Agar taraflar huquq va burchlarning kelib chiqishining yuz berishi yoki
bermasligi noma’lum bo’lgan holatda bog’liq qilib qo’ysalar, bitim sharti
kechiktrish sharti hisoblanadi. Agar tarafning huquq va burchlari bekor
bo’lishining yuz berishi yoki bermasligi noma’lum holatga bog’liq qilib qo’ysalar,
bunday bitim bekor bo’lish sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi”.
O’zR FKning 104-moddasida shartli bitimlarga ta’rif berilgan. Unga ko’ra:
“Agar taraflar huquq va burchlarining kelib chiqishini yuz berishi yoki bermasligi
noma’lum bo’lgan holatga bog’liq qilib qo’ysalar, bitim kechiktirish sharti bilan
tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar huquq va burchlarining bekor bo’lishini yuz berishi yoki
bermsligi noma’lum holatga bog’liq qilib qo’ysalar, bunday bitim bekor bo’lish
sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi.
Agar shartning yuz berishga uning yuz berishidan manfaatdor bo’lmagan taraf
insofsizlik bilan qarshilik ko’rsatgan bo’lsa, bu shart yuz bergan deb hisoblandi.
Agar shartning yuz berishiga ushbu shartning yuz berishidan manfaatdor
bo’lgan taraf insofsizlik bilan yordamlashgan bo’lsa, bu shart sodir bo’lmagan
hisoblanadi”.
Huquqshunos olim Zokirovning fikricha, “agar tarafning huquq va burchlar
bekor bo’lishining yuz berishi yoki bermasligi noma’lum holatga bog’liq qilib
qo’ysalar bunday bitim bekor bo’lishi sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi.
Shartli ravishda majburiyat olgan shaxs shartga bog’liq bo’lgan huquqni
yomonlashtirish yoki yo’q qilishga qaratilgan harakatlarni qilmasligi kerak”.
Shartli bitimlarga yuzaga kelishi yoki bekor bo’lishi muayyan vaziyatlarning
yuz berishi yoki bermasligiga bog’liq qilib qo’yilgan bitimlar kiradi. Shartli
bitimni tuzishga bo’lgan qiziqish shunda-ki, bekor qiluvchi yoki kechiktiruvchi
shartdan kelib chiquvchi majburiyat taraflarning muayyan tarzda bog’laydi.
Shartli bitimlarga amaliy misollar keltiradigan bo’lsak, masalan, uy egasi
turar joyni ijaraga berilishini o’g’lining ma’lum vaqtga boshqa shaharga ishga
ketishi sharti bilan bitim tuzadi, agar o’g’li boshqa shaharga ketmasa, bunda
taraflar o’rtasida hech qanaqa huquq ham, majburiyat ham vujudga kelmaydi.
Bunday bitim kechiktirish sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi.
Shuningdek, turar joyni ijaraga beruvchi shaxs aytaylik farzandining ma’lum
safardan qaytgach, uyni bo’shatib berishni shart qilib, ijara shartnomasi tuzgan
bo’lsa, farzandi qaytishi bilan ijara shartnomasi bekor bo’ladi. Bu bekor qilish
sharti bilan tuzilgan bitimlarga misol bo’ladi.
Sharti sodir bo’lmagan bitimga esa, masalan, mol-mulklarini sug’urta
qildirgan shaxs sug’urta summasini olish mqasadida mol-mulkka qasddan o’t
qo’yib yondirsa, bu holda sug’urta summasi to’lanmaydi.
Dostları ilə paylaş: