Arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi fakulteti



Yüklə 230,59 Kb.
səhifə3/8
tarix14.04.2023
ölçüsü230,59 Kb.
#97744
1   2   3   4   5   6   7   8
Arxitektura qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi faku

XAJMIY-TARXIY YECHIM
Hajmiy-tarxiy yechim bu xonalarni binoda joylashtirishi rotsional umumiy sistemasidir.
Xorazm viloyatidagi Hokimiyat binosi 2 qavatdan iborat. Shartli belgi (otmetka) sifatida 1-qavat toza polining satxi 0,000 qabul qilingan.
Xajmiy-tarxiy yechimlar asosida imoratlarning o`lchamlari va shakli qabul qilinadi. ‘Qashqadaryo viloyatidagi Hokimiyat binosi `` tarxdagi o`lchamlari 1- 9 o`qgacha masofa – 36m. A-E o`q bo`yicha- 15m. Umumiy balandlik – 7.7m tashkil etadi. 1- qavat balandligi – 3m. 2- qavat balandligi xam – 3m



  1. KONSTRUKTIV YECHIMLAR

  1. POYDEVORLAR


Poydevorlar - yer osti konstruksiyalari bo'lib, o'zidan yuqorida turgan konstruksiyalar og'irliklarini qabul qilib, gruntlarga uzatib beruvchi konstruksiyalardir. ayrim tayanchlar xolidagi), qoziqoyoqli va yaxlit (tekis yoki qovurg‘ali) poydevorlar qo‘llaniladi. Poydevorni tepa yuzasi, ya’ni devor joylashadigan tomoni poydevor cheti (obrez), ostki asosga tegib turuvchi tekisligi esa poydevor tagi deb ataladi. Qurilish maydoni rejalangan satxdan poydevor tagigacha bo‘lgan masofa poydevorning yer ostki chuqurligi deb ataladi. Bu chuqurlikning qancha bo‘lishini belgilashda uning asos qavati chuqurligiga mos kelishini va tuproqning muzlash chuqurligini hisobga olish kerak.Lentasimon poydevorlar balandligi 12 qavatgacha bo‘lgan karkassiz sxemali turar-joy binolarida keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Lentasimon poydevorlar ko‘rinishi va profiliga ko‘ra ko‘pgina xollarda to‘g‘ri burchak shaklida bo‘ladi. Kengligi poydevor materialiga bog‘liq bo‘lib, devorning kengligidan ikki tomonga 50-150 mm gacha chiqariladi. Poydevor plani va kesimidagi ko‘rinishi, hamda o‘lchamlari shunday tanlanishi kerakki, bunda bosim kuchi asosga bir tekisda taqsimlanadigan bo‘lishi kerak. Poydevorlarning ko‘rinishi va o‘lchamlari uning materialiga, binoga tushayotgan yuk miqdoriga, tuproq sifatiga, yer osti suvlari, tuproqning muzlash chuqurligi va iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Inshoot zamini deganda yuqoridan tushayotgan yukni qabul qiladigan xamda shu yuk ta'sirida kuchlanish va deformatsiya xolatida bo'ladigan grunt massasi tushuniladi. Zamin qancha kam va tekis deformatsiyalansa, uning qurilish sifatlari shuncha yuqori bo'ladi; inshootda qo'shimcha. kuchlanishlar shuncha kam xosil bo'ladi. “Stakan” chuqurligi 0,8; 0,9; va 1,25 m pog‘onalar balandligi esa 0,3 va 0,45 m teng qilib qabul qilingan. Poydevrolarning katta kichikligi va er sathidan chuqurligi hisoblab topilib, ular ustunlardan tushadigan yuk va zamin grunti hususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bir blokli poydevor ko‘p blokli poydevorga nisbatan material sarfi bo‘yicha tejamli bo‘lib, montaj ishlari engil hisoblansa, uni ishlatish chegarasi cheklangandir.



Karkaslarning alohida turuvchi poydevorlariga ichki va tashqi devor konstruksiyalarini o‘rnatishda ularning tokchalariga o‘rnatilgan poydevor to‘sinlaridan foydalaniladi. Qum; chaqiq toshli to‘kma; asfalt yoki temirbeton ustunchalari; poydevor to‘sini. Poydevor to‘sinlarini uzunligi ustunlar qadamiga ko‘ra 5,95:4,75:5,05:4,45 va 4,03m balandligi 450 mm ga teng bo‘ladi, bunda to‘sin tepa qismini eni 200:260:300:400 va 600 mm bo‘lishi mumkin. Ustunlar oralig‘i 12m., bo‘lgan hol uchun esa to‘sin uzunligi 10700mm balandligi 400 yoki 600 mm tepa qismi eni 300, 400mm va ostki qismi eni 240mm ga teng bo‘ladi. Tashqi devori ostidan qo‘yiladigan poydevor to‘sinlari ichki qirrasini ustunlarini tashqi sirti to‘g‘rilab o‘rnatilgan, ichki devorlarda esa to‘sinlar ustun o‘rtasi bo‘yicha qo‘yiladi. Transportdan tushadigan yukni ko‘tarishga mo‘ljallanmagani uchun darvoza o‘rni ostiga bunday to‘sinlar o‘rnatilmaydi. Odatda poydevor to‘sinlari plitasi yoki “bashmakni” gorizontal supasi ustiga sement qorishmasi yordamida o‘rnatilgan maxsus beton ustunchalar ustiga qo‘yilgan bo‘ladi.



Bizning loyixalanayotgan binomizda lentasimon ustunsimon poydevorlardan foydalanilgan. Bu tuedagi poydevorlar uzluksiz bo`lib, binoda yuk ko`taruvchi bo`lib, devorlarning davomidir. Lentasimon va ustunsimon poydevorlar binodan tushayotgan vaqtinchalik yoki doimiy tushuvchi kuchlardan ko`tarib turuvchi konstruktiv bo`libgina qolmay,poydevorlar tarxdagi va kesindagi shakli binodan, zamindan tushadigan zo`riqishlarni teng taqsimlab beradi.



  1. Yüklə 230,59 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin