Art-terapiyaning qisqacha tarixi



Yüklə 22,22 Kb.
səhifə2/3
tarix08.06.2023
ölçüsü22,22 Kb.
#126622
1   2   3
1-mavzu Art agressorlar

Demak, shubhasiz, filmlar inson ruhiyati va ongiga kuchli ta'sir qiladi. Bu ta'sirni aqliy faoliyatimizning barcha uch darajasida kuzatish mumkin.
Keling, ularni batafsil tahlil qilaylik. Ong, ong osti, ongsizlik - bu uch daraja bir-biriga bog'langan va bir-biriga ta'sir qiladi. Masalan, ongsilik (shartsiz refleks) printsip deyarli barcha aqliy jarayonlarga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Ongsizlik - bu insonning xulq-atvoriga,xatti-harakatiga ta'sir qiladigan, lekin u anglanmasdan sodir bo’ladigan hodisalar. Har birimizda anglanmagan xotira, anglanmagan fikrlash, anglanmagan hislar va boshqalar mavjud. Bu tug'ma bo’lib fan tilida instinkt shartsiz-refleks deyiladi. Ya’ni, bular inson anglamaydigan, lekin uning harakatlarida namoyon bo‘ladigan sifatlar, ehtiyojlardir. Bunga misol qilib muvozanat hissi, mushak sezgilari, shuningdek, asab tizimining ko'rish va eshitish markazlarida ixtiyoriy refleksiv reaktsiyalarni keltirib chiqaradi.Aqliy faoliyatning ongsiz darajasi - bu shaxsning tajribasida avtomatlashtirilgan uning xatti-harakatlarining umumlashtirilgan stereotiplari (ko'nikmalar, odatlar, sezgi). Bu yerda insonning ongsiz intilishlari, uning mayllari, ehtiroslari, qarashlari shakllanadi. Bu erda shaxs o'z faoliyatini tartibga solishda foydalanadigan refleksiv xatti-harakatlar to'plami shakllanadi.Ongning bu darajasida insonda shakllanib bo’lgan xatti harakatlar ya’ni odatlar bo’ladi.
Ong to'g'ridan-to'g'ri oldingi 2 darajaga bog'liq. Shunday qilib, shaxsning tashqi muhitga moslashishi uchta turdagi xatti-harakatlar dasturlari bilan amalga oshiriladi:
1. evolyutsion shakllangan ongsiz-instinktiv(shartsiz reflex);
2. ong osti darajasidagi, subyektiv-emotsional;
3. ongli, ixtiyoriy, mantiqiy-semantik dasturlar.

Endi kino va ularning psixologik holatimizga ta'siriga qaytaylik. U QANDAY ISHLAYDI? Misol uchun, bir kishi zo'ravonlik sahnalari namoyon qilingan qo’rqichili yoki jangovar filmni tomosha qildi.Bunda aniq aytish mumkinki u ong orqali butun aggressiya bilan to’yinib ong osti darajasiga bu aggressiyani o’tkazadi.
Va kun davomida atrofdagi odamlarga, hayvonlarga nisbatan ongsiz darajada agressiv munosabat ko'rsatishi mumkin va bunday filmlarni tez-tez ko'rish agressiyani ong ostiga butunlay singib insonning hayotiga bevosita ta'sir qiladi.U inson atrofdagi insonlarga agressiv munosabat bildirgani uchun ham atrofda ham huddi shunday javob oladi va hayotida ham tajovuzkor xatti-harakatlarga undaydigan voqealar sodir bo'ladi.
Huddi shunday,ijobiy kayfiyatdagi filmlar inson ruhiyatiga va emotsiyalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Hattoki psixoterapiyaning shunday turlari borki (kinoterapiya) unda insonga filmlar ko’rsatish va ularni muhokama qilish orqali insonning psixikasiga ta’sir o’tkaziladi.
Shuning uchun imkon qadar agressiya,tajovuzkor sahnalar aks etgan filmlarni ko’rmang e’tiboringizni komediya,ijobiy sahnalar,yashashga,bunyodkorlikka,yaratuvchanlikka undaydigan filmlarni tomosha qilishga qaysiki sizni pozitiv kayfiyatga to’ldiradigan,o’zingizda yoqimli energiyani his qilishga va atrofdagilarga yaxshilik ulashishga sabab bo’ladigan filmlarni tomosha qiling.Juda ko’p insonlar filmlarni ma’daniy hordiq olish uchun tomosha qilishadi aslida esa unday emas.
Filmlar bizni tanamiz va ongimizga ta’sir ko’rsatadi..
(Filmlarni ko’p qismi g’oyalarni hissiyotlar orqali bildiradi,ular instinktlarni neytallaydi,hissiyotlarni bosishga va aksincha hissiyotlarni qo’zg’atadi.)deydi Birdjit Volts filmlardan terapiya sifatida foydalanadigan psixolog.His tuyg’ularni qo’zg’atadigan filmlarni tomosha qilish yopiq eshiklarni ochishi mumkin.Shuning uchun film tomosha qilishdan oldin u sizning tanangizga va ruhiyatingizga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida o’ylab ko’ring.
KOMEDIYALAR
Kulgu muammolardan biroz chalg’ishga va umumiy holatingizni yaxshilashga yordam beradi.
Hammasi ENDORFIN baxt garmoniga bog’liq qaysiki kulishimizga sabab bo’ladigan.U bizni qayg’u va g’azabdan halos bo’lishimizga sabab bo’ladi.Ko’p tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki kulgu immun sistema faoliyatini yaxshilanishiga sabab bo’lar ekan.U bizni virus va bakteriyalardan himoya qiladigan antitelolar ishlab chiqarishga va tanamizda yallig’lanishga hattoki o’smalarga qarshi kurashadigan leykositlar ishlab chiqarishga sabab bo’ladi.Yaqinda yapon olimlari o’tkazgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra kulgu allergiyaga qarshi qo’llaniladigan juda kuchli preparatlardan kam bo’lmagan ta’sirni ko’rsatadi.Eksperimentda 30 nafar ayolda tajriba o’tkazilgan va ularning bir qismiga komediya janridagi film qo’yib berilgan qolgan ayollarga esa agressiv holatlar haqida gapirib berilgan.Natijada komediya ko’rgan ayollarda allergiya kamaya boshlagan (ba’zilarida hattoki izlari ham yo’qolib ketgan).Agressiya haqida gapirilgan ayollarni holati yanada yomonlashgan.
Merilendda universiteti olimlari tomonidan aniqlandiki komik janrdagi filmlarni tomosha qilish natijasida qon tomirlar 22% kengayr ekan.Bundan xulosa qilib aytish mumkinki qachonki biz film tomosha qilib kulganimizda qon bosimimiz tushadi huddi fizik mashg’ulotlar bajargandek.Shuning uchun 15 minutlik komediya ko’rish jarayonida sizning yuragingiz turli pristuplardan himoyalangan bo’ladi.
Hamda kuchli havotir paytida kulgu hotirjamlikka erishishingizga katta yordam beradi.Agar siz samolyotda uchishga qo’rqsangiz keying safar smartfoningizga komediya janridagi filmlarni yozib oling, bu sizni qo’rquvingizni kamayishiga sabab bo’ladi.
Daxshatli filmlar
Daxshatli filmlarni tomosha qilishni yaxshi ko’radigan insonlar ekstremallik bilan ko’p o’xshashliklarga ega bo’lishadi,qaysiki o’zining hayotini parashutdan sakrash,yuqori cho’qilarga chiqish va tog’dan katta tezlikda chang’ida tushishsiz tassavur qila olishmaydi.Bunday filmlarni tomosha qilish hayotda qila olmaydigan ishlarni his qilishiga imkon beradi.Qo’rqinchili filmlarni tomosha qilish organizmga ximik moddalarni ya’ni yurak urishini tezlashtiradigan,qon bosimini oshiradigan va ter ajralishini kuchaytiradigan moddalarni chiqaradi.
Rokfeller universiteti professori neyro endokrinolog Bryus Makivenni so’zlariga ko’ra bunda filmlarning salbiy taraflari ham bo’lib ular siz oldin boshingizdan kechirgan travmatik holatlarni eslatib qayta emotsiyalarni uyg’otishi mumkin.Agar siz tomosha qilmoqchi bo’lgan filmda siz his qilishni hohlamagan tuyg’ularni his qilishingiza sabab bo’lishi mumkin bo’lgan sahnalar bo’lsa ularni tomosha qilmaganingiz maqul.
3D filmlar
Ko’plab ma’lumotlar bu farmatdagi filmlar tez o’limga sabab bo’lishini aytishayotgan bo’lishsa ham reytinglar tobora ularga bo’lgan talabning yuqorilab borayotganini ko’rsatmoqda. Berkli Kaliforniya universiteti oftalmologi Martin Benksning ta'kidlashicha, kino ekranida stereo tasvirni ko'rish turli xil idrok etish muammolarini keltirib chiqaradi. 3D tasvirni qabul qilish miya yarim korteksiga qo'shimcha yuk olib keladi, shuning uchun ruhiyatida ayrim muammolarga ega bo'lgan odamlarda buzilishlar paydo bo'lishi va kasalliklarni kuchaytirishi mumkin. Ko'pgina 3D video tomosha qiluvchilar ham kuchli bosh aylanishi,quvvatsizlik va bosh og'rig'idan shikoyat qiladilar.3D filmlarni tomosha qiluvchilarning 33 foizi filmlarni hech qanday nojo‘ya muammosiz qabul qiladi. Shu bilan birga, 27% biroz noqulaylik his qiladi; 22% da umumiy holati yomonlashadi; 7% bosh og'rig'ini his qiladi; 11% boshqa simptomlarni his qilishadi.3D filmlarni tomosha qilish jarayonida bizning miyamiz turli taraflardan ya’ni ekranda bo’layotgan nurni ko’zimiz qabul qilishi bilan birgalikda biz film qahramonlari bilan birgalikda jarayonlarni his qilamiz.Mutahassislarning fikricha agar sizning bir ko’zingizda ko’rish muammosi bo’lsa 3D filmlarni tomosha qilish tavsiya etilmaydi.Bunday holatlarda sizda bosh aylanish holati aniq kuzatiladi.
Filmlardagi qo'pol sahnalar insondagi agressiyaga sabab bo'ladi
natijada miyamizning agressiyaga javob beradigan qismi
aktivlashadi.Tadqiqotlar natijasiga ko'ra agressiv filmlarni tomosha
qilgandan so'ng insonlarda juda ko'p agressiv so'zlarni ishlatish
kuzatilgan.Demak film ko'rish mobaynida aynan miyaning
agressiyaga oid qismi juda ko'p qo'zg'algan.
Kitoblar ro’yhati

Yüklə 22,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin