Kompleks birikmalarda bog’lanish tabiati
Reja:
Kompleks birikmalarda bog’lanish tabiati
Koordinasion birikmalarda
Koordinasion birikmalarda bog’lanish xarakteri
A.Verner nazariyasi asosida qo’shimcha valentlik haqidagi tasavvurga asoslanib, koordinasion birikmalarning mavjudlik sababini va stereokimyosini izohlab berish mumkin. Lekin koordinasion bog’lanishdagi asosiy va qo’shimcha valentliklarning ma’nosi faqat elektron nazariya asosidagina to’la tushuntiriladi. Shuningdek, ba’zi koordinasion birikmalarda ligandlar neytral molekulalar (masalan; H2O, NH3, CO, C2H5, C2H4, C6H6 va hokazolar) bo’lishi mumkin. Bunday koordinasion birikmalarda markaziy atom bilan ligandlar orasida donor-akseptor (ba’zan dativ) bog’lanish mavjud. Ba’zi koordinasion birikmalarda markaziy atom rasmiy nol valentli bo’ladi, masalan; Cr(C6H6)2, Cr(CO)6, Fe(CO)5, Ni(CO)4, Co2(CO)8 kabi birikmalarda markaziy atom bilan ligandlar orasida dativ bog’lanish hosil bo’ladi.
Koordinasion birikmalarda bog’lanish xarakteri (kovalentlik yoki ionli darajasi) markaziy atom xossasiga ham bog’liq bo’ladi. Koordinasion birikmalarda biror ligand bilan markaziy ion orasidagi bog’lanishning nisbiy mustahkamligi o’sha ligandga nisbatan trans-holatda turgan boshqa ligand tabiatiga bog’liq.
Koordinasion birikmalarda bo’ladigan kimyoviy bog’lanish dastlab Kossel va Lyuis nazariyalari asosida talqin qilindi. Keyinchalik bu haqda uchta nazariya yaratildi:
1. Valent bog’lanish yoki atom orbitallar metodi
2. Kristall maydon nazariyasi
3. Molekulyar orbitallar metodi (ligandlar maydoni nazariyasi).
Kristall maydon nazariyasiga ko’ra d-elektronlar ligandlar band etgan joylarni band qilmaslikka intiladi. Bu nazariyaga ko’ra markaziy atom bilan ligandlar orasida ion bog’lanish yoki ion-depol bog’lanish yuzaga keladi. Bu nazariya markaziy atomning kvant-mexanik tuzilishini hisobga oladi, lekin ligandlarni hech qanday strukturaga ega bo’lmagan shunchaki zaryadli nuqtalar deb qaraydi; ularni faqat elektrostatik maydon yaratuvchi zaryadli zarrachalar deb tassavvur qiladi.
Dostları ilə paylaş: |