Arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi fakulteti



Yüklə 230,59 Kb.
səhifə7/8
tarix14.04.2023
ölçüsü230,59 Kb.
#97744
1   2   3   4   5   6   7   8
Arxitektura qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi faku

DERAZA VA ESHIKLAR


Eshiklar binoda joylashishiga qarab tashqi (kirish eshiklari, balkon eshiklari) va ichki eshiklarga bo'linadi. Eshiklar eshik o'rinlariga o'rnatilgan kesakidan va kesakiga oshiq - moshiq yordamida osilgan eshik tavaqalaridan iborat. Ba'zan suriladigan va aylanadigan eshiklar xam quriladi.Eshiklar tavaqalarning soniga qarab bir tavaqali va ikki tavaqali bo'ladi. Tavaqalari teng bo'lmagan ikki tavaqali eshiklar bir yarim tavaqali eshik deyiladi.
Loyihalanayotgan binoda pod'ezdga kiradigan eshik o'zi yopiladigan bo'lishi kerak va kodli qulif o'rnatilishi lozim. Po'lat bilan obshivka qilingan eshik bloklari emal bilan 2 marotaba bo'yalishi kerak. Eshiklardagi kalichniklar 20 x 80mm. bo'lgan plastik bruslardan iborat. Deraza tokchalari 300x30xL (joyida kesiladi) bo'lgan plastiklardan o'rnatiladi. Individual eshik bloklari yong'inga qarshi va sanitariya talablariga javob berishi kerak. DVO markali eshik bloklariga g'adir - budur oynalar o'rnatiladi. Tashqi va ichki eshik otkoslarini shtukaturka qilib, bo'yash kerak. Bino derazalari turli xil o`lchamda shakli to`g`ri to`rtburchakdir. Bino eshiklari xam turli xil o`lchamda shakli to`g`ri to`rtburchakdir. Eshiklar asosan tabiiy yog`och materialidan tayyorlangan. Eshik va derazalar belgilanishi va o`lchamlari quyidagi jadvalda ko`rsatilgan: Derazasiz uyni hech tasavvur qilib ko’rganmisiz? Bunday joyda huddi dunyodan uzilib qolganga o’zshaysiz. Ana shundan ham ma’lumki, derazalar honadon intererining bir bo’lagi sanalarkan. Shu bois honadonimizni zamonaviy dizayn asosida bezayotganda deraza tokchalarining ham o’z o’rni va mavqei borligini unutmaslik zarur. Undan nafaqat tashqi olamni tomosha qilish uchun, balki dam olish burchagi sifatida ham foydalanish mumkin ekan. Choyxo’rlini aynan ko’chada bo’layotgan voqealar guvohligida davom ettirish kimga ma’qul kelmaydi, deysiz? Bir piyola choy ustida oddiygina ob-havo to’gtisidagi suhbat ham deraza yonida kechsa, buni o’zgacha gashti bor. O’zingizga bunday sharoit yaratish uchun bor yo’gi deraza tokchasini kengaytirishingizga to’g’ri keladi. Uyingiz sharoitidan kelib chiqan holda tokchani 1 metrga kengaytiring. Uning ko’rinishi yarim oval shaklida bo’lgani maqsadga muvofiq. Derazalarning yonidagi devorlar tor va ingichka. Bundan tashqari isitgich batareyalarining ham bu yerga joylashtirilgani doimo noqulaylik tug’diradi. Mazkur devorlardan unumli foydalanish yo’li- unga ochiq javon o’rnatish bo’sa kerak. Bu bilan siz birinchidan, joyni tejaysiz, ikkinchidan, supperrusumli honadon egasiga aylanasiz. Kichik javonni rang- barang buyumlar bilan to’ldirsa bo’ladi.

  1. Yüklə 230,59 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin