REJA:
I. Kirish.
II. Asosiy qism:
- Zinalar paydo bo’lish tarixi;
- Zinalar konstruktiv
elementlari va turlari;
- Liftlar paydo bo’lish tarixi;
- Liftlarning loyihalanishi va turlari.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Zinapoya – konstruktiv, funktsional element bo'lib, bir qator
zinapoyalar shaklida vertikal ulanishlarni ta'minlaydi. Ko'pincha,
bu atama bino yoki inshootning elementi sifatida zinapoyalar bilan
bog'liq.
Lift (inglizcha - lift – ko’tarmoq) - qattiq yo'riqnomalar bo'ylab
harakatlanadigan maxsus platformalarda
yuklarni vertikal
harakatlantirish uchun mo'ljallangan yuk ko'taruvchi mashinaning
bir turi.
Zamonaviy qurilishda ushbu konstruktiv elementlar binoning
asosiy qismlariga aylandi. Zinalar qadim zamondan ishlatilingan
bo’lib, eng ko’p ishlatilinadigan vertikal bog’lanish hisoblnasada,
shaharlarda industrial qurilish rivoji va ko’p qavatli binolarga
ehtiyoj ortib borayotganligi sababli, liftlar ham
inshootlarda keng
qo’llanila boshlandi.
Hozirgi kunda zina va liftlarning ko’plab turlari mavjud; ularning har biri ma’lum bir funksional
talabga binoan kategoriyalarga ajratilinadi. Inshoot strukturasini inobatga olgan holda, unga tog’ri
keladigan zina va lift turini tanlash, ularni tog’ri
joylashtirish, hamda xavfsizlik
qoidalariga javob
beradigan qilib loyihalash – arxitektorlarning muhim vazifalaridan biridir.