As egri chizig‘i va unga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 93,09 Kb.
səhifə3/3
tarix02.06.2023
ölçüsü93,09 Kb.
#121970
1   2   3
2 VARIANT JN

Er = (Ya – VA) / Ya.
Bu yerda: Er - sohaning tarif bilan haqiqiy himoyalanganlik darajasi; Ya - bojxona tarifi kiritilgandan keyingi qo`shilgan qiymat; VA - bojxona tarifi kiritilishidan oldingi qo`shilgan qiymat.
ER = ((3000 + 2250) – 3000) / 3000 =2250 / 3000 = 0,75 yoki 75%
Bu shuni bildiradiki, tayyor avtomobillarga 40% tarif va ehtiyot qismlarga 25% tarifni joriy qilib, davlat milliy avtomobisozlikni haqiqatda 75% tarifli himoyalanganligini ta‘minlaydi.
Proteksianizm siyosatining muhim tamoyili ham shundaki, davlat tayyor mahsulotlarga bojni ko`tarish va yarim tayyor mahsulotlarga esa uning miqdorini pasaytirish orqali tarmoqning haqiqiy himoyalanganligini yanada oshiradi.
Agar mamlakatlar bojxona ittifoqiga birlashsalar, unda bojxona tarifi, barcha ishtirokchi mamlakatlar uchun ularning savdo munosabatlarida yagona bo`lib qoladi. Bojxona tariflari miqdori alohida mamlakatlar iqtisodiyotida va jahon xo`jaligida yuz berayotgan jarayonlar ta‘sirida yuzaga keladi. Jahonda importga bojxona bojlarining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda va u ikki tomonlama hamda ko`p tomonlama muzokaralar asosida mamlakatlar tomonidan rag`batlantiriladi va nazorat qilinadi.
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo`llovchi fikrlarga aksincha bo`lgan mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab o`tilgan natijalarga boshqa usullar bilan kamroq yo`qotishlar hisobiga ham erishsa bo`ladi degan fikrlar ham qaysidir darajada asoslidir.
Birinchidan, import tariflari iste‘molchilar turmush darajasining pasayishiga olib keladi.
Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.
Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.

  1. Pul tarkibiy qismlari nuqtayi nazaridan naqd pullar – metall va qog‘oz pullardan iborat bo‘ladi. Naqd pullar bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy pul massasining 5-7 foizini, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida 30– 35% ni tashkil qilgan. Monetaristik yondashuvga ko‘ra Fisher tenglamasida Transaksion deb nomlanadigan pulga talab hisobga olinadi. Bu talab pulning muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi. Pulga Transaksion talab – tovar va xizmatlarni sotib olishga xizmat qilishi sababli, u bitimlar uchun pulga talab ham deyiladi. Shunday ekan, pulga talab – bu bitimlar uchun (Pt) va aktivlar tomonidan pulga talab (Pa) ni o‘z ichiga oladi. Aholi o‘zlarining hisoblariga navbatdagi pul oqimi kelib tushguncha, kundalik ehtiyojlari uchun qo‘llarida yetarlicha pulga ega bo‘lishi zarur. Кorxonalarga ish haqi to‘lash, material, yoqilg‘i sotib olish va shu kabilar uchun pul kerak bo‘ladi. Shu barcha maqsadlar uchun zarur bo‘lgan pul bitim uchun pulga talab deyiladi. Bitim uchun zarur bo‘lgan pul miqdori nominal YaIM hajmi bilan aniqlanadi, ya’ni u nominal YaIM qiymatiga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Aholi va korxonalarga ikki holda bitim uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda. Кishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishi mumkin. Demak, aktivlar tomonidan pulga talab ham mavjud bo‘ladi.

Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqdordagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab, aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va bitim uchun pulga bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.

Кeyns nazariyasida pulga bo‘lgan talabni iqtisodiyot subyektlari o‘z boyligining bir qismini likvidli pul aktivlari shaklida saqlashiga moyilligidan kelib chiqib aniqlashga harakat qilinadi. Bunda pulni likvidli shaklda saqlashning transaksion (to‘lov vositasi sifatida foydalanish), ehtiyotkorlik (ko‘zda tutilmagan xarajatlar bo‘lishini hisobga olish) va olib-sotarlik (moliyaviy aktivlarning kelgusidagi bozor qiymati noaniqligi va yo‘qotishdan qochish xohishi) motivi asosida unga bo‘lgan talabni aniqlashga harakat qilinadi. Кeyns pulga bo‘lgan talabni nominal daromad va ssuda foizi normasiga bog‘liq deb hisoblaydi: nominal daromad pulga bo‘lgan talabga to‘g‘ri mutanosiblikda, ssuda foizi normasi esa teskari mutanosiblikda ta’sir ko‘rsatadi. Кeyns fikricha, muomaladagi pul miqdorining ko‘payishi boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda foiz stavkasi darajasi pasayishini keltirib chiqaradi. Bu tadbirkorlar uchun kreditlar arzonlashganini bildiradi, investitsiyalar o‘sishi ro‘y beradi va natijada YaIM o‘sishi kuzatiladi. YaIMning o‘sishi pulga bo‘lgan talabni kengaytiradi va foizning muvozanatli stavkasini oshiradi. Monetaristlar qarashicha, aynan pul muomalasi ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasini belgilab beradi.
Yüklə 93,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin