Bosh reja loyihalashda, avvalo bino joylashgan yer maydonining relefni, atrofidagi mavjud bino va inshootlar holatini, ishlab chiqarish korxonalari, maishiy xizmat shaxobchalari funksional jixatlari, loyixada rejalashtirilgan bino joylashashi holatining quyoshga nisbatan xolatini o'rganib chiqish va shaxarsozlik normalariga qat'iy rioya qilinishi lozim. (ШНҚ 2.08.01.05 talablarini inobatga olish shart.) Bunda yuqorida qayd etilgan normalardan kelib chiqqan holda binoni bosh tarxini loyixalashda loyixada inobatga olingan. Har qanday turar-joy binosini bosh rejasi ishlanganda u insonlarga qulay yashash uchun shart-sharoit yaratish va shaxarsozlik normalari talablariga amal qilinadi. Turar-joy binosini joylashtirishda uni orientatsiyasiga katta axamiyat berish kerak.shamol yo'nalishi, quyosh orientatsiyasi, ishlab chiqarish inshootlarini shamol yo'nalishini past tomoniga joylashgani inobatga olingan. Bino atrofida yong'in xavfsizligi talablariga mos yo'llar, landshaft ko'kalamzorlashtirish maydonlari va piyodalar uchun yo'llar, shaxsiy avtomobillar turadigan maxsus joylar (stoyanka)lar