Kasbiy motiv va motivatsiya. Reja: Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar



Yüklə 21,61 Kb.
tarix18.09.2023
ölçüsü21,61 Kb.
#144896
Kasbiy motiv va motivatsiya


Kasbiy motiv va motivatsiya.
Reja:
1.Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar.
2.O’quv faoliyati va kasb motivatsiyasi.
3.O’quv faoliyati motivlari to’g’risida mulohazalar.


O’quv mashg`ulotining maqsadi: kasbga yo’naltirish tushunchasining mazmun, mohiyati, kasbga yo’naltirish sohasidagi me`yoriy-huquqiy asoslarini ta`minlash, O’zbekiston respublikasida aholini kasbga yo’naltirish va kasb tanlash muammolari, kasb tanlash jarayonida psixologik qo’llab-quvvatlash haqidagi bilim, ko’nikma, malakalarini shakllantirish Kalit so’zlar: Kasb faoliyat, Kasbiy psixologiya, Ontogenez, Kibernetika, Genetik metodga, Tadqiqot ietodi haqida tushuncha. Tashkiliy metodlar guruhi. Kuzatish. Eksperiment. Sotsiometriya. So‘rovlar. Empirik metodlar. Suhbat. Anketa. Test metodi. Ma’lumotlarni qayta ishlash, izohlash 1-savol bayoni Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini qanday tutishi, egallagan mavqyiham sababsiz, o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulqatvorini tushuntirish uchun psixologiyada “motiv” va “motivasiya” tushunchalari ishlatiladi. “Motivasiya” tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivasiya – inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi, ya’ni: “nega?”, “nima uchun?”, “nima maqsadda?”, “qanday manfaat yo’lida?” degan savollarga javob qidirish – motivasiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivasion tasnifini yoritishga olib keladi. Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar); tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir. Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarishodatda shaxsiy dispozisiyalar ham deb ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo’ladiki, shaxs o’zi amalga oshirgan ishi yoki o’zidagi o’zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning xaqiqiy sababini o’zi tushunib yetmaydi, “Nega?” degan savolga “O’zim ham bilmay qoldim, bilmayman”, deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozisiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo’ladi, ya’ni, dispozisiya anglangan, ongli hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan motiv – konkrketroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu hulq –atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir dam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo‘ladi. Shunisi ajablanarliki, o‘sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo‘ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o‘ziga ham o‘zidagi holat, kayfiyatga bog‘liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo‘larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real haarakatlarini o‘sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaktsiyalari sifatida qaramay, balki unda shunga o‘xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik – dizpotsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu ma’noda shaxs hulqining motivatsiya turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar hattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’siri shakllanadigan sabablar kompleksini o‘z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygohlarida: «Materiallarning qarshiligi» nomli kurs bor deylik. Shu kursni o‘zlashtirish va unday sinovdan o‘tish ko‘pchilikka osonlikcha ro‘y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq yosh talabalarga shu kurs va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o‘qituvchi o‘ta talabchan, qattiqqo‘l va hokazo degan. Bunday motivatsiya mana necha avlod talabalari boshdan kechirayotgan holat. Endi konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o‘z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo‘q va u qachon shu semetr tugashini kutib harakat qiladi. Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq tarzda hulq motivlari namoyon bo‘ladi. Misol uchun talabaning o‘quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog‘cha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o‘quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart-sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o‘zi, bola uchun motiv o‘rnini bosadi. Yana bir oddiy misol qo‘lingizda kitob bor. Siz holi uni o‘qishni boshlamadingiz. Lekin o‘qish istagi bor, bu istakning ortida esa o‘sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish ehtiyoji turadi. Rus olimi R.Nemov. shaxsdagi motivatsion soxasi qo‘yidvagicha tasavvur qiladi. 2-savol bayoni Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1. Biologik ehtiyojlar- bu –fiziologik (tashnalik, ochlik, iyqu), jinsiy moslashuv, ehtiyojlari. 2. Ijtimoiy ehtiyojlar- bu – mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy –ma’naviy ehtiyojlar. Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‘lganimiz bilan shu narsani ununmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni, ular o‘sha jamiyat va mohiyatdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar harakteriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan bizning yemishga, ovqatga bo‘lgan ehtiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. yana misol uchun, to‘y marosimlari yoki juda tukin dasturxon atrofida o‘tirgan odam nima uchun shunchalik ko‘p ovqat iste‘mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo‘yni yoki paxta dalasidagi xashar bo‘lsa-chi, bir turda issiq non ham butun tanaga rohat baxsh etuvchi malham bo‘lib, ochlinni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o‘rgangan kishi oz-oz yeyishga o‘rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o‘rgangan odam vrach oldiga borib, o‘zi uchun ozdiruvchi dori-darmon so‘rasa, so‘raydiki, lekin uyda o‘zi yemishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bevosita bog‘liq narsa ekan-da. Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki tomoni yoki elementi ajratiladi: harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqloshi kerak, aks holda dasstur hech narsa bemaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og‘ir tarbiyaviy shartlarni qo‘yadilar, bola erkinligi bo‘g‘iladi, u qat‘iy nazorat muhitida ushlanadi. Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo‘lmaydigan, qaysar, uncha-muncha tashqi ta’sirga berilmadigan bo‘lib, qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, ehtiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo‘lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo‘ladi. 5.5. Motivlarning turlari. Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o‘rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo‘lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D.Maklelland, D.Atkinson va nemis olimi X.Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni baajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatlardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo‘ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning bar-cha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar –tanish-bilishlar, mablag‘ kabi omillardan ham foydalanadilar. Boshqacha xulq-atvorni muvaffaqiyatsizliklardan qochish motiviga tayangan shaxslarga kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. Shu tufayli ularda kuproq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga ishonmaslik pessimizmga o‘xshash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrab «O‘zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffaqiyatli tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlangandan so‘ng, uning natijasidan qat‘iy nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o‘rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffaqiyatni yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo‘ladi. Bundan tashqari har birimizdagi o‘zimizdagi real qobiliyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning faoliyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi. 3-savol bayoni Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning iehnatga, odamlarga va o‘z-o‘ziga mtsunosabatlaridan kelib chiqadi va undagi harakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror mas‘uldiyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo‘ladi. Masalan, ma’suliyatli imtihon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtihon oldidan juda qayg‘uradilar. ham. Ular uchun imtihon topshirish juda kata tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan bo‘lsalar ham, buni boshqalarga bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman beg‘am bo‘lib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyati va faoliyatining samarasi turlicha bo‘ladi. Bunga har bir shaxsdagi da’vogarlik darajasi ham ta’sir qiladi. Da’vogarlik darajasi yuqoriroq bo‘lganlar bilganbilmaganini isbot qilishga urinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o‘qituvchi bilan totishmaydilar ham. Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashqari, shaxsiy hislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda hulqimizni boshqara olishimiz kerak. Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni hatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag‘lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo‘lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari avvalgi ma’ruzada ta’kidlanganidek, ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») hodisasi orqali tushuntiriladi. Demak, ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, hodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizning hammamiz sevamiz, bayrog‘imiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga rahmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shugullanadiganlarning albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hokazo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o‘rnashib qolganligiga e‘tibor bermasdan yuqorida sanab o‘tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barcha ijtimoiy ustanovkalar bo‘lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi, va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlar ro‘yobga chiqadi. Demak, motiv- har qanday harakatlarimiz va faoliyatimizning sababi (undov), sharti bo‘lsa, ustanovka – ana shu harakat yoki faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan insondagi ichki psixologik holatdir. Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning komponentli tizimini ishlab chiqqan: A. Kognitiv komponent – ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui; B. Affektiv komponent – ustanovka ob’ektiga nisbatan su‘ekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar); V. Harakat komponenti – sub‘ektning ob’ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatlar majmui (xulkda namoyon bo‘lish). Bu uchala komponentlar o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‘lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat-komponentlarida uyg‘unlik yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu bir qarashda so‘z va ish birligi printsipining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‘lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‘rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanktsiyalar vositasida bunday qaramaqarshilik va tafovut bo‘lmasligiga yoshlarni o‘rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi O‘z – o‘zini tekshirish savollari : 1. Shaxs haqidagi asosiy nazariyalarni aytib bering. 2. Faollik va faoliyat tushunchalarining farqi nimada ? 3. Ehtiyoj turlarini aytib bering. 4. Motiv va uning turlarini aytib bering. 5. Harakatni avtomatlashtirish nima ? 6. Malakani tuzilishini aytib bering. 7. Ko‘nikmani tarkibini izohlang. 8. Faoliyatda o‘yin tushunchasini tushuntiring. 9. Psixologiyada ta’lim tushunchasini yoriting. 10.Mehnat jarayoni tushunchasini izohlang.
Yüklə 21,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin