Art-terapiyaning qisqacha tarixi



Yüklə 22,22 Kb.
səhifə1/3
tarix08.06.2023
ölçüsü22,22 Kb.
#126622
  1   2   3
1-mavzu Art agressorlar


Art-terapiyaning qisqacha tarixi.
Art-terapiyaning qisqacha tarixi "Art terapiya" atamasi (so'zma-so'z: art terapiya-ijod orqali davolash) Adrian Xill (1938) tomonidan sanatoriylarda bemorlarni davolashda qo’llagan. Bu trerapiya kasalxonalar va ruhiy salomatlik markazlarida o'tkazilgan. Bu yo'nalish birinchi navbatda vizual va ijodiy faoliyatga asoslangan davolash turi hisoblanadi. Art-terapiya yo’nalishi hozirgi vaqtda turli mutaxassislar (psixologlar, shifokorlar, o'qituvchilar, ijtimoiy o'qituvchilar, rassomlar) tomonidan turli masalalarni hal qilishda qo'llaniladi.
Art-terapiya ta'sirining asosiy mexanizmlari:
1.Hayotidagi qiyin vaziyatlarni mijozning ijodiy qobiliyatlari asosida uning yechimini topishga imkon beradi.
2. Ikkinchi mexanizm estetik reaksiyaning tabiati bilan bog'liq bo'lib, bu ta'sirning natijasida "og'riqni - zavqlanishga" o'zgartirishga imkon beradi (L. S. Vygotskiy, 1987).

Art-terapiyaning maqsadlari:
1. Agressivlik va boshqa salbiy his-tuyg'ularni hal qilish imkoniyati (chizmalar, rasmlar, haykallar ustida ishlash orqali)
2. Davolash jarayonini osonlashtirish. Ko'pincha ongsiz ichki nizolarni og'zaki ifodalashdan ko'ra tasvirlar yordamida ifodalash osonroqdir.
3. Interpretatsiya va diagnostika uchun material olish.Insonning qanday ijod qilganiga qarab uning ichki holatini tushunish imkonini beradi.
4. Inson ichiga yutishga odatlangan fikr va his-tuyg'ulari bilan ishlash imkonini beradi. Ba'zida og'zaki bo'lmagan vositalar kuchli his-tuyg'ular va tushunchalarni ifodalash va tushuntirishning yagona usuli hisoblanadi.
5.Icki holat muvozanatini rivojlantirish imkoniyati.Rasm va chizmalar va turli ranglar orqali bu holatga erishishning onsonligi.
6.Inson o’z his-tuyg’ulariga diqqatini jamlay olishi.Ijod bilan shug’ullanish jarayonida insonda kinetik va ko’rish orqali qabul qilinayotgan ma’lumotlar orqali sezgini rivojlantirishning onsonligi.

7.ijod qilish orqali inson o’zining yashirin qobiliyatlarini ham ochish imkoniyatini beradi.
Art terapiyaning 3 xil formasi mavjud.
-Aktiv
-Passiv
-Aralash
Art terapiyaning funksiyalari
1.Tozalash-negativ holatlardan halos bo’lish imkoniyatini beradi.
2.Regulyativ-nerv va psixologik toliqishni ijobiy psixoemotsional holatga o’tkazish.
3.Kommunikativ-refleksiv-ichki holati hotirjamligi,o’ziga bo’lgan ishonchni adekvat holatda bo’lishiga sabab bo’ladi.
Art terapiya turlari
-musiqaterapiya
-ertakterapiya
-qum terapiyasi
-metaforik terapiya
-fototerapiya
-mandaloterapiya
-glinoterapiya
-maskoterapiya
-izoterapiya
-rangterapiyasi
-kitob terapiyasi
-o’yin terapiya
-teatr terapiya
-akva terapiya
-to’qima terapiya
-so’zlashishdagi kreativlik.

Art agressorlar
Art agressor so’zining ma’nosi- ijod orqali zaharlanish.Bularga kitoblar,musiqa,klip,filmlar va barcha ijod mahsulari kiradi.
Filmlar inson ruhiyatiga qanday ta'sir qiladi
Hammamizga ma'lum bir darajada filmlar o’z ta'sirini ko’rsatadi. Ular bizning kayfiyatimizni o'zgartirishi, his-tuyg'ularimizga, ba'zan xatti-harakatlarimizga ta'sir qilishi mumkin. Bolalarga filmlar kuchliroq ta'sir qiladi, ko'pincha ular kino qahramonlarining harakatlariga taqlid qilishadi, chunki ular hali etarli hayotiy tajribaga ega emaslar. Shuning uchun, bolalar ko’radigan filmni tanlashga
juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak.
Kattalar ham filmlarda bo'layotgan voqealardan kuchli ta,sirlanishadi Tan oling,ba'zi filmlar shunchalik o'ziga qaram qilib qo’yadiki, uni tomosha qilish jarayonida bizni hech narsa chalg'itolmaydi. Biz uning syujetiga shunchalik sho'ng'ib ketamizki, qahramonlarga hamdard bo'lamiz,birga kulamiz, yig'laymiz, filmda sodir bo'layotgan voqealarning baxtli yakun topishini kutamiz.
Umuman olganda, biz turli xil his-tuyg'ularni his qilamiz.Va filmni tomosha qilgandan so'ng, ko'pincha bizni kun bo'yi tark etmaydigan og’irlikni his qilamiz.
Filmlardagi qo'pol sahnalar insondagi agressiyaga sabab bo'ladi natijada miyamizning agressiyaga javob beradigan qismi aktivlashadi.Tadqiqotlar natijasiga ko'ra agressiv filmlarni tomosha qilgandan so'ng insonlarda juda ko'p agressiv so'zlarni ishlatish kuzatilgan.Demak film ko'rish mobaynida aynan miyaning agressiyaga oid qismi juda ko'p qo'zg'algan.
Biz ko'rgan voqealarimizni tahlil qilamiz va ba'zida qahramonning xatti-harakatlarini hayotimizda takrorlaymiz.

Yüklə 22,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin