Arxitektura va qurilish konstruksiyasi



Yüklə 350,86 Kb.
səhifə1/7
tarix20.12.2022
ölçüsü350,86 Kb.
#76728
  1   2   3   4   5   6   7
2 (2)


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
Qurilish muhandisligi” fakulteti
Bino va sanoat inshootlari qurilishi” kafedrasi

ARXITEKTURA VA QURILISH KONSTRUKSIYASI”


MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Rezervuar yig’ma temirbeton elementlarini loyihalash

Bajardi: KQ-1 guruh talabasi


Abdurahmonov Shahzod
Tekshirdi: Abdullayev Ulug’bek


Toshkent-2022
1. REZERVUARLAR
Temirbeton rezervuarlar turli suyuqliklar (neft va neft maxsulotlari)ni saqlash vazifasini o‘taydi. Rezervuarning ichki sirti suyuqlikning kimyoviy tarkibiga qarab bo‘yoq, loq yoki plitkalar bilan qoplanadi.
Temirbeton rezervuarlarni loyihalash va qurishda uning devorlari va tubining yoriqbardoshligi hamda suv o‘tkazmasligiga aloxida etibor berish talab etiladi. YOrikbardoshlikni oshirishning eng yaxshi usuli rezervuar devorida oldindan kuchlanish uyg‘otishdir. Suv o‘tkazmasligini ta’minlash uchun zich beton qo‘llash va ichki devorlarga maxsus qoplamalar qoplash tavsiya etiladi.
SHakliga ko‘ra rezervuarlar odatda doira va to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga ega bo‘ladi. Joylanish satxiga ko‘ra er osti va er usti rezervuarlari, qurilish usuliga ko‘ra monolit va yig‘mamonolit bo‘ladi. Armaturasi oddiy yoki oldindan zo‘riqtirilgan bo‘lishi mumkin. Rezervuarlarning ochiq va yopiq xillari mavjud.
Rezervuarlarning shakli va o‘lchamlari turli xil variantlarni texnikg‘iqtisodiy tahlil qilish asosida belgilanadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, suv to‘playdigan rezervuarlarning sig‘imi 2-3 ming m3 gacha bo‘lsa, uni doira shaklida 5-6 ming m3 dan ortiq bo‘lsa, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida olish maqsadga muvofiqdir.
Rezervuarlarning devorlari va tubi mustaxkamlik sinfi B15-B30, suv o‘tkazmaslik markasi W4-W10, sovuqbardoshli markasi F100-F150 bo‘lgan og‘ir betondan ishlanadi. Oldindan zo‘riqtirilmaydigan konstruksiyalar uchun A-I,
A-II, A-III, VrI, oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar uchun A-IV, A-V, A-VI va Br-II sinfli armaturalar qo‘llanadi.
Kichik hajmli rezervuarlarda armaturalar oldindan zo‘riqtirilmaydi. Sig‘imi 500 m3 va undan ortiq bo‘lganda devorlarning yoriqbardoshligini oshirish uchun, armatura oldindan zo‘riqtiriladi. Oldindan taranglanadigan gorizontal armatura rezervuar devorining tashqi sirtiga o‘raladi. Devorning o‘zi ikki qavat sim to‘r bilan jixozlanadi.
Doiraviy rezervuarlar bilan bir qatorda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimida to‘g‘ri burchakli temir beton rezervuarlaridan ham keng foydalanilgan. Bunday rezervuarlarning balandligi 6m dan oshmaydi, plandagi o‘lchamlari istalgancha olinishi mumkin.
To‘g‘ri burchakli rezervuarlarning devorlari ham vertikal, ham gorizontal yo‘nalishlarda egilishga ishlaydi. Bundan tashqari devorlar gorizontal yo‘nalishda cho‘zilishga ham ishlaydi. SHuning uchun devor qalinligi doiraviy rezervuarlarga qaraganda kengroq olinadi.
Vazifasiga qarab to‘g‘ri burchakli rezervuarlar ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. YOpiq monolit rezervuarlarda yopmalar to‘sinli yoki to‘sinsiz plitalardan ishlanadi.
Yig‘ma rezervuarlarda ustun turi 6x6m bo‘lgan to‘sinli panel yopmalar qo‘llaniladi.
Ta’sir etayotgan zo‘riqishlarga muvofiq ravishda to‘g‘ri burchakli rezervuarlarning devorlari nomarkaziy cho‘zilishga hisoblanadi. Devorlar mustahkamlikdan tashqari yoriqbardoshlikka ham tekshiriladi.
Rezervuar devorlari yoriqbardoshlik bo‘yicha I-toifa konstruksiyalariga kiradi, shu boisdan yoriqlar xosil bo‘lishini aniqlashda xisobiy yuk sifatida Nk
qabul qilinadi. YOpma, ustun va tub konstruksiyalari xususiy og‘irlik, tomga to‘shalgan tuproq og‘irligi va muvaqqat yuklar ta’siriga hisoblanadi.


Yüklə 350,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin