Arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi fakulteti



Yüklə 230,59 Kb.
səhifə4/8
tarix14.04.2023
ölçüsü230,59 Kb.
#97744
1   2   3   4   5   6   7   8
Arxitektura qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi faku

DEVORLAR


Devor konstruksiyalarini tanlash, binolarni loyixalashda eng asosiy masalalardan biridir, chunki devorlarning qiymati, butun bino qiymatining muxim qismini tashkil etadi. Binoning mustaxkamligi va ustivorligi: yuklar turiga, materiallar sifatiga, devorlarning boshka konstruksiyalar bilan boglanish sistemasiga, binoning yaratilish va ekspluatatsiya qilish shart - sharoitlariga bog'liq.G'ishtli devorlar qalinligi 380 mm. bo'lib, M75 markali g'ishtdan M50 qorishmada tayyorlanadi. G'ishtin terimlar setkalar bilan armaturalangan bo'lib, qadami 600 mm. ni tashkil qiladi. G'ishtin terimlar shtukaturkalar bilan suvoq qilinadi, hamda fasadda ishlatiladigan buyoqlar bilan bo'yaladi. Fasadni bo'yash ishlari faqatgina dekorativ maqsadlarda emas, balki binoning uzoq muddatliligini xam oshiradi, chunki tashqi havo muhiti agressiv bo'lganda, bo'yoqning plyonkasi devor sirtini tashqi muhit ta'sirlaridan saqlaydi. Poydevorlarning chuqurligi noseysmik rayonlardagi kabi olinadi. Yuk ko'taruvchi konstruksiyalar ostida yaxlit (sploshnoy) monolit poydevor ishlashtish maqsadga muvofikdir. Loyixalanayotgan binoning yerto'la devorlari qalinligi 380mm, markasi 200 bo'lgan betonlardan tiklanadi; temir - beton
devorlarning chetlaridan chiqib turgan armaturalar ularni vertikal va gorizontal choklar bo'yicha qo'shni elementlarga mustaxkam bog'lash imkonini beradi. Priyamka va yerto'laga tushish devorlari shtukaturka qilinib, tarz buyoqlari bilan bo'yaladi. Oshxona xonalari b'yicha keramik plitkalarni koplash kerak. Devor — 1) bino, uyning tomini koʻtarib turuvchi yoki xonalarga ajratuvchi tik qismi. Bino va uylarda yuk tushuvchi (tomni koʻtarib turuvchi) devorga va faqat xonalarni ajratib va toʻsib turuvchi — pardevorga; ichki va tashqi devorlarga boʻlinadi. Devor pishitilgan loydan (paxsa devor), pishiq gʻisht va xom gʻishtdan (gʻishtin devor), tosh, shlak-beton va temir-betondan (tosh devor) qilinishi, pardevor yaxlit gips plitalardan ham koʻtarilishi mumkin. Gʻishtin devor yarim, bir, bir yarim, ikki gʻishtli qilib teriladi. Devorning qalin va yupqa, yigʻma va yaxlit, terilgan va urilgan xillari boʻladi. Har qanday devor tashqari va ichkaridan har xil usulda (somon suvoq, sement suvoq, alebastr, ganch suvoq va boshqalar) suvab qoʻyiladi. devor koʻzli (deraza va eshik oʻrinlari tashlab ketilgan) va koʻzsiz yoki yaxlit boʻladi; 2) biror narsaning (oshqozonning, dvigatelnuing) atrofini oʻrab olgan yoki boʻlimlarga ajratgan qismi (oshqozon devori, silindr devori); 3) biror yerni (masalan, hovlini), hududni oʻrab olgan yoki qismlarga ajratib turgan gʻov, toʻsiq; paxsa, shox-shabba, taxta, temir-beton, gʻishtdan qilinishi mumkin;
4) qalʼa, qoʻrgʻon, shahar va hatto biror davlatni oʻrab, dushman hujumidan mudofaa qilish uchun quriladigan inshoot. Masalan, XV asrda Toshkent bir necha darvozali keng paxsa devor bilan oʻralgan. XIX asr oʻrtalarida Toshkent beklarbegisi taʼmirlattirgan devorning 12 darvozasi va 2 qofqasi (oʻrtacha eshigi) boʻlgan. Mil. av. IV—II-asrlarda Xitoyda Buyuk Xitoy devori bunyod etilgan.


  1. Yüklə 230,59 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin