Arxitektura uslublari. Landshaftli loyihalashning asosi ijtimoiy ekologiya


O’SIMLIKLARNING SHAHARSOZLIK VA LANDSHAFT ARXITEKTURASIDAGI ROLI VA O’RNI



Yüklə 21,23 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü21,23 Kb.
#182732
1   2   3
Маруза№5.1

2. O’SIMLIKLARNING SHAHARSOZLIK VA LANDSHAFT ARXITEKTURASIDAGI ROLI VA O’RNI
Shahar va qishloqlarimizda aholi turar joylarining me’moriy badiiy va estetik ko’rinishini shakllantirishda va atrof-muhit ekologiyasini muhofaza qilishda daraxt va butalarning roli nihoyatda kattadir. Ular me’moriy qimmatga ega bo’lgan binolar, inshootlar, yodgorliklarga soya berishi bilan bir qatorda, ochiq devorlar, to’siqlar, eski binolar, sanoat obyektlarining noestetik ko’rinishini bartaraf etishga ham xizmat qiladi. O’simliklarni atrof-muhit masshtabi va binolarning me’moriy yechimiga mos ravishda to’g’ri tanlash ularga yanada ko’rkam va go’zallik baxshida etadi.

Daraxt va butalardan tashkil etilgan bog’-parklar va xiyobonlar atrofimizdagi olamning o’ziga xos zaruriy tarkibiy qismi bo’lib, keskin kontinental, issiq quruq iqlimimiz sharoitida atrof-muhit tabiiyligini saqlash va uni sog’lomlashtirish vazifasini o’taydi. Yashil maydonlar havo harorati va namligini mo’ta’dillashtiradi, daraxt va butalar bilan qoplangan yashil maydonlarda havo harorati yilning issiq vaqtlarida atrof muhit haroratiga nisbatan 7-10 oS gacha salqinroq va havo namligi esa 20-30 % ko’p bo’lishini ta’minlaydi. Ayniqsa bizning issiq iqlimli sharoitimizda shaharlarda daraxtlarning bu xususiyatlari katta ahamiyatga egadir.



3. YO’LNI KO’KALAMZORLASHTIRISH

Ko’kalamzorlar tizimi ulardan foy-dalanish va qaysi maqsadlarga mo’ljallanganiga qarab 3 ta yirik guruhga bo’linadi: umumiy foydalanishga mo’ljallangan, foydalanishi cheklangan va maxsus maqsadlarga mo’ljallangan ko’kalamzorlar.


Umumiy foydalanishga mo’ljallangan ko’kalamzorlarga umumshahar va tuman markazlarining parklari, qishloq bog’lari, xiyobonlar, skverlar, bulvarlar, shahar maydonlari va ko’chalarining ko’kalamzor hududlari va piyodalar ko’chalaridagi ko’kalamzorlar kiradi.
Foydalanishi cheklangan ko’kalam-zorlarga turarjoylar hududlari, jamoat binolari oldida, sanoat va ishlab chiqarish komplekslarida joylashgan ko’kalamzor hududlar kiradi. Bularga qishloq turarjoy kvartallari va turarjoy oldi uchastkalari, institutlar, maktablar, bolalar bog’chalari, shifoxonalar, kollejlar, sport komplekslari, sog’lomlashtirish muassasalari hamda korxonalar va jamoat tashkilotlari hududlaridagi ko’kalamzorlar kiradi




Yüklə 21,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin