Article · November 020 citation reads 14,481 author



Yüklə 96,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix14.12.2023
ölçüsü96,12 Kb.
#177747
1   2   3   4   5   6   7   8
URDU

 
 


12 
obodligi uchun g‘ayrat ko‘rsatmoq lozim, uni yaxshilik bilan asramoq va yorug‘lik sari eltmoq kerak”
1
singari fikrlar bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U o‘z davrida xalqni ezgulik va adolat g‘oya-
lariga da’vat etish, hayotbaxsh an’analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlanti-
rishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, uning g‘oyalari bilan bog‘liq qadriyatlar bugungi kungacha ya-
shab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb 
etmoqda. 
Qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida Konfutsiyning (551–479) qarashlari ham alohi-
da o‘rin tutadi. U qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikrning rivojiga katta hissa qo‘shgan. Mutafakkir-
ning “Aforizmlar” asari teran falsafiy g‘oyalari bilan mashhurdir. Konfutsiyning falsafiy qarashlarida ax-
loqiy masalalar markaziy o‘rin tutadi. Qadimgi ajdodlarning urf-odatlari, marosimlari, tariqatiga tayangan 
Konfutsiy o‘tganlarning shuhrati ularning avlodlarini yuksaltiradi, deb jamiyatning haqiqiy negizi, poy-
devorini yanada mustahkamlash uchun qadimgi urf-odatlar, marosimlar, an’analarni tiklash va ularga 
amal qilish zarurligini uqdiradi.
2
Hozirgi kunda Konfutsiy tomonidan yaratilgan ta’limotning maqsadga 
muvofiqligini mamlakatimizda qadimgi urf-odat, an’ana, milliy marosim va bayramlarimizning, ajdodla-
rimiz tarixiy xotiralarining tiklanishi borasidagi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarimizda ko‘rishimiz mumkin.
Qadimgi dunyoda falsafiy fikr taraqqiy etgan mamlakatlardan biri Yunoniston edi. Qadimgi Yuno-
nistonda falsafa ijtimoiy hayotning in’ikosi sifatida tabiat to‘g‘risidagi bilimlar bilan bog‘lanib bir butun 
dunyoqarashni o‘zida mujassamlantirgan edi. Qadimgi Yunonistonda Suqrot, Platon va Aristotel asos sol-
gan falsafiy oqimlar idealistik dunyoqarashni rivojlanishiga xizmat qiladi. 
Suqrot
 
(eramizdan oldingi 469–399-yillar) – qadimgi Yunon faylasufi. Afinaning ijtimoiy hayotida 
faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullangan, hurfikrli inson, kambag‘aldan chiqqan, tosh yo‘-
nuvchining o‘g‘li, o‘ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo‘lgan.
3
Suqrotning fikricha, falsafaning 
markazi-da axloq masalalari turmog‘i lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon 
hayoti axloq va odobning ahvoliga bog‘liq. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o‘rin tutganligi bois 
xalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-
nasihatlariga amal qilishgan. 
Jahon falsafasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk alloma, faylasuf, san’atshunos olim Platondir. 
Uning fikricha, “Kimki, davlatlarga jamiyat va umumxalq muomalasida bo‘ladigan axloqning hayotiy qo-
idalari to‘g‘rsida qonunlar berishni o‘ylab, ammo xususiy hayotga e’tibor berishni zarur deb hisoblama-
gan bo‘lsa, bu bilan hammaga hamda har kimga o‘zi xohlaganicha kun o‘tkazishiga imkoniyat yaratib 
bergan bo‘lsa, fuqarolar, o‘zlarining xususiy hayotlari qonunlashtirilmaganiga qaramay, jamiyat va 
umumxalq hayotida qonunlarga mos yashaydilar, deb hisoblasa, u noto‘g‘ri mulohaza yuritgan bo‘ladi”.
4
Platonning ideal davlat to‘g‘risidagi orzulari negizida adolat g‘oyasi yotadi. Platon aytganidek, ja-
miyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga bo‘ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garo-
vidir.
O‘zining qomusiy merosi bilan jahonni lol qoldirgan, ilmiy-falsafiy g‘oyalari bilan sharqda “Birin-
chi muallim” sifatida e’tirof etilgan buyuk faylasuf Aristoteldir. Aristotel fikricha, haqiqiy baxtni anglash 
ma’naviy yuksak, to‘g‘ri fikrlovchi kishiga taalluqlidir. Har bir insonning go‘zallik to‘g‘risida tasavvuri 
bor. Bunda ma’naviy insonning buyuk yutug‘i ko‘rinib turibdi. Faylasuf har bir alohida holatda haqiqatni 
topadi. Bu uning mezoni va qonuni hisoblanadi. Ma’naviy inson aql bilan fazilatlar birligiga amal qiladi-
gan kishidir. Fazilat jonning qo‘lga kiritgan sifatidir. Jonning komil qismi qanchalik ko‘p bo‘lsa, fazilatlar 
ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
5
Umuman, qadimgi Sharq va G‘arb falsafasining ijtimoiy muammolari orasida axloq mavzusi yetak-
chilik qiladi. O‘sha davrda yaratilgan hikmatli so‘z, iboralar bugungi kunda ham insonni mulohaza yuri-
tishga majbur qiladi. Markaziy Osiyoda siyosiy fikrlarning vujudga kelishi va rivojlanishida islom dini 
ham muhim manbalardan biri bo‘ldi.
IX asrda maxsus islom ilmlari shakllandi. Greklardan o‘tgan falsafa, matematika, fizika va boshqa 
qator ilmlardan tashqari kalom, hadis, fiqh kabi islomiy ilmlar yuzaga keldi. Islom Sharqda nafaqat din si-
1
Jo‘rayev N. Avesto: tarixiy-adabiy yodgorlik. T., G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015, 52 –
120-betlar. 
2
Konfutsiy. Hikmatlar. T., Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010, 9-bet. 
3
Nazarov Q. Falsafa. T., “DITAF”, 2000, 37-bet. 
4
Aflotun. Qonunlar. T., “Yangi asr avlodi”, 2002, 197-bet. 
5
Nazarov Q. G‘arb falsafasi. T., “Sharq”, 2004, 162-bet. 


13 
fatida, balki yaxlit madaniyat, ma’naviyatning shakllanishida ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U mada-
niyatning ilm-fan, san’at, axloq, siyosat kabi sohalarining rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Bu davrda diniy ilmlar sohalarida mintaqa shuhratini olamga tanitgan imom Buxoriy, imom Termi-
ziy, Nizomulmulk, dunyoviy ilmlar sohasida esa, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino hamda tasavvuf ma’naviy-
ma’rifiy ta’limoti sohasida Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro, Ba-
houddin Naqshband va boshqa yirik alloma va mutafakkirlarning jamiyat taraqqiyoti rivojida ma’naviyat 
hodisasining beqiyos o‘rni haqidagi qarashlari butun jahon ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga ha-
yotbaxsh hissa qo‘shdi.
Abu Nasr Forobiy (873–950)
 
jahon ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida “Sharq Aristoteli” (“Ikkinchi 
muallim”) degan unvonga sazovor bo‘lgan mashhur qomusiy olimdir. Forobiy o‘zining ijtimoiy-falsafiy 
qarashlarida jamiyatning vujudga kelish sabablarini, axloqning shakllanishi, inson va jamiyatning o‘zaro 
munosabatini, insoniylik, adolatparvarlik, tarraqiyot, buyuk jamiyat, komil inson kabi mavzularni ilmiy-
nazariy jihatdan asoslashga harakat qilgan. Forobiy talqinicha, “…haqiqiy baxtga erishish maqsadida 
o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar – fazilatli shahardir, baxtga erishish maqsadida 
birlashgan kishilar jamoasi – fazilatli jamoadir. Baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan xalq – 
fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtaga erishish uchun bir-birlariga yordam bersalar, butun 
yer yuzi fazilatli bo‘ladi”.
1
Demak, Forobiy ta’biricha, jamiyat va xalqlarning o‘zaro bir-biriga yordami
teng huquqlilik, adolatparvarlik tamoyillari fozil davlatning ma’naviy yuksalishga xizmat qiladi. 
Ibn Sino (980–1037) jahon xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrining buyuk namoyandasi, Sharqda “Shayx 
ur-rais” (olimlar boshlig‘i) degan nom bilan shuhrat qozongan qomusiy olim – mutafakkiridir.
2
U tabib-
gina bo‘lib qolmasdan, o‘z davrining buyuk mutafakkiri, keyingi asrlar fani, madaniyati, adabiyotiga sal-
moqli ta’sir ko‘rsata olgan buyuk siymo edi. Ibn Sino ijodidagi ajoyib xususiyatlardan biri shu ediki, u 
asarlarida o‘z davrining juda ko‘p ilg‘or g‘oyalarini aks ettira oldi. Abu Ali ibn Sino kamolotga erishish-
ning birinchi mezoni sanalgan bilimlarga yetishishni da’vat etgan. Chunki ilm-fan tabiat va jamiyat qonu-
niyatlarini ochib, avlodlarga yetkazadi. Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qo‘rqmas-
ligi zarur, deydi. “Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan 
bosh tortgan kishi odamlarning eng qo‘rqog‘idir”.
3
Zero, bilimli kishi jasur, o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, 
faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo‘ladi, deydi u fikrini davom ettirib.
Nizomulmulk (1018–1092)
 
oqilona va adolatli davlat boshqaruvi tufayli Malikshohning nomi tarix-
da qoldi. U “…davlatu donish va ezgu rasm-u odat yorug‘ shamga o‘xshaydi. Va odamlar shu yorug‘likda 
yo‘llarini topib, qorong‘ilikdan chiqadilar”.
4
Asar hozirgi davr siyosatchilari, davlat amaldorlari va mansabdor kishilarga, umuman, o‘tmish tari-
ximizga qiziquvchi barcha o‘quvchilarga ma’naviy ruh va kuch beradi, deb o‘ylaymiz.
Muxtasar qilib aytganda, yuqorida ko‘rib chiqqan ma’naviy yangilanish to‘g‘risidagi mutafakkirlar 
fikrlari, nafaqat O‘rta Osiyo, balki jahon xalqlari ma’naviy yuksalish tarixining ajralmas qismiga aylandi. 
Ushbu g‘oyalar ijtimoiy muhit, inson munosabatlarini o‘rganish, mavjud olamni bilish va uni o‘zgartishga 
bo‘lgan uzluksiz intilish jarayonida shakllanib, rivojlanib borganini va xalqlarning ilmiy tafakkurining 
o‘sib borishi, ma’naviy yuksalib borishi, inson kelajagi haqidagi g‘oyalarni olg‘a surish va amalga oshi-
rish uchun xizmat qilmoqda. 

Yüklə 96,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin