Yuklanuvchi kompakt disk qanday yaratiladi?
Yuklanuvchi kompakt diskni ham bir necha usulda yaratish mumkin (lekin ularning hammasi uchun yuklanuvchi disketa kerak bo‘ladi).
Windows XP amallar tizimining standart vositalaridan foydalanib, yuklanuvchi disk yaratishdan boshlaymiz.
Boshlanishda oldingi bo‘limda bayon qilingan usuldan foydalanib, yuklanuvchi disketa yaratamiz.
Endi unga kiramiz.
Yuklanuvchi disketada joylashgan hamma fayllarni ajratib chiqamiz.
Ajratilgan fayllar uchun sichqonchaning o‘ng tomonidagi tugmachani bosamiz va "Отправить\ Мой диск E” (Jo‘natilsin\ Mening diskim E) buyrug‘ini tanlaymiz. (E diski – yozib oluvchi CD).
Tizimli fayllarning nusxasi maxsus buferga ko‘chiriladi.
Endi, yozib oluvchi СDga kompakt diskning simini joylashtiramiz (bunda yangi СD yoki qayta yoziladigan СDdan foydalanish mumkin)
Agar siz qayta yoziladigan СDdan foydalanadigan bo‘lsangiz, uni oldin tozalab oling.
Maxsus Tozalash Ustasi ishga tushiriladi.
Endi bizda toza СD bor va yozishga kirishish mumkin. Yozuvga bir necha fayl va papkalarni, aynan esa Windows, Office, Utilities, Antivirus installyatsiya dasturlarini qo‘shish kerak. Ular nosozliklar yuz bergudek bo‘lsa, diskdan faqat yuklanibgina qolmay zarur bo‘lgan dasturlar to‘plamini darhol o‘rnatish uchun kerak bo‘ladi. Bu fayllarni qo‘shgandan so‘ng ularni C/Install diskida saqlagan ma’qul.
Zarur papkalarni ajratib olamiz va ularni qo‘shib qo‘yamiz.
Endi fayllar yozishga tayyor.
Tegishli Usta yordamida ularni yozib olamiz.
Indikator yozish jarayonini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: |