Abdulla Qodiriy asarlarining til xususiyatlari



Yüklə 17,87 Kb.
tarix26.03.2023
ölçüsü17,87 Kb.
#90062
Abdulla Qodiriy asarlarining til xususiyatlari


Abdulla Qodiriy asarlarining til xususiyatlari
O’zbek tarixiy romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy nomini eshitmagan, uning asarlarini sevib mutolaa qilmagan kishi juda kam topilsa kerak, albatta. Uning asarlarini ko’zdan kechirar ekanmiz, adibning ona tilimiz xazinasidan asar voqeasini ifodalash va obrazlar xarakterini ochib berish uchun tanlab olingan so’zlari tabiiy, ularni ishlatish usuli va yozuvchining tili ravonligiga amin bo’lamiz. Abdulla Qodiriy qahramon tilini ham, muallif nutqini ham mohirlik bilan ishlagan. O’xshatishlar deysizmi, sifatlashlar, sermazmun mubolag’alar va shu kabi xilma-xil tasviriy vositalar bilan asar tilini chiroyli bezagan. Adib “O’tkan kunlar” romani va shuningdek, bir qator hikoyalarida ham tasviriy vositalardan keng foydalangan. Buni, albatta, xalq og’zaki so’zlashuv nutqidan foydalangan holda tasvirlagan. Ayniqsa, asar qahramonlarini tashqi qiyofasini mohirlik bilan musavvirlarcha chizib bergan. Va albatta, bu chizgilarni jonli xalq tili boyliklaridan foydalangan holda amalga oshirgan. Abdulla Qodiriyning «O’tkan kunlar» romanida sifatlashlarning qo’llanilishini olib qaraylik. Buni asardagi misollar orqali ko’rib o’tamiz. Yozuvchi bu asarida qahramonlarini ta‟rif va tavsiflar ekan, bunda sifatlashlardan mohirona foydalanadi. Masalan, asardagi Otabek obrazini olib ko’raylik: Og’ir tabiatlik, ulug’ gavdalik, ko’rkam va oq yuzlik, kelishgan, qora ko’zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit. Asarning bosh qahramonlaridan biri Otabekka nisbatan qo’llangan sifatlashlar uning tashqi qiyofasini, xarakter xususiyatlarini ochib berishda keng qo’llaniladi. Otabekka xos tashqi ko’rinishni (ulug’, ko’rkam, oq, qora, mutanosib qora) singari so’zlarni keltirish orqali sifatlash hosil qilinmoqda. “Og’ir” so’zi uning xarakterini ifodalayapti. Sifatlash bo’lishi uchun har doim ot oldidan uning belgisini bildirib keluvchi so’z bo’lishi kerak. Bu esa tilda sifatlovchi – sifatlanmish munosabatini yuzaga keltiradi. (Og’ir, ulug’, ko’rkam, oq, qora, mutanosib qora) so’zlari - sifatlovchi, ( tabiatlik, gavdalik, yuzlik, ko’zlik, qoshliq) so’zlari esa sifatlanmish sanaladi. Abdulla Qodiriy voqelikni tasvirlashda so’zlarni nihoyatda topqirlik bilan obrazga mos mohirona qo’llaydi. Yozuvchining tasvirlashidan asar qahramonining ijobiy bo’yoqqa ega ekanligi ko’rinib turadi. Keltirilgan parchadagi “ko’rkam”, “mutanosib” “ulug’” so’zlaridan qahramonga nisbatan, ko’tarinkilik, iliqlik, samimiyat ruhi sezilib turadi. Bu esa adibning mahoratidan darak beradi va kitobxonni diqqatini tortib, asarni tugatmaguncha qo’ldan qo’ymasligiga sabab bo’ladi. Abdulla Qodiriy romanlarida tasvirlangan asosiy qahramonlari hayotiyligi, tabiiyligi bilan, qalbning ko„z ilg„amas darajada tovlanib turishi, favqulodda kuchli jozibasi, sir-asrorlarga boy poetikligi bilan kishini maftun etadi. Quyidagi misralarda sifatlashlar vositasida yor qiyofasi o„z poetik tasviriga ega bo’lgan: Uning qora zulfi par yostiqning turlik tomonig’a tartibsiz suratda to’zg’ib, quyuq jinggila kiprak ostidag’i timqora ko’zlari bir nuqtag’a tikilganda, nimadir bir narsani ko’rgan kabi... qop-qora kamon, o’tib ketkan nafis, qiyig’ qoshlari chimirilganda, nimadir bir narsadan cho’chigan kabi... to’lg’an oydek g’uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg’a aylanganda, kimdandir uyalg’an kabi... Shu vaqt ko’rpani qayirib ushlagan oq nozik qo’llari bilan latif burnining o’ng tomonida, tabiatning nihoyatda usta qo’li bilan qo’ndirilg’an qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o’lturdi. Kumushning ta‟rifini berishda ko’plab sifatlashlarga guvohi bo’lamiz. Dastavval yostiq tasvirida ham uning qanday ekanligini “ par” so’zini keltirish orqali bilib olamiz. Bu o’rinda” par “so’zi bilan yostiq so’zi o’rtasida motivatsiya bor. Chunki yostiq hamda par so’zining ma‟nolari orasida yengillik semasi bor. Ya’ni, har qanday yostiq ham yengil bo’lavermaydi, faqat pardan tayyorlangan yostiqqina yengil bo’ladi. Paxtadan yaratilgani esa unga qaraganda og’irroqdir. Keyingi o’rinlarda Kumushga xos sifatlashlar, o’xshatish bilan birgalikda berilmoqda. Unda kiprikni tasvirlash uchun “quyuq jingala” birikmasi, qosh aks ettish maqsadida “qop-qora”, “o’tib ketgan nafis”, “qiyiq” birikmalaridan foydalanilgan. Xol tasvirida ham “qora“ so’zi otdan oldin kelgan. Qo’llar esa “oq, nozik” tarzda berilgan. Bu misolda yuz o’xshatish hamda sifatlash asosida tasvirlagan. “Oy” so’ziga – dek o’xshatish bildiruvchi affiksni keltirib, “g’uborsiz”, “oq” so’zlari yuz oldida qo’llangan. Bunda yuqoridagi ajratib ko’rsatilgan birikmalarda lab va yuz, qo’l, xolning o’ziga xos yakka belgi, xususiyatlari konkretlashtirilgan. Bu orqali ko’chma ma’no bilan birgalikda birikmalarda emotsional -ekspressivlik ifodalangan. Yozuvchi hikoyalariga e’tibor beradigan bo’lsak, ularda ham sifatlashlarning benazir namunlari borligiga amin bo’lamiz. Quyidagi misolda sifatlash muallif munosabati, nutq qaratilgan shaxsga berilgan baho sifatida ko’zga tashlanadi: Shu vaqt o’rtaga o’n besh-o’n olti yoshlik bir qiz kelib kirdi. Uning sochlari jingila-jingila, yuz va ko’zlari do’nduq, ustida yashil baxmaldan burma qilib tikilgan chiroyli delvagay kiyimi bor edi. (”Jinlar bazmi”, 3-bet); Endi qoldi: oq jujuncha kamzulimni, o’rischa shimni, amirkon etikni, baxmal to’ppini kiyish...(”Uloqda”, 1-bet) Sifatlash poetik matnlarda muallif yoki asar ishtirokchisi tomonidan tasvirlayotgan shaxslar, narsa yoki hodisaning o’zi muhim deb hisoblagan sifatini bo’rttirib ko’rsatish orqali kitobxon e’tiborini jalb etishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, sifatlashlarda xalqimizning tildagi birliklar vositasida borliqni va undagi narsa-predmetlarni ta’riflash va o’z lisoniy manzarasida aks ettirish xususiyatlari o’z badiiy ifodasini topgan bo’ladi. Sifatlashlarda xalqimizning milliy ma’naviy xususiyatlari, voqelikni qay darajada idrok qilishi, voqelikka munosabati, tafakkuri, til birliklarini qo’llash mahorati kabilar o’z ifodasini topadi
Yüklə 17,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin