7
ustida quriladigan obyektlar joylarni nazarda tutiladi. Bunday
fazoviy muhit yopiq yoki ochiq bo‘lishi mumkin. U chegaralovchi,
belgilovchi (devor, tom, to‘siq, panjara, dov-daraxt, tosh kabi)
strukturalar yordamida tashkil etiladi. Masalan,
Toshkentdagi
«Moviy gumbazlar» qahvaxonasi yoki uning yonidagi choyxona
binolari g‘isht, beton va oyna, to‘siq-devor, pol va tom (gumbaz
ham tomning bir turi) yordamida atrofdan chegaralanib, yopiq
fazoviy muhit hosil etilgan. Bu yerdagi xiyobonda tok va so‘ri osti-
da ham qisman chegaralangan muhit hosil qilingan. Bundan farqli
holda choyxona oldidagi sufa-so‘rilar gorizontal tekislik bo‘yicha
ochiq muhitga ajratilgan. Sayr yo‘llari ham ochiq muhitdir. Ular
daraxt, buta, maysa, plita, tosh, suv basseyni, favvora kabilar yor-
damida rejalangan.
Yana shuni aytish joizki, «arxitektura» o‘zining yaratilishi ji-
hatidan ikki ma’noda ishlatiladi,
birinchidan, inson ijodiy faoliya-
tining sohasi ma’nosida va, ikkinchidan, shu faoliyatning mahsuli
ma’nosida.
Arxitekturaning maqsadi va vazifalari. Insonlarning yashashi,
ishlashi va dam olishiga mo‘ljallanib tashkillashtirilgan makonni
yoki muhitni shakllantirish arxitekturaning bosh vazifasidir. Bi-
roq, uning vazifasi bu bilan cheklanmaydi. Ma’lumki, har qan-
day muhit odamlar ruhiyatiga, ongining shakllanishiga ta’sir ko‘r-
satadi. Chunki arxitekturada qo‘llaniladigan hajmiy shakllar, mod-
diy muhit biron bir jozibali ko‘rinishga yoki axborotga ega bo‘la-
diki, ular odamlar didiga, ongiga ijobiy yoki salbiy ta’sir
etishi
mumkin. Arxitekturaning vazifasiga ana shu muhitda insonlar
uchun o‘ziga xos qulaylik va shinamlik yaratishgina emas, balki
insonning go‘zallikka bo‘lgan ehtiyojini qondirish, u yashayotgan
jamiyat madaniy hayoti, xalqchil milliy an’analari va ilg‘or estetik
tuyg‘ularini o‘zida aks ettirish kabi vazifalar ham kiradi.
Arxitektura insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qon-
diradi. U insoniyat jamiyati yashash va dam olish vositalarining
qanchalik zaruriy qismlari (turar-joy uylari, jamoat binolari, bog‘
va parklar, xiyobonlar va boshqalar)dan
tarkib topsa, xuddi shun-
cha ishlab chiqarish vositalari (zavod va fabrikalar, elektr va issiq-
lik stansiyalari, ishlab chiqarish korxonalari)dan ham tarkib topa-
8
di. Umumiy ma’noda arxitektura — bu insoniyatning yashashi va
faoliyati uchun sun’iy shakllantiriladigan, amaliy va ma’naviy ehti-
yojlarga mo‘ljallangan moddiy muhitlar tizimidir. Ayni paytda,
arxitektura bu san’at hamdir. Shu boisdan arxitekturada muay-
yan
hayot tarzi, davr tafakkuri va talabi, muayyan estetik va maf-
kuraviy ehtiyojlar, g‘oyalar majmuasi o‘zining moddiy va badiiy
ifodasini topadi.
Arxitektura ko‘p qirralidir. U muayyan vazifalarga mo‘ljallanib
tashkillashtirilgan ichki muhitli binolar, binolar ansambli va kom-
pleksi, shaharlar, qishloqlar, maxsus tashkillashtirilgan tashqi ochiq
muhitlar (ko‘chalar,
maydonlar, istirohat bog‘lari, parklar, mahal-
lalar, dahalar)dan tashqari, ichki muhitga ega bo‘lmagan, biroq
ochiq muhitni tashkillashtirishga xizmat ko‘rsatuvchi inshootlar va
mo‘jaz me’moriy shakllar (monumentlar, obelisklar, tasviriy oy-
nalar, ko‘priklar, yo‘llar, sohillar, ko‘prik yo‘llar (puteprovodlar),
transport chorrahalari (razvyazkalari), favvoralar, zinapoyalar,
to‘siqlar va sh.k.) hamdir. Ana shu nuqtayi nazardan olib qara-
ganda arxitektura
jamiyatning ijtimoiy, ishlab chiqarish va maf-
kuraviy ehtiyojlaridan vujudga keluvchi moddiyatdir. Aynan ana
shu ehtiyojlar arxitektorlar oldiga aniq vazifalar qo‘yadi. Yaratil-
gan arxitektura jamiyat va uning ma’lum bir davrining moddiy va
ma’naviy madaniyatini belgilaydi, o‘zida aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: