Importga tariflar. Importga tariflar kiritilishining iqtisodiy oqibatlari.
Pulga bo‘lgan talab funktsiyasi va uning grafigi.
Yalpi taklif deganda muayyan baholar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Yalpi taklif tushunchasi ko‘pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Baholarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag‘bat yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan baholar darajasi o‘rtasida to‘g‘ri aloqa mavjud.60 Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar o‘sib borishi bilan o‘sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig‘i alohida tovar taklifi egri chizig‘idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko‘tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat . Bunday holat yalpi taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko‘pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi.
Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko`p qo`llaniladigan usul bo`lib tarif, ya‘ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi.
Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o`zaro farqlanadi. Maxsus bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o`rnatiladi. Masalan, 1 barel neftga nisbatan 2 yevro.
Advalar bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma‘lum foiz tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%.
Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil bo`lib, buni biz quyidagi grafik vositasida ko`rib chiqamiz.
Aytaylik, import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab chiqarish hajmi S1, ichki talab hajmi esa D1 teng bo`lgan. Talab va taklif o`rtasidagi farq (D1-S1) import hisobiga qoplangan. Mamlakat iqtisodiyoti yopiq bo`lganida baholar darajasi Re ga teng, talab va taklif muvozanati esa E nuqtada o`rnatilgan bo`lar edi. Mamlakat iqtisodiyoti ochiq bo`lgani va importga cheklovlar yo`qligi tufayli milliy bozordagi narxlar jahon bozori narxlari Rw bilan bir xil. Importga tarif joriy qilinishi natijasida ichki baholar Rw dan Rd ga qadar ko`tariladi. Natijada: