Yuklanuvchi disketa va yuklanuvchi
kompakt disk yaratish
Yuklanuvchi disketa kompyuterlar tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis uchun eng muhim asboblaridan biri. U kompyuterga vazifa yuklash, qattiq disklardagi axborotlarga yo‘l ochish, kompyuterdagi amallar tizimida (AT) muammolar paydo bo‘lganida yoki unda bunday tizim yo‘q bo‘lgan hollarda kompyuterni testdan o‘tkazish imkonini beradi. Uning yordamida kompyuter resurslariga yo‘l topish va amallar tizimini installatsiya qilish (u yo‘q bo‘lgan hollarda) yoki oldin o‘rnatilgan amallar tizimida (AT) nosozliklarni topish mumkin.
Yuklanuvchi disketalar qanday yaratiladi?
Yuklanuvchi disketalarni yaratishning bir necha xil usuli bo‘lib, ular turlicha amallar tizimi (AT) uchun turlichadir. Windows XP tizimidan boshlaymiz.
Eski talqindagi (servis paketlarsiz) Windows XP tizimidan foydalanuvchilarga disketani yaratish uchun Microsoft saytiga kirish lozim bo‘ladi. Chunki buning uchun zarur bo‘lgan paket (W2 K tizimidan farqli o‘laroq) distributivga kirmagan.
Yuklanish sahifasi manzili:
http://support.microsoft.com/support/kb/articles/q310/9/94.asp?ID=310994
Shundan so‘ng toza ishchi disketa (yoki formatlangan eski soz disk) Floppy disk yurutuvchiga joylashtiriladi.
Ishonchliroq bo‘lishi uchun disketani formatlaymiz.
Disketaga “Загрузочный диск” (Yuklanuvchi disk) tom belgisini yuklaymiz.
Formatlab bo‘lingach, disketani yaratishga kirishish mumkin. Buning uchun oldingi harakatlarimizning hammasini takrorlaymiz. Faqat formatlash darchasida “Создание загрузочного диска MS-DOS” (MS-DOS yuklanuvchi diskni yaratish) opsiyasini tanlaymiz.
Buyruq berilgandan so‘ng, tizim formatlash davomida disketadagi hamma ma’lumotlarni yo‘q qilishi haqida ogohlantiradi va “OK” buyrug‘i tanlanishi bilan formatlash jarayoni boshlanadi.
Yashil yo‘l – bu tizimli fayllardan nusxa ko‘chirish jarayonining indikatoridir.
Formatlash va fayllardan nusxa ko‘chirish yakunlanganidan so‘ng, tizim buni tasdiqlovchi axborot chiqaradi.
Formatlash rejimidan chiqish uchun «Закрыть» (Yopilsin) buyrug‘i tanlanadi.
Yuklanuvchi disketa tayyor bo‘ldi. Uni disk yurutuvchidan chiqarib, yozuvlardan himoya qilish rejimini (disketadagi tegishli klapanni surib) yoqish kerak bo‘ladi. Disketaning ustiga yozib va uni ehtiyotlab olib qo‘yish lozim.
Eslatma. Tuzilgan yuklanuvchi disketalar “avariya holatlarida ishlatiladigan»lar sirasiga kirmaydi. Ular kompyuterlarga amallar tizimini o‘rnatish uchungina mo’ljallangan. Bu turdagi yuklanuvchi disketalar kompak diskdagi yuklanishlarni quvvatlamaydi. Ular ShK rusumli qattiq disklarga yo‘l ochib beradi. Kompyuter Windows XP o‘rnatish disklaridan yuklanganida kompak disklar simlarining drayverlari avtomatik tarzda yuklanadi va amallar tizimi (AT) o‘rnatila boshlaydi.
Kompakt disklardan yuklanishni qo‘llab-quvvatlaydigan yuklanuvchi disketalarni Windows 98/Me amallar tizimida yaratish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish lozim bo‘ladi:
1. Fayllarni yozish uchun disketani tayyorlash (formatlash).
2. Amallar tizimini ishga tushurish.
3. ShK yuklanganidan so‘ng, disketani disk yurutuvchiga joylashtirish.
4. Boshqaruv panelining darchasiga kirish.
5. "Установка и удаление программ” (dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish) buyrug‘ini tanlash.
6. Ochilgan darchada “Создание загрузочной дискеты” (Yuklanuvchi disketa yaratish) qo‘shimchasini tanlash.
7. Amallar tizimining ko‘rsatmalariga rioya qilish (Tizimga fayllardan nusxa ko‘chirish uchun Windows distributivi kerak bo‘lishi mumkin. Buning uchun Windows distributivli kompakt diskni kiritish yoki qattiq diskdagi bu distributiv joylashgan joyini ko‘rsatish kerak).
8. Tuzib bo‘lingach, disketani disky urutuvchidan chiqarib olish va yozishdan saqlash rejimini (disketadagi tegishli klapanni surib) ishga tushirish kerak. Disketaning ustiga yozib va uni ehtiyotlab olib qo‘yish lozim.
Dostları ilə paylaş: |