychechak o’simligini o’stirish texnologiyasi
  • Meksika bangidevonasi — Datura innoxia Mill.;
  • ituzumdoshlar — Solanaceae oilasiga kiradi
  • Ko’p yillik (o’stiriladigani bir yillik), bo’yi 60—150 smga yetadigan o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, yashilroq yoki qizg’ish-binafsha rangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Meksika bangidevonasi iyul-oktabr oylarida gullaydi, mevasi avgust oyidan boshlab pishadi.
  • O’simlikning hamma qismi zaharli.
  • Bangidevona o’simligini o’stirish texnologiyasi
  • Bangidevona o’simligini O’zbekistonning namgarchilik yetarli mintaqalarida tarqalgan. Bangidevonani o’sib chiqqan yosh nihollari begona o’tlarga unchalik bardosh berolmasligi sababli tezlik bilan qator oralariga ishlov berilishni kerak.
  • Teshik dalachoy — Hypericum Perforatum L.
  • Dog’li (to’rtqirrali) dalachoy — Hypericum maculatum Crantz.
  • (Hypericum quadrangulum L.);
  • dalachoydoshlar —Hypericaceae oilasiga kiradi
  • Dalachoy turlari ko’p yillik, bo’yi 30—100 sm ga yetadigan o’t o’simlik. Ildizpoyasi va ildizi sershox. Poyasi bir nechta, tik o’suvchi, silliq, tuksiz, qirrali bo’lib, yuqori qismi qarama-qarshi shoxlangan. Iyun-avgust oylarida gullaydi.
  • Teshik dalachoyni o’stirish texnologiyasi
  • Teshik dalachoy ko’p yillik o’t o’simligi bo’lib, asosan urug’idan ko’paytiriladi. O’simlikni ekishdan oldin yerni kuzda 25—28 sm qilib haydaladi. Haydashdan oldin gektariga 20—25 tonna go’ng va 50 kg dan superfosfat o’g’iti beriladi.
  • Dorivor limono’t — Melissa Officinalis L.
  • yasnotkadoshlar — Lamiaceae
  • (labguldoshlar — Labiatae) oilasiga kiradi
  • Ko’p yillik, sertukli, 30—60 sm balandlikdagi o’t o‘simlik. Poyasi bitta yoki ko’p, qarama-qarshi shoxlangan. Barglari tuxumsimon, bir oz o’tkir uchli, ser tukli (ustki tomonidan), arrasimon qirrali bo’lib, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida qarama-qarshi o’rnashgan. Iyun-avgustda gullaydi, mevasi iyul-avgustda yetiladi.
  • Dorivor limono’t o’simligini o’stirish texnologiyasi
  • Dorivor limono’t o‘simligini O’zbekistonning barcha tuproq-iqlim sharoitida ekib o’stirish mumkin. O’simlikdan yuqori hosil yig’ib olish uchun unga sho’rlanmagan, mexanik tarkibi o’rtacha, unumdor, dukkakli va g’allasimon ekinlardan bo’shagan yerlarni tanlash tavsiya etiladi.
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
  •  
  • 1. Agroximiya (Pod red. B. A. Yagodina). Moskva, 1982.
  • 2.Voprosi agrotexniki vozdelivaniya lekarstvennix kultur. Chast Moskva, 1978.
  • 3. Spravochnik po lekarstvennim kulturam. Voronej, 1963.
  • 4. Xolmatov X. X., A. I. Qosimov ruscha-latincha-o’zbekcha dorivor o’simliklar lug’ati, Toshkent, 1992.
  • 5. Xolmatov X. X., Ahmedov O‘. A. “Farmakognoziya”, Toshkent, 2007 y.

Yüklə 6,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin