Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, birinchidan, turar joyni ijaraga berish
shartnomasi bir taraf uy joyning mulkdori yoki u vakolat bergan shaxs, ijara
oluvchiga uy-joyda yashash uchun haq evaziga qilish va foydalanishga topshirish
majburiyatini olgan holda tuziladi. Turar joy ijara shartnomasini shartlari va
majburiyatlariga rioya qilinishi shart. Mahkamov turar joy ijara shartnoma
shartlariga va majburiyatlariga rioya etmagan holda uni sotishga qaror qilgan.
Shartoma muddatlariga va ikkinchi tarafning roziligisiz
bekor qilinishi yoki
o’zgartirilishi mumkin emas.
Ikkinchidan, O’zR FKning 615-moddasida belgilanganidek, ijara
shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi. Mahkamov turar joyni
sotadigan bo’lsa, Asadovni roziligi bilan ijara shartnomani bekor qilish kerak.
Mahkamov uni roziligisiz Do’stmatov bilan oldi-sotdi shartnoma tuzgan. Ijra
shartnomni bekor qilishda Asadov bilan kelishgan holda bekor qilish kerak.
Uchinchidan, O’zR FK 104-moddasida shartli bitimlarga norma mavjud.
shartli bitimlarga yuzaga kelishi yoki bekor bo’lishi muayyan vaziyatlarning yuz
berishi yoki bermasligiga bog’liq qilib qo’yilgan bitimlar kiradi. Shartli ravishda
majburiyat olgan shaxs shartga bog’liq bo’lgan huquqni yomonlashtirish yoki yo’q
qilishga qaratilgan harakatlarni qilmasligi kerak.
Nazariy savollar:
1.Fuqarolik huquqida moddiy ne’matlar deganda nima nazarda tutiladi?
Fuqarolik huquq obyektlarining moddiy ne’matlar va nomoddiy ne’matlari
turlari mavjud. “Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning obyekti bo’lib ko’ringan
mulk tushunchasi to’g’risida to’xtalib, shuni aytish mumkinki, va’zi hollarda ahyo,
narsalar mulk deb atalsa ham mol- mulkning atamasining ma’nosini
birmuncha
keng bo’lishini bilamiz. Qonunchiligimizdagi o’zgarishlariga ko’ra, ko’chmas
mulklarning doirasi kengaytirilib, ular
jumlasiga yer uchastkalari, yer osti
boyliklari, binolar, inshootlar, ko’p yillik dov-daraxtlar
va yer bilan uzviy
bog’langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadig nomutanosib zarar
yetkazmagan holda joyini o’zgartirish mumkin bo’lmagan obyektlar kiritildi.
Ko’chmas mol-mulk bilan bog’liq juquqlarni olish yoki begonalashtirish
FKning 84-moddasida belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazish orqali
amalga oshiriladi. FKning 83-moddasi 3- qismida qonunda boshqa mol-mulk ham
ko’chmas mol-mulk qatoriga kiritilishini mumkinligi belgilangan. Ko’chmas mol-
mulkning asosiy xususiyat shundaki, u yer bilan bog’liq bo’lib, bir joydan ikkinchi
joyga ko’chirish natijasida o’z xususiyatini yo’qotadi.
Pul ham fuqarolik huquqining obyekti sanaladi. Pul o’zining
uzoq davom
etgan tadrijiy rivojlanishida mol-hol, zaytun yog’I, oltin va kumush yombisi
ko’rinishidagi ayirboshlash vositalardan- hozirgi electron oullarga, kredit
kartochkalariga qadar bo’lgan yo’lni bosib o’tdi.
O’zR FKning 83-moddasida mol-mulk turlari belgilangan. Unga ko’ra “ Mol-
mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko’chmas mol-mulkka va ko’char mol-
mulkka bo’linadi.
Ko’chmas mol-mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar,
inshootlar, ko’p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog’langan boshqa mol-
mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini
o’zgartirish mumkin bo’lmaydigan obyektlar kiradi. Qonunda boshqa mol-mulk
ham ko’chmas mol-mulk qatoriga kiritilishi mumkin.Ko’chmas
mol-mulkka
bo’lgan huquqlari qo’lga kiritish va ular bekor bo’lishining xususiyatlari qonun
hujjatlari bilan belgilab qo’yiladi.
Ko’chmas mol-mulk zimmasiga kirmaydigan mol-mulk ko’char mol-mukl
hisoblanadi. Ko’char mol-mulkka bo’lgan huquqlarni ro’yxatdan o’tkazish talab
etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan holler bundan mustasno.
2.Fuqarolik huquqi subyektlarining yuridik jihatdan tengligi tamoyili
mazmunini yoriting.
Har qanday fuqarolik huquqi subyekti uning subyekt sifatida fuqarolik
huquqiy muomalada faol qatnashishi uchun huquq layoqati va muomala layoqatiga
ega bo’lishi lozim. “Fuqarolik huquqining asosiy subyektlaridan biri bo’lib
hisoblangan fuqarolar ham xuddi shunday belgilarga ega bo’lishlari talab etiladi.
Fuqarolik huquq burchlariga ega bo’lish layoqati huquq layoqati hisoblanadi
va teng ravishda e’tirof etiladi. Fuqarolarni huquq
layoqati mazmuni Fuqarolik
Kodeksida belgilab qo’yilgan. Fuqarolik Kodeksining 18-moddasida mazmuniga
ko’ra fuqarolar: mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo’lishlari; mol-mulkni
meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; bankda jamg’armalarga ega
bo’lishlari; tadbirkorlik, dehqon xo’jaligi
bilan hamda qonunda taqiqlab
qo’yilmagan boshqa faoliyat bilan shug’ullanishlari; yo’llanma mehnatdan
foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; yetkazilgan zararning to’lanishini
talab qilishlari; mashg’ulot turini va yashash joyini tanlashlari; fan, adabiyot va
san’at
asarlarining, ixtironing, qonun bilan qo’rqilanadigan boshqa intellectual
faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo’lishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 43-moddasiga ko’ra
jinoyat sodir etganlik uchun shaxslar ayrim fuqarolik huquqlaridan chunonchi,
xizmat bo’yicha cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash
choralari qo’llanilishi mumkin. Huquq layoqati inson tug’ilgandan boshlab to u
vafot etguncha unga xos xususiyat, sifat hisoblanadi”.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Normativ- huquqiy hujjatlar: