Nilufar avezova, texnika fanlari doktori, xalqaro va milliy ekspert



Yüklə 18,99 Kb.
səhifə1/2
tarix30.04.2023
ölçüsü18,99 Kb.
#105130
  1   2
Nilufar AVEZOVA


Nilufar AVEZOVA, texnika fanlari doktori, xalqaro va milliy ekspert
Dunyo iqtisodiyoti globallashuvi, sanoat jadal rivojlanib, aholi soni o‘sishi hisobiga elektr iste’moli kundan-kunga oshib borayotgan bugungi kun sharoitida esa bu masala yanada dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Qolaversa, ushbu ne’matni an’anaviy usulda ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan tabiiy zaxiralar hajmi kamayib boryapti. Shu bois, aksariyat rivojlangan yoki rivojlanish yo‘liga o‘tgan davlatlar elektr energiyasi barqarorligiga erishish yo‘lida muqobil energetika imkoniyatlaridan foydalanishga o‘tmoqda. Zero, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, bir tomondan, dunyo ehtiyojlariga nisbatan juda katta salohiyatga ega bo‘lsa, boshqa tomondan, atmosferaga zaharli gazlar chiqarilishining oldini olishga xizmat qilishi, “yashil”ligi bilan ahamiyatlidir.
Energetika barqarorligi masalasi hozirgi kunga kelib ulkan bunyodkorlik maydoniga aylangan, sanoat rivojining yangi davriga o‘tayotgan O‘zbekiston uchun yanada dolzarb hisoblanadi. Negaki, so‘nggi besh yilda yurtimizda xonadonlar 1 million 200 mingtaga ko‘paydi, korxonalar soni esa 260 mingtaga yetgan. Bular, o‘z navbatida, elektr energiyasiga bo‘lgan talabni 35 foizga oshirdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikamizda bu talab yiliga o‘rtacha 4-5 foizga ko‘payib borishda davom etadi.
Issiqxona gazlari chiqindilari keskin kamaytiriladi
Taraqqiy etgan mamlakatlar qatorida O‘zbekiston ham o‘z oldiga iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, bu orqali iqtisodiyotning energiya va uglerod hajmdorligini kamaytirish bo‘yicha ulkan maqsadlarni qo‘ygan. Bu borada energetik xavfsizlikni mustahkamlash, iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror energiya ta’minotini amalga oshirish, energiya manbalarini diversifikatsiya qilish va atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilari chiqishini kamaytirish borasida izchil va tizimli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvensiyasi doirasida 2021 yilda chop etilgan O‘zbekistonda 1990-2017 yillarda issiqxona gazlari chiqindilari to‘g‘risidagi hisobotiga ko‘ra, 2017 yilda yurtimizda jami issiqxona gazlari chiqindilari 189,2 million tonnani tashkil qilgan (yutilgan gazlar bundan istisno). Umumiy holda, ushbu davrda aholi jon boshiga umumiy issiqxona gazlari chiqarilishi jon boshiga 5,8 tonna, YaIM birligiga ko‘ra — 2,55 kilogrammni tashkil qilgan. Shu o‘rinda issiqxona gazlari chiqindilarining asosiy hissasi — 76,3 foizi energetika tarmog‘iga to‘g‘ri kelishini alohida ta’kidlash lozim.
Dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha faol qadamlar qo‘yilmoqda. Bu borada 2018 yilda “Iqlim bo‘yicha Parij bitimi” ratifikatsiya qilindi. Prezidentimizning 2019 yil 4 oktabrdagi “2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan 2019-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi tasdiqlandi.
Strategiyada 2030 yilga kelib yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan issiqxona gazlari solishtirma chiqindilarini 2010 yilga nisbatan 10 foizga qisqartirish, shuningdek, energiya samaradorligini ikki baravar oshirish va YaIMning uglerod hajmdorligini kamaytirish belgilangan edi. E’tiborli jihati, O‘zbekiston issiqxona gaz chiqindilarini sezilarli kamaytirish majburiyatini zimmasiga oldi. Ushbu vazifalar bilan bir qatorda, respublikada ko‘mir asosidagi energetikani yanada rivojlantirishga kirishdi.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizda energiya sarfi ba’zi davlatlardan 2 barobar yuqori. Bu esa energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan foydalanish hamda sohadagi islohotlarni jadallashtirishni taqozo etmoqda.
Hozirgi vaqtda mamlakatdagi barcha elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi yiliga 74 milliard kVt soatni tashkil etadi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2030 yilga kelib bu ko‘rsatkichni 120 milliard kVt soatga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Shu bilan birga, mamlakat energiya tizimida 2030 yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi energiya tizimlarining o‘rnatilgan quvvati ko‘rsatkichi 15,9 GVt ga yetkazilishi rejalashtirilgan. Bu hozirgi yagona energiya tizimining mavjud quvvatiga yaqin ko‘rsatkich ekani bilan ahamiyatlidir.
Ma’lumki, bugungi kunda ushbu vazifalar ijrosiga kirishilgan, yurtimizning deyarli barcha hududlarida yirik, o‘rta va kichik quvvatga ega qayta tiklanuvchi energiya asosidagi elektrostansiyalarni qurish loyihalari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2021 yilda ilk bor Navoiy viloyati Karmana tumanida quvvati 100 MVtlik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Samarqand viloyatining Nurobod tumanida ham shunday yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ish boshladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan, yiliga 360 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyiha qurilishi boshlangan. Ushbu loyiha 110 mingdan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlashi, 106 million metr kub tabiiy gazni tejab, atmosferaga 160 ming tonna zararli gazlar chiqarilishining oldini olishi, asosiysi, tejalgan gaz bilan 35 ming xonadonni bir yil davomida gaz bilan ta’minlash imkonini vujudga keltirishi bilan ahamiyatlidir.
Bundan tashqari, Samarqand va Jizzax viloyatlarida har birining quvvati 220 MVtdan bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi, Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi hamda Navoiy viloyatida quvvati 200 MVt, Surxondaryo viloyatida quvvati 457 MVt bo‘lgan bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari, 2024 yilda esa Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda. Jami ishga tushiriladigan yangi quvvatlar evaziga pirovardida, umumiy 2 797 MVt elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Yüklə 18,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin