Asab kasalliklar fanidan



Yüklə 182,5 Kb.
səhifə3/5
tarix14.09.2022
ölçüsü182,5 Kb.
#63658
1   2   3   4   5
Markaziy asab tizimining o‘smalari, absessi, parazitar kasalliklari

Mashgʻulotni yakunlash
3.1. Mavzu yakunlanadi, bajarilgan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida muhim ahamiyatga ega ekanligiga oʻquvchilar e’tiborini qaratadi
Uyga vazifa berilishi
3.2. Nazorat savollariga javob qaytarish (8-ilova)

Diqqat qiladi


Topshiriqni yozadi

1-ilova
Baholash mezoni va ko’rsatkichlari

t/r

Nazariy bilimlarni baholash

ball

1

Savollargato'liqjavobberish, misoldalilkeltiradi, Mavzuhaqidato’liqma’lumotlarnikeltiradi, yangima’lumotlarniamaliyotdaqo’llayoladi

5

2

Savollarga noto'liq javob beradi, mavzu haqida tushunchalarini to’liq bayon eta olmaydi

4

3

Savollarga qisman javob beradi, yangi va o’tilgan mavzular bo’yicha qisman bilimga ega

3

4

Savollargaumumanjavobberaolmaydi, yangimavzuvao’tilganmavzularyuzasidanbilimgaegaemas.

2

2-ilova
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi

1

Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmog’i kerak

2

Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim

3

Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi

4

Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.

5

Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.

6

Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish



3-ilova
Fan bo'yicha o'quvchilarni o'zlashtirish, baholash mezonlari



Baholash mezonlari

Baholar

“5” – a’lo

“4” - yaxshi

“3” - qoniqarli

“2” - qoniqarsiz

1.

Nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirishi













2.

Amaliy ma’lumotlarni o’zlashtirishi













3.

Joriy nazorat natijalari













4.

O’rtacha bahosi















7-Mavzu:Markaziy asab tizimining o‘smalari, absessi, parazitar kasalliklari
Reja:

  1. Markaziy asab tizimining o‘smalari haqida tushuncha

  2. Bosh miya absessi sabablari, klinikasi va davolash

  3. Bosh miyaning parazitar kasalliklari haqida ma’lumot



Bosh miya o‘smalari juda keng tarqalgan kasallik. Bosh miya o‘smasi odam yoshiga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘ladi. Ular erkaklar va ayollarda bir xilda uchraydi. Hamma o‘limlar ichida 1 % i bosh miya o‘smasiga to‘g‘ri keladi.
O‘smalardagi klinik manzara 3 xil ko‘rinishda bo‘ladi: I. Umumiy miya belgilari. II. Dislokatsiya, ya’ni bosh miyadagi o‘smaning boshqa to‘qimalarga qisilishi. III. Mahalliy miya belgilari, bunda o‘sma bosh miyaning qayeri zararlanishiga bog‘liq bo‘ladi.Umumiy miya belgilari. 1. Bosh og‘rig‘i - ba’zan juda qattiq, boshning hamma joyida, bosuvchi, og‘irlik beruvchi tarzda bo‘ladi. Bosh og‘rig‘i boshni qimirlatganda, egilganda kuchayadi. Miyada qon va likvor aylanishi buzilishi natijasida paydo bo‘lgan bosh og‘rig‘i miya o‘smasining dastlabki belgisi hisoblanadi. Bosh og‘rig‘i, asosan, kechasi yoki ertalab zo‘rayib ketadi. Og‘riq ertalab bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi. Bemor ertasiga ham davom etadigan bosh og‘rig‘i bilan uyg‘onadi. Avval bosh og‘rig‘i chegaralangan sohada bo‘ladi, keyinchalik og‘riq doimiy bo‘lib qoladi. Bosh og‘rig‘i, asosan, jismoniy zo‘riqishda, hayajonlanganda, yo‘talganda, aksa urganda, qayt qilganda yoki boshni oldinga egganda zo‘rayadi.Qusish- bosh og‘rig‘i kuchayganda bemor qusadi, qusish ovqat iste’mol qilishiga hamda tana holatining o‘zgarishiga bog‘liq bolmaydi. Miyaning ichki bosimi oshganda bemor qayt qila boshlaydi. Bosh miya o‘smalarida qayt qilish ko‘proq nahorda kuzatiladi.Bosh aylanishi - o‘smalar ko‘proq bosh miyaning qaysi qismida o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi. Bosh aylanishi dastlab kamroq, qisqa vaqt davom etsa, keyinchalik o‘sma kattalashgan sayin ko‘proq kuzatiladi.Ruhiy o‘zgarish - bosh miya o‘smalarida boshda suyuqlik bosimining oshishi ruhiy o‘zgarishlarga olib keladi, bemorda o‘z- o‘ziga tanqid pasaydi, karaxtlik, kayfiyatning buzilishi, depressiya holatiga olib keladi. Tutqanoq xurujlari ham kuzatiladi.Ko‘rish nervining so‘rg‘ichida qon tutilib qolishi hamda bosh miya bosimining oshishi o‘smaning toksik ta’sirida paydo bo‘ladi. Bu belgilarning paydo bo‘lishi, asosan, o‘smaning qayerda joylashganiga bog‘liq. Bu belgi miyacha, IV qorincha, chakka bo‘limlarida kuzatiladi. Bunda ko‘z oldining qorong‘ilashishi, ko‘rish o‘tkirligining pasayib ketishi, ko‘rish nervida qon to‘planganligidan darak beradi. Kasallik kuchaygan sari ko‘ruv nervi atrofiyalanib boradi, keyinchalik bemor, umuman, ko‘rmay qolishi mumkin. Ko‘z tubida ko‘ruv nervining dimlanishi, qon tomirdagi qonning turib qolishi, tomirlarning kengayishi natijasida yuzaga keladi.Bosh miya xavfsiz o‘smalar ta’sirida bemorda uzoq yil davomida tutqanoq xurujlari klonik-tonik ko‘rinishda bo‘ladi. Xavfli o‘smalarning boshlanishida tutqanoq xurujlari bilan birga, hushdan ketish va ruhiy o‘zgarishlar kuzatiladi.
Orqa miya suyuqligi tarkibining o‘zgarishi - suyuqlik bosimi baland, rangi o‘zgarmagan tiniq, tekshirganda, asosan, oqsillar ko‘p bo‘ladi.Bosh miyaning kalla suyagini rentgenografiya qilganda giper- tenzion belgilar: qon tomirlar ko‘rinishining bo‘rtganligi, barmoqlar izi va turk egarining silliqlashishi yoki yemirilishi kuzatiladi.

Yüklə 182,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin