11– AMALIY ISH AVTOMOBIL YO‘LLARIDA BEKAT VA DAM OLISH JOYLARINI KO‘KALAMZORLASHTIRISHDA MANZARALI DARAXT-BUTA TURLARINI EKISH Ishdan maqsad: Avtomobil yo‘llarida bekat va dam olish joylarini ko‘kalamzorlashtirishda manzarali daraxt-buta turlarini ekish.
Avtomobil magistrallarini ko‘kalamzorlashtirish: yo‘lning har ikkala tomoniga ekiladigan himoya va manzarabop ekinzorlarni, yo‘lning ajratuvchi tasmasi, chorahalarni, avtobus bekatlarini, hamda yo‘lovchi va haydovchilarning uzoqroq dam olishga mo‘ljalangan joylarni ko‘kalamzorlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Avtobus bekatlarining orqa tomonidan alohida eskiz va manzarani ta’minlovchi rejalar asosida qatorli ekinzorlar, bekatning ikkala tomonida esa – daraxt va butalarning alohida yoki guruhlangan ekinlari yaratiladi. Imkoniyati mavjud bo‘lgan joylarda, bekat oldida rabatkalar joylashtiriladi. Ochiq hudud bor bo‘lgan joylarda bir yoki bir nechta turlardan kichik daraxtzorlar ekiladi. Bu joylar dam olish uchun moslashtiriladi. Zamonaviy avtomobil yo‘llari ko‘p ming insonlarning ish va dam olish joyi hisoblanadi va nafaqat texnik balki estetik talablarni ham qondirishi kerak.
Aniqlanganki, yo‘l fazoviy bir tekis (silliq), landshaft bilan yaxshi bog’langan trassada o‘tkazilganda haydovchilarning kam toliqqishini, yo‘l-transport hodisalari xavfini kamayishini va yuk tashishning tejamkorligini ta’minlaydi.
Landshaftli loyihalashda estetik mezonlarni qoniqtirish birdan bir maqsad hisoblanmaydi, u avvalombor, yo‘lga qo‘yilgan funkstional talablarni eng yaxshi qondirishga yordam beradi.
Landshaftli loyihalash tamoyillariga rioya qilish majburiyati faqat yuqori toifali yangi quriladigan yo‘llar loyihalariga taalluqli deb hisoblash kerak emas.
Manzara loyihasini tuzishdan maqsad yo‘l bo‘yidagi ekinlarning vazifasi yo‘l bo‘yi tasmasini tabiat manzarasi bilan bog’lash, manzara havzalarini chegaralash, bir hil o‘rmon ko‘rinishini bartaraf qilish, manzarali joylarni ajratib ko‘rsatish hisoblanadi.
Yashil ekinlar ko‘pincha atrof muhitni himoya qilish vazifasini bajaradi, shuningdek, yo‘l atrofidagi muhitni transport shovqini, ishlangan gazlar va changdan himoya qiladi. Avtobus bekatlarida, dam olish joylarida ular yoqimli mikroiqlim yaratilishiga ko‘maklashadi.
Respublikada avtomobillashtirishni jadal oshishi, yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashishning jadal o‘sishi bilan yangi yo‘llarni qurish jarayonida keyinchalik uni rekonstrukstiya qilishda yo‘llarini oldindan ko‘rish kerak.
Avtomobil yo‘llarida harakat sharoitiga, yo‘l belgilarining yaxshi ko‘rinishiga va yo‘llarni saqlash mexanizmlarining ishlashiga ta’sir qilmasligi uchun daraxtlar yoki butalarni yo‘l yoqasiga ekishga yo‘l qo‘yilmaydi. Avtobus bekatlaridagi yo‘lovchilar uchun qulay mikroiqlimni yaratishi maqsadida ekish maydonning umumiy ko‘rinishini organik tarzda birlashtirish kerak. Shamol va quyoshdan himoya qilishga mo‘ljallangan ko‘kalamzorlashtirish ekinlari yaxshi ko‘rinishni ham ta’minlash kerak.
Topshiriq: O'rganilgan ma'lumotlar asosida talabalar umumiy hulosa yozib og'zaki himoya qilishadi