Maxsus maqsadlarga mo’ljallangan ko’kalamzorlarga esa ko’cha va transport magistrallari bo’ylab ekilgan ko’kalamlar, sanitariya-himoya va suv havzalarini muhofaza qilish zonalari, stadionlar, o’rmon xo’jaliklari, qabristonlar, gul va ko’chatlar yetishtiruvchi xo’jaliklarning ko’kalamlari kiradi. Aytib o’tilgan ko’kalamzorlar shahar va qishloqlar hududida muayyan bir tartibda joylashib, zamonaviy shahar va qishloq ko’kalamzorilarning yaxlit tizimini tashkil qiladi.
MUASSASAVIY ShAHARSOZLIK NORMALARI
Avtomobil yo’llarini ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo’yicha yo’riqnoma (MShN 33-2008) rasmiy nashrdan olingan ma’lumotlar
2-rasm. Avtomobil yo’llarini manzarali ko’kalamzorlashtirishga misollar (tartibli usul): a- bargli daraxtlar; b – aralash daraxtlar.
3 – rasm. Manzarali daraxtlarni monoton himoyaviy o’rmon polosalari ortida tartibli joylashtirishga misol: 1 – himoya polosasi; 2 – manzarali aksent; 3 – boshqa
4 – rasm. Avtomobil yo’llarini manzarali ko’kalamzorlashtirishga misollar (tartibli usul): a- bargli daraxtlar; b – aralash daraxtlar.
5 Daraxt va butalarni monoton darxtli ekish ortida landshaft-guruxli joylashtirish.
Loyihachi arxitektor – dizayner loyihani ishlab chiqishda nafaqat mavjud relyefni hisobga olishi, balki gruntni qayta rejalash va mazkur hudud yer osti kommunikasiyalarining mavjudligini bilishi, ayniqsa dekorativ o’simliklarning o’tqazish va rivojlanishi bo’yicha ham mutaxassis bo’lishi lozim.
Faqatgina oqilona tashkillashtirilgan landshaftgina kishilarni quvontirishi, hayratlantirishi mumkin va uning rivojlanishini, hayotini kuzatishi mumkin bo’ladi.
Talabalarning o’z-o’zini nazorat qilishi va bilimlarini mustahkamlash uchun savollar
O’simliklarning shaharsozlik va landshaft arxitekturasida tutgan o’rni va rolini tushuntirib bering.
Aholi punktlarini ko’kalamlashtirish tizimi deganda nimani tushunasiz? Uning elementlarini aytib bering.
Ko’kalamzorlar funksiyasiga qarab qanday asosiy guruhlarga bo’linadi?
Umumfoydalanuvchi ko’kalamzorlarga qanday landshaft arxitekturasi obyektlari kiradi?
Foydalanilishi cheklangan ko’kalamzorlarga nimalar kiradi?
Ko’kalamlarni me’morlash deganda nimani tushunasiz?
Ko’kalamzorlashtirishning asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
Dostları ilə paylaş: |