Arxitekturaviy loyihalash asoslari


Arxitekturaga xos jihatlar



Yüklə 493,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix31.03.2023
ölçüsü493,81 Kb.
#91939
1   2   3   4
True

1.2. Arxitekturaga xos jihatlar
Arxitekturaning o‘ziga hos xususiyatlari mavjud. Buni yaqqol
tushunish uchun uni boshqa san’at turlari bilan taqqoslab ko‘rish
maqsadga muvofiqdir. Arxitektura rassomchilik va haykaltarosh-
lik kabi borliqni konkret ko‘rinishda tasvirlovchi san’at emas. Arxi-
tektura ifodali bunyodkorlik san’atidir. U borliqni umumlash-
tirilgan holda ifoda etadi. Qaysidir darajada sinf, jamiyat yoki bu-
tun bir davrning g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi. Rassom chiziq va
bo‘yoq yordamida ikki koordinata o‘lchamiga — eni va bo‘yiga ega
bo‘lgan tekislikda asar yaratadi, o‘zi tanlagan mavzuni grafik us-
lubda yoki ranglar majmuasida ifoda etadi va tasvirlaydi.


9
Haykaltarosh uch koordinatali — eni, bo‘yi, balandligi bo‘lgan
hajmlardan foydalanadi. Haykaltaroshlik rassomchilikdan jiddiy
farq qilib, asar kartina tekisligida emas, balki asosan hajmlardan
foydalanib ifoda etiladi. Tomoshabin haykalni nafaqat bir tomon-
dan, balki hamma tomondan ham tomosha qilishi mumkin. Bi-
roq, haykaltaroshlikda ham rassomchilikdagi kabi ifodalanayotgan
mavzu qurilmaydi, hajmiy shaklda bo‘lsa-da, baribir tasvir etiladi.
Shuning uchun ham bunday san’at turlari tasviriy san’at deb atala-
di. Arxitektura asarida o‘sha uch koordinataga yana to‘rtinchisi —
vaqt koordinatasi ham qo‘shiladi. Vaqt koordinatasi arxitektura-
ning nafaqat tashqi, balki ichki ko‘rinishlarida ham ifodalanadi.
Tomoshabin arxitektura asarini tashqi tomonlardangina emas, balki
uning ichki ko‘rinishlarini ham tomosha qilish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Arxitekturaning ichki ko‘rinishlari yopiq va yarim yopiq
ichki muhitdan iborat bo‘lib, xonalar, raxrovlar (koridor), rekreat-
siyalar, zallar, terrasalar, ayvonlar, ichki hovlilar, qavatlarni bog‘-
lovchi zinapoyalar va shu kabilardan tashkil topadi. Demak, arxi-
tektura asari ijtimoiy davrning muayyan bir funksiyasini bajarishga
mo‘ljallangan bo‘lib, unda haykaltaroshlikka qaraganda nafaqat
tashqi hajmdan, balki ichki fazoviy muhitlardan ham keng foy-
dalaniladi. Arxitekturaning ana shu muayyan ichki funksiya-
lari majmuasi uning tashqi ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Bosh-
qacha qilib aytganda, arxitektura ichki va tashqi sun’iy muhitlar,
hajmlar va shakllarning yig‘indisidan tashkillashtirilgan va ular-
ning o‘zaro uyg‘unlashgan birikmasidan tuzilib, ochiq muhitda
bunyodkorlik san’ati asarining namunasi tarzida vujudga keladi.
Bunday asarni inson idrok qilish uchun bir joydan ikkinchi joyga
siljishi, harakatda bo‘lishi, yurishi kerak. Bu esa ma’lum vaqt ichi-
da o‘tadi va, shu sababdan ham, arxitektura koordinatalarining
soni to‘rtta deyiladi.
Arxitekturaning bir-biri bilan chambarchas bog‘langan uch ji-
hatlari mavjud. Bular mustahkamlik, foydalilik va badiiylikdir.
Boshqacha qilib aytganda, arxitektura asariga quyidagi talablar
qo‘yiladi: birinchidan, arxitektura asari insonning foydalanishiga
qulay bo‘lishi, qanday maqsadda qurilgan bo‘lsa, shu maqsadni
to‘la ado etishi; ikkinchidan, asar o‘z-o‘zini va unga qo‘yilgan


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
https://kitobxon.com/oz/asar/248
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
https://kitobxon.com/uz/asar/248
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно
найти на сайте 
https://kitobxon.com/ru/asar/248

Yüklə 493,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin