2-MODUL: SHAHAR YO’LLARI VA KO’CHALARI ARXITEKTURASI VA SHAHARSOZLIK ARXITEKTURA USLUBLARI, LOYIHALASHTIRISH ASOSLARI.
5-ma’ruza. (2 soat)
ARXITEKTURA USLUBLARI. LANDSHAFTLI LOYIHALASHNING ASOSI - IJTIMOIY EKOLOGIYA
Dars rejasi: 1. “Landshaft arxitekturasi” termining paydo bo’lish tarixi. 2. O’simliklarning shaharsozlik va landshaft arxitekturasidagi roli va o’rni 3. Yo’lni ko’kalamzorlashtirish.
1.“Landshaft arxitekturasi” termining paydo bo’lish tarixi. Landshaft-ochiq havoda ishlash va dam olish uchun yaratilgan, tarkibi tabiiy (o’simliklar, relyef, tuproq, suv, hayvonot dunyosi)va sun’iy (me’moriy muhandislik inshootlari) ishlanmalar bilan badiiy va ekologik qonuniyatlar asosida shakllantirilgan hudud.
Landshaft arxitekturasi- atrof muhitni tabiiy va sun’iy me’morchilik qurilmalari va elementlari yordamida badiiy shakllantirish san’ati; me’moriy faoliyatning alohida turi; landshaft yaratish amaliyotining nazariy asosi.
Landshaft dizayni-turli xil landshaft obyektlarini yaratish uchun tuzilgan loyiha; landshaft obyektalrining sun’iy elementlarini badiiy estetik va ekologik qonuniyatlar asosida muayyan funksiyalarga moslab yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyat turi.
“Landshaft arxitekturasi” termini XX asrning o’rtalarida Amerikda, milliy parklar yaratish ustida olib borilayotgan davrga to’g’ri kelib, Nyu York milliy parkini loyihalagan Frederik Olmsted birinchi “landshaft arxitektori” unvonini olgan.
Hozirgi zamon arxitekturasini landshaftsiz tasavvur qilish aslo mumkin emas. Buni hatto eramizdan oldin o’tgan rim arxitekturasi nazariyotchisi Mark Vitruviy Pollion aytganidek: “Arxitektura – avvalo foydali, mustahkam va go’zallikni mujassamlashtiruvchi ijoddir”.
Landshaftli loyihaning asosida har doim ijtimoiy –ekologik omillar yotadi. Chunki har qanday landshaftli loyiha eng avvalo insonning hayotiy muhitini yaxshilash, yanada yaxshilash hamda ruhiyati qoniqadigan darajada tabiiy muhit yaratilishiga xizmat qiladi. Bunday tabiiy muhit faqatgina yaratilayotgan yoki yaratilgan shaharning atrof-muhit bilan uzviyligini arxitekturaviy manzara orqali bog’lanishi bilan bunyod etilishi mumkin.